Uzluksiz taʼlim tizimi quyidagi taʼlim turlarini oʼz ichiga oladi:
- Maktabgacha taʼlim; - umumiy oʼrta taʼlim; - oʼrta maxsus, kasb hunar taʼlimi;
- oliy taʼlim; - oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim; - kadrlar malakasini oshirish va
qayta tayyorlash; - maktabdan tashqari taʼlim; Ushbu taʼlim turlarining bajarilish
mehanizmlari mukammal tarzda ishlab chiqilgan. Boʼlgʼusi kadrlar har tomonlama
rivojlangan mamlakatlarda tayyorlanayotgan kadrlar bilan bemalol raqobatlasha
oladigan darajada puxta va yetuk boʼlishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi
moʼljallangan. Milliy modelning fandagi roli iqtisodi rivojlangan, demokratik
jamiyat qurishning yangi strategiyasi fanning ham muzkur tizimda tutgan oʼrni va
rolini tubdan qayta koʼrishni, uning vazifalarini aniq belgilab berish zaruriyatini
ilgari suradi.
Fan - bu taʼlimning mazmuni va sifatini taʼlim standartlari, oʼquv dasturlari,
darsliklar va oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar tayyorlashda, ilmiy-uslubiy taʼminotni
amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok yetadi. Fan vatanning yeng kichik
qiyofasi boʼlmogi zarur, zotan barcha xalqlar ichida fikir va aqliy faoliyat soxasida
boshqalardan uzib ketgan halqgina birinchi oʼrinni oladi. Ishlab chiqarish milliy
modelda malakali kadrlar tayyorlash tizimini huquqiy meyorlarini tartibga soldi.
Ishlab chiqarish bilan kadrlar tayyorlash tizimi oʼrtasida aniq va lo’nda
aloqalar mavjud, ishlab chiqarish kadrlar tayyorlash tizimida buyurtmachi va
isteʼmolchi vazifalarini bajaradi, tegishli sohalar uchun yuksak malakali kadrlar
tayyorlab beradi. Xulosa qilib shuni taʼkidlash joizki, mustaqil Uzbekiston davlat
hokimiyati ishlab chiqqan va xozirgi kunda hayotga tadbiq etilayotgan kadrlar
siyosatida erkinlik, ijodkorlik, tashabbuskorlik, yaratuvchanlik muhitini vujudga
keltirish koʼzda tutilgan boʼlib, unda barcha mutaxassis kadrlarni ijtimoiy, iqtisodiy-
siyosiy, madaniy, maʼnaviy- axloqiy muammolarning samarador yechimini izlab
topishga, roʼyi-rost fikrlashuvga undaydigan demokratik shart-sharoitlar yaratib
berish moʼljallanganligi muhim axamiyat kasb etadi. Har bir tarixini oʼtish,
oʼrganish taʼlim nazariyasidagi, tamoyillaridagi va jamiyat mafkurasida talab
etiladigan mantiqiy talablardan kelib chiqiladi. Bo’lajak oliy maʼlumotli
mutaxassisda ilmiy, obʼyektiv tasavvur va dunyoqarashning shakllanishida tarixiy
materiallar shubhasiz alohida oʼrin tutadi. Taʼlim va tarbiyaning moxiyatini ochib
beruvchi, pedagogika fani ham bundan istisno emas. Turfa olam, turli davlatlar va
turli millatlardagi taʼlim-tarbiyaga oid qimmatbaxo tarixiy materiallarni qiyosiy
tarzda oʼrganish jarayonida boʼlajak mutahassislarda nisbiylik tushunchasining
shakllanishiga hamda tabiat va jamiyatdagi barcha narsalarni qiyosiy tarzda
oʼrganish zarurligini talabalar oʼzlariga amaliy koʼnikma va malakalar tarzida
singdiradilar.
Kasbiy faoliyat boʼyicha barcha turdagi koʼnikma va malakalarni oʼrganish,
didaktik va amaliyotga bogʼliq sharoitlarda tadbiq qilish.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi xalq taʼlimi
muassasalarining oldiga yangi demokratik davlatning fuqarolarini shakllantirishdek
muhim vazifani qoʼydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bosqichida turgan jamiyatimiz hozirgi kunda
oʼrta taʼlim maktablarining faoliyatini takomillashtirish yoʼlida pedagogik oliy
oʼquv yurtlari akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, maktablarga malakali kadrlarni
tayyorlashni yanada yaxshilash muammosini qoʼymoqda.
Bu esa hozirgi vaqtda oliy oʼquv yurtlarida davr talabiga javob beradigan
yosh mutaxassislarni faqat nazariy bilimlarni chuqur oʼrgangan holda emas balki
ayni vaqtda buyuk insoniy fazilatlarga ega boʼlgan, muommolarga kirisha oladigan,
oʼz ishini puxta egalangan mohir mutaxassislar etib tayyorlashga katta eʼtibor
qilishni talab etadi. Аyniqsa, hozirgi davrning bu talabi boʼlajak oʼqituvchilarni
yuksak pedagogik texnalogiyalar va pedagogik mahorat koʼnikmalari bilan
qurollangan, madaniyatli shaxs sifatida tayyorlash kerakligini yana bir bor takidlab
bermoqda.
"Pedagogik texnalogiyalar va pedagogik mahorat" oʼquv fanini oʼrganish
jarayonida bakalavr va magistr oʼrtasidagi muloqot, muloqot uslubi, pedagogik
madaniyat, dasturlashgan taʼlim texnologiyalari, axbarot taʼlim jarayonida
muvofavqqiyatli vaziyatlarni yaratish usullari kabilarni puxta oʼzlashtirish zarur,
shuningdek, talabalar pedagog kasbning oʼziga xos xususiyatlari;
- pedagog shaxsi, uning jamiyatda tutgan oʼrni;
- pedagog faoliyatining asosiy yoʼnalishlari;
- kasbiy mahorat tushunchasi;
- pedagog va taʼlim sohasidagi axborot texnalogiyalari;
-XXI asr pedagogiga qoʼyiladigan asosiy talablar toʼgʼrisida tasavvurga
ega boʼlish;
- dasturlashtirilgan taʼlim texnalogiyalari;
- pedagogik fikr tarixida mahorat massalalari;
- axbarot taʼlim texnalogiyalari;
- pedagogikning muloqot madaniyati va psixalogiyasi;
- pedagogik texnalogiyalar
-pedagog va taʼlim oluvchi oʼrtasidagi muloqotning oʼziga xos
xususiyatlari;
- pedagogik nazorat va odob-axloq me’yorlari;
-pedagogik texnika va uni shakllantirish usullari;
-taʼlim jarayonida pedagok mahorati;
-pedagok mahoratini shakllantirish shart-sharoitlarini bilishi, malaka
hosil qilishi va amalda qoʼllay olishi;
-tanlangan metod va texnalogiyalarni joriy qilishda muhitni, vaziyatni
baholay olish;
- taʼlim va tarbiya jarayonida talab qilingan irodani namoyish qilish,
sabr-toqat, qatiyat, kayfiyatni oʼzgartira olish, javobgarlikni his qilish;
- yuz bergan noxush vaziyatdan chiqib keta olish;
- pedagogik jarayonda har qanday nizolarning oldini olish;
- oʼz xatti-harakatlarini boshqara olish va bunda ratsionallikka erishish;
-oʼz mehnatini rasmiy va ijodiy tashkil yeta olish: vaqtdan unimli
foydalanish;
- oʼz mahoratini tinmay oshira borish;
-ilgʼor takribalarni oʼz faoliyati ijodiy qoʼllash koʼnikmalariga ega
boʼlishi lozim.
Oʼquv jarayoni bilan bogʼliq taʼlim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar:
yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli maʼruzalar oʼqish,
darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilgʼor pedagogik
texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, talabalarni undaydigan,
oʼylantiradigan muammolarni ular oldiga qoʼyish, talabchanlik, talabalar bilan
individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
“Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” kursini loyihalashtirishda
quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yoʼnaltirilgan taʼlim. Bu taʼlim oʼz mohiyatiga koʼra taʼlim
jarayonining barcha ishtirokchilarining toʼlaqonli rivojlanishini koʼzda tutadi. Bu
esa taʼlimni loyihalashtirayotganda, albatta, maʼlum bir taʼlim oluvchining shaxsini
emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bogʼliq oʼqish maqsadlaridan
kelib chiqqan holda yondashishni nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Taʼlim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini oʼzida
mujassam etmogʼi lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha boʼgʼinlarini
oʼzaro bogʼlanganligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yoʼnaltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini
shakllantirishga, taʼlim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish,
oʼquv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini
ochishga yoʼnaltirilgan taʼlimni ifodalaydi.
Dialogik yondashuv. Bu yondashuv oʼquv munosabatlarini yaratish zaruratini
bildiradi. Uning natijasida shaxsning oʼz-oʼzini faollashtirishi va oʼz-oʼzini koʼrsata
olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi taʼlimni tashkil etish. Demokratik, tenglik, taʼlim beruvchi va
taʼlim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga eʼtibor qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli taʼlim. Taʼlim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali
taʼlim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimning
obʼektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qoʼllashni
mustaqil ijodiy faoliyati taʼminlanadi.
Аxborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qoʼllash -
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini oʼquv jarayoniga qoʼllash.
Oʼqitishning usullari va texnikasi. Maʼruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash),
muammoli taʼlim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy
ishlar.
Oʼqitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va
oʼzaro oʼrganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
Oʼqitish vositalari: oʼqitishning anʼanaviy shakllari (darslik, maʼruza matni,
oʼquv-uslubiy majmua) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: talabalar bilan tezkor teskari aloqaga asoslangan
bevosita oʼzaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-soʼrov, oraliq va joriy va
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida oʼqitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: oʼquv mashgʼuloti bosqichlarini belgilab
beruvchi texnologik karta koʼrinishidagi oʼquv mashgʼulotlarini rejalashtirish,
qoʼyilgan maqsadga erishishda oʼqituvchi va talabaning birgalikdagi harakati,
nafaqat auditoriya mashgʼulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning
nazorati.
Monitoring va baholash: oʼquv mashgʼulotida ham butun kurs davomida ham
oʼqitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari
yoki yozma ish variantlari yordamida talabalarning bilimlari baholanadi.
Oʼqituvchining talabalarni bilish (anglash faoliyatini boshqarishdagi
mahorati. Dars mazmunini talabalar tomonidan oʼzlashtirib olinishiga yordam
beruvchi jihatlar ularning qiziqish va faolliklarini oshirish koʼnikmasini hosil
qilish.Oʼqituvchi faoliyatida koʼtarinki ruh, yaxshi kayfiyat, ishga boʼlgan
xohishning yetakchi oʼrin tutishi va ularni hosil qilish yoʼllari. Talabalarning
mustaqil ishlashlarni tashkil etishda oʼqituvchining ahamiyati mahorati.
Talabalarning yakka, guruhli va jamoaviy faoliyatlarini boshqarish. Pedagogik
texnologiyalarni qoʼllay olish mahorati.Oʼqituvchining dars jarayonidagi mehnati va
uni tashkil etishning asosiy yoʼnalishlari. Darsning maqsadi va vazifalarini
belgilash. Pedagogik vazifalarning xilma-xilligi va ularni amalga oshirish yoʼllari.
Texnika vositalarini tanlash va ishlatish. Ishni rejalashtirish. Ilmiylik.
Oʼqituvchining ijodkorligi. Ijodiy holati haqida tushuncha. Oʼqituvchining oʼz
faoliyati, xatti-harakati muomala hamda xulq-odobini tahlil eta olish koʼnikmasiga
ega boʼlishi.
Oʼqituvchining dars davomidagi ijodiy holatini tashkil etish: dars vaqtidagi
pedagogik ijodkorlik, saranjomlik, sinfni faollikka undash, qiyinchiliklarni
yengishga boʼlgan xohishni uygʼotish. Dars davomida mimika, pantomimikadan
mohirona foydalanish. Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy tamoyillari:
yaxlit holda yondashuv; faol muloqot; pedagogik harakatning xilma-xilligi;
pedagogik taʼsirining koʼp qirraliligi; nazariy bilim va amaliy malakalarning oʼzaro
bogʼliqligi.Oʼqituvchi mehnatini nazariy va amaliy jihatdan tashkil etish va uning
oʼqituvchi mahoratini shakllantirishdagi ahamiyati.
Maqsadning qoʼyilishi-pedagogik faoliyatni tashkil etishning tayanch unsuri:
maqsadning izchilligi. Pedagogik faoliyatni tashkil etishda usullarni maqsadga
muvofiq tarzda tanlash. Pedagogik mehnatni tashkil etishda turli usullarning oʼrni
va ahamiyati. Pedagogik faoliyatni rejalashtirishning asosiy konuniyatlari. Rejani
ishlab chiqish bosqichlari. Rejalashtirish shakllari. Pedagogik faoliyatda
qoʼllaniladigan tamoyilarning istiqbolga yoʼnaltirilganligi, umumiyligi va
amaliyligi. Vaqtdan unumli foydalanish, ish kunini toʼgʼri tashkil qilish. Pedagog
mehnati va ish joyi uchun kerakli sharoitni yaratish.Bozor iqtisodiyoti sharoitida
oʼqituvchi mehnatini tashkil etishning oʼziga xos xususiyatlari
Oʼqituvchining kasbga oid mahoratini shakllantirishda psixologik va
pedagogik nazariyalarning ahamiyati. Jahon mamlakatlarida toʼplangan pedagogik
maʼlumotlarning umumiy mazmuni. Pedagogik maʼlumotlarni maqsadga muvofiq
ajratish koʼnikmasi va uni toʼgʼri tanlay bilish mezoni. Ilmiy-pedagogik
maʼlumotlarni toʼplashda hisoblash texnikasi va kompyuter xizmatidan foydalanish.
Ilgʼor pedagogik tajribani oʼrganishga oid materiallarni toʼplash. Ilgʼor pedagogik
tajribani oʼrganish va ularni umumlashtirish usullari.Pedagogik mahoratni
takomillashtirish jarayonida pedagogik ijodkorlik va shaxsiy ilmiy-pedagogik
izlanishni tashkil etish.
Talabalarni mustaqil ishlashga oʼrgatish va ularning kundalik hayoti va
amaliy f oliyatida qoʼllash. Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda diqqat, xotira,
nutq va taqqoslash koʼnikmalarining muhimligi. Talabalar mustaqil taʼlimida
uslubiy tayyorgarlikning xususiyatlari. Talabalar mustaqil ishlarida yoʼl qoʼyilgan
xatoliklar mohiyatini aniqlash, tushuntirish va muhim taʼlimiy vazifalarni hal etish.
Talabalarni mustaqil ishlash orqali mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish,
rivojlantirish va mustaqil egallagan bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qoʼllashga
erishish.
Oʼz-oʼzini tarbiyalash va oʼz ustida ishlash pedagogik mahoratni
shakllantirishning asosiy sharti sifatida. Oʼqituvchi faoliyatida oʼz ustida ishlashning
oʼz-oʼzini anglash va tarbiyalash faoliyati bilan oʼzaro bogʼliqligi. Oʼz ustida ishlash
va
oʼz-oʼzini
tarbiyalashning
psixologik-pedagogik
asoslari.Oʼz-oʼzini
tarbiyalashga yoʼnaltirilgan faoliyat tavsifi (ijobiy va salbiy). Oʼqituvchining
shaxsiy sifatlari va oʼzaro shartlangan harakatlariga berilgan psixologik baho. Oʼz-
oʼzini tarbiyalash borasidagi faoliyat dasturini ishlab chiqish shartidir.Tashhis
usullarida shaxsning oʼz-oʼzini anglash darajasini belgilashi. Oʼz-oʼzini
tarbiyalashning usul va vositalari.Pedagogik faoliyat jarayonida tarbiyaviy
usullarning oʼrni va ahamiyati.Oʼz-oʼzini tarbiyalash jarayonida psixologik
toʼsiqlarni yengib oʼtish yoʼllari.
Do'stlaringiz bilan baham: |