6-Mavzu: Iste'mol, jamg‘arish va investisiya funksiyalari Iste'mol va jamg‘arish, ularning grafiklari va funksiyalari



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana07.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#535813
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu.Iste'mol, jamg'arma va investitsiyalar








d – investisiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o‘zgarishga ta'sirchanligini 
miqdoriy belgilovchi empirik koeffisient. 
Grafikdan ye nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasibilan 
kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksizko‘p bo‘lganda ham 
mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investisiya 
xarajatlari ma'lum miqdor bilan chegaralanadi. 
4.Investisiyalar dinamikasini belgilovchi foiz ctavkasidan boshqa 
omillar. Akselerator modeli. 
Investisiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo‘lib 
kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investisiya 
xarajatlari miqdori o‘rtasida teskari bog‘liqlik bo‘lsa, kutilayotgan sof foyda 
normasi (KSFN) dinamikasi bilan investisiya xarajatlari o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik 
bor.
Agarda kutilayotgan foyda me'yori foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa, 
investisiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan 
yuqori bo‘lsa, investisiyalash foydali bo‘lmay qoladi. 
Misol uchun, zavodga 100000 so‘mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi 
stanokni qo‘llashdan zavod 10000 so‘m sof foyda olgan bo‘lsin. Kutilayotgan sof 
foyda normasi quyidagicha aniqlanadi: 
KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10%. 
Investisiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi 
emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining 
o‘zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyasiya darajasi ayirmasi ko‘rinishida 
aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo‘lsa, inflyasiya darajasi 
yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi. 
Investisiya xarajatlari dinamikasiga ta'sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar 
kiradi: 
1. Soliqqa tortish darajasi
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o‘zgarishlar; 
3. Mavjud bo‘lgan asosiy kapital miqdori; 
4. Investorlarning kutishi; 
5. Yalpi daromadlarning o‘zgarishi. 
Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo 
bo‘lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o‘zgarmagan 
sharoitda ham) ko‘payishga olib keladi. Bu esa investisiya xarajatlarining ortishiga
turtki beradi. 
Investisiyalar hajmining YaMM yoki daromadlar darajasiga bog‘liqligini 
akselerator modeli aks ettiradi: 
I = f(Y), ya'ni investisiyalar (I) YaMM (Y)ning funksiyasi ekan. 
Akselerator modelining to‘liqroq ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: 
I= Ireja+ γY buerda: γ = ΔI/ΔY=(It –It-1)/(Yt-Yt-1) 
Ireja – rejalashtirilgan investisiyalar;Y–YaIM (daromad) hajmi. 
Akseletator modelini hisobga olib, investisiya funksiyasini quyidagicha 
yozish mumkin: 
I = ye - dR + γY 


YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko‘payishiga olib keladi. 
Korxona foydasi investisiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda 
investisiya xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya'ni iqtisodiy 
faollik pasayishi sharoitida bo‘sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investisiya 
xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaMMning davriy tebranishlari, innovasiyalarni 
doim ham bir tekisda bo‘lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy 
kutishdagi xavflar tufayli investisiyalar hajmi barqaror bo‘lmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy siyosat 
natijasida yuzaga kelgan qulay investisiya muhitiyaxshilandi. jumladan siyosiy va 
iqtisodiy barqarorlikning ta'minlanganligi, soliq yukining pasaytirila borishi, bozor 
infratuzilmasining rivojlantirilishi, bank tizimining mustahkamlanishi va bakk foiz 
stavkalarining pasaytirilishi, investorlarga keng imtiyoz va kafolatlar tizimining 
yaratilganliga mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investisiyalar 
hajmining o‘sishiga olib keldi(2-diagramma). 
2-diagramma 
Asosiy kapitalga investisiyalar hajmining yillar davomida o‘sish dinamikasi, 
foizda 
 
1. 
Manba:B.Yu.Xodiev, A.Sh.Bekmurodov, U.V.G‘ofurov, B.K.Tuxliev. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» 
nomli asarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma.– T.: Iqtisodiyot, 2009. , 32- b. 
2008 yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ro‘y berganligiga qaramasdan 
asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar 2007 yilga nisbatan 128,3 foizga o‘sdi. Shu 
yili moliyalashtirishning barcha manbalari hisobiga iqtisodiyotimizga kiritilgan 
investisiyalar hajmi 6,4 milliard AQSh dollariga teng bo‘ldi. 
2009 yilda YaIMning o‘sishi 9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bunda 
investisiyalarning hissa-si 2,5 foizga teng bo‘ldi( 2007 yilda mos tarzda 9,5 % va 2,1 
%).
Ayni paytda mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan investisiyalarning 
moliyalash-tirish manbalariga, sarflanish ob'ektlariga ko‘ra va texnologik tuzilmasi 
ham takomil-lashib bormoqda. Jumladan, korxonalar mablag‘larining jami 
investisiyalardagi ulushi orta borib 2008 yilda 44,1% ni (3741,1 mlrd. so‘m), chet el 
inuvestisiyalari va kredit-larining hajmi esa 1685,8 million dollarni tashkil qildi. Shu 
yili investisiyalarning 75,4 foizi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalarga 
yo‘naltirildi. Investisiyalar umumiy hajmida texnologik uskunalarning ulushi ortib 
bormoqda. 
Qisqacha xulosalar 


Iste'mol xarajatlarini YaIMning eng yirik komponenti bo‘lib, uning hajmini 
avvalo uy xo‘jaliklarining tasarrufidagi daromadi belgilaydi. Aholining daromadlari 
miqdori oshib borishi bilan undagi jamg‘armalar ulushi ham oshib boradi.
Iste'mol va jamg‘arish hajmi, shuningdek iste'molchilar boyliklari darajasiga, 
narx va soliq o‘zgarishlari, iste'molchilarning qarzi darajasiga va boshqa omillarga 
bog‘liq. 
Iste'mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik aholi daromadlarining qancha 
qismi iste'molga va qancha qismi jamg‘armaga sarflanganligini xarakterlovchi 
ko‘rsatkichlardir. 
Iste'molga chegaraviy moyillik (MRS) iste'moldagi o‘zgarishlarni ixtiyordagi 
daromad darajasidagi o‘zgarishga bo‘lib topiladi. MRS ning katta yoki kichikligi 
fiskal siyosat samaradorligini belgilovchi omillardan biridir. 
Investisiya yoki kapital qo‘yilmalar hali buyumlashmagan, lekin ishlab 
chiqarish vositalariga qo‘yilgan mablag‘ hisoblanadi. Investisiya xarajatlari 
dinamikasi, foiz stavkasi, kutilayotgan sof foyda normasi va boshqa bir qancha 
omillarga bog‘liq. 
Investisiya hajmining YaMM hajmiga bog‘liqligini xarakterlovchi model' - 
akselerator modeli deyiladi. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish