3. Tashkilotga rahbarlik qilish.
Tashkilot rahbari - bu bir vaqtning o’zida ham yo’lboshchi ham o’z xodimlarini samarali
boshqaradigan shaxsdir. Uning maqsadi - boshqalarga shunday ta’sir o’tkazishki, bu ta’sir ostida
ular tashkilot topshirgan vazifalarni bajarishsin.
Korxonalarda tashkilotchi va tarbiyachi bo’lish har qanday kishining ham qo’lidan
kelavermaydi. Chunki bu ishlar o’ta murakkab va mas’uliyatli ish bo’lib,
kishining alohida hulq-
atvoriga ega bo’lishi so’ngra uni doimiy ravishda takomillashtirish va rivojlantirishni talab qiladi.
Ma’lumki uyushtirishning yaxshi bilmagan rahbar xodimdan foydalanish maqsadga muvofiq
bo’lmay, ishlab chiqarish uchun zararlidir. Ishlab chiqarish jamoasining raxbari amalda o’zining
tashkilotchilik qobiliyatini ko’rsata olgandagina tashkilotchilik rolini muvaffaqiyatli bajarishi
mumkin. Buning uchun rahbar o’z ishining oldindan tuzilgan shaxsiy rejaga asosan olib borishi
zarur.
Shaxsiy rejasiz rahbarlar jamoasi oldiga qo’yilgan vazifani muvaffaqiyatli
bajara olmasligi
amaliyotda ko’rinib turibdi. Masalan, shaxsiy rejasiz ishlagan rahbar ertalab ishga kelganda
korxona, tsex uchastkasidagi ishchining ishini qanday darajada uyushtirganligini tekshirib chiqish u
yoqda tursin, o’z ishini nimadan boshlashni, qanday uyushtirishni ham bilmaydi. Zarur va tezda xal
qilinishi lozim bo’lgan muammolar chetda qoladi. Bunday usulda ishlash mas’uliyatsizlikka olib
keladi. Natijada berilgan topshiriq vaqtida bajarilmaydi. Tajribali rahbar, xodimlar esa o’z ishini
doimiy ravishda shaxsiy rejaga asosan olib boradilar. Chunki, ular shaxsiy rejani ishlab chiqarishni
yuqori darajada uyushtirish manbai deb qaraydilar.
Yaxshi rahbar birinchi o’rinda yaxshigina tashkilotchi bo’lishi kerak. Yaxshi tashkilotchining
muhim
sifatlaridan biri, uning ishchilarga, ularning tajribasiga, qobiliyatiga,
shaxsiy xislatlarini
hisobga olgan holda mehnatni taqsimlaydi. Zero, xech qachon ishchiga topshiriqni uning
imkoniyatidan yuqori darajali qilib berish kerak emas, aks holda berilgan topshiriq qanchalik
murakkab bo’lmasin, lekin bajariladigan bo’lishi shart. Shundagina
bajaruvchi u ishni bajarish
uchun bor kuchini va vujudini safarbar etadi. Ishchilarga vazifalarni to’g’ri taqsimlash, ularga
ishonch bildirish ularning ko’nglini ko’taradi va kuchiga kuch qo’shadi.
Talabchanlik, berilgan topshiriqning o’z vaqtida nazorat qilish ham tashkilotchining muhim
sifatlari jumlasiga kiradi.
Rahbar avvalo o’ziga nisbatan talabchan bo’lishi va boshqalarga namuna ko’rsatishi lozim.
Rahbarning muhim xususiyatlaridan biri bu insonlarga ta’sir eta olish qobiliyati.
Ta’sir etish - bu bir individni o’z hulqi bilan boshqa bir individning xulqiga, munosabatiga,
xissiyotiga va boshqalarga o’zgarish kiritishdir. Bir shaxsning boshqasiga ta’sir
etishi asosiy
konkret vositalari turli xil bo’lishi mumkin: iltimosdan boshlanib to kuch ishlatib zo’rlik bo’lib
ishdan bo’shatilish xavfi bo’lishi mumkin.
Ta’sir qilishni yana samaraliroq qilish uchun boshqaruvchi xokimiyatni rivojlantirishi va
qo’llashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: