O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/168
Sana07.04.2022
Hajmi4,89 Mb.
#534980
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   168
Bog'liq
mantiq

Tafakkur qonuni
muxokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) 
o’rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib 
chikadigan, muxokamani to’gri ko’rish uchun zarur Bo’lgan talablar fikrning aniq, izchil, 
etarli darajada asoslangan Bulishidan iborat. 
Muxokamani to’gri ko’rish bilan bogliq talablar xakida gapirganda, birinchi navbatda, 
ularning muayyan printsiplar, qoidalar tarzida, ya’ni to’gri tafakkur printsiplari sifatida 
amal qilishiga e’tibor berish zarur. Mazkur qoidalarning buzilishi muxokamaning 
noto’gri ko’rilishiga sabab Bo’ladi. Bunda, xususan, chin fikrlardan xato xulosa chiqishi 
(masalan, «Qonun – rioya qilish zarur Bo’lgan xuquqiy xujjat», «Buyruq qonun emas», 
demak, «Buyruq rioya qilish zarur Bo’lgan xuquqiy xujjat emas») yoki xato ko’rilgan 
muxokamadan chin xulosa chiqishi (masalan, «Barcha moddiy jismlar – kimyoviy 
elementlar», «Temir-moddiy jism», demak, «Temir-kimyoviy element») mumkin. 
3. Tafakkur ko’p qirrali jarayon Bulib, uni turli xil tomonidan, xususan, mazmuni va 
shakli (strukturasi) Buyicha, tayyor xolida yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib 
o’rganish mumkin. Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini tashkil etadi, uning 
turlicha metodlardan foydalanishiga, xar xil yo’nalishlarga ajralishiga sabab Bo’ladi. 
Keng ma’noda mantiqni tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganuvchi fan, deb atash 
mumkin. Xozirgi paytda uning formal mantiq, dialektik mantiq va matematik mantiq kabi 
yo’nalishlarini farq qilish mumkin. 
Formal mantiq
tafakkurning strukturasini fikrning 
konkret mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan xolda, nisbatan mustaqil ravishda olib 
o’rganadi. Uning diqqat markazida muxokamani to’gri ko’rish bilan bogliq qoidalar va 
mantiqiy amallar yotadi. 
Formal mantiqga to’gri tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganuvchi falsafiy 
fan, 
deb ta’rif berish mumkin. 
Dialektik mantiq, formal mantiqdan farqli ularoq, tafakkurni uning mazmuni va shakli 
birligida xamda taraqqiyotida olib o’rganadi. Matematik mantiq esa tafakkurni matematiq 
metodlar yordamida tadqiq etadi. U xozirgi zamon matematikasining muxim 
yo’nalishlaridan biri Bulib, tafakkurni mantiqiy xisoblash deb ataladigan yuqori darajada 
abstraktlashgan va formallashgan sistemada taxlil qiladi. 
Biz o’rganadigan fan formal mantiq
1
Bulib, u xozirgi paytda o’zining maxsus 
formallashgan tiliga, to’gri muxokama yuritish uchun zarur Bo’lgan samarali mantiqiy 
metodlari va usullariga, kontseptual vositalariga ega. Tafakkurni o’rganuvchi boshqa 
fanlar, xususan falsafa, psixologiya, fiziologiya bilan xamkorlik qiladi xamda ilmiy 
bilimlar sistemasida o’zining munosib o’rniga ega. Ayniqsa, uning bilish metodi 
sifatidagi axamiyati katta. 
4. Tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganish, ulardan ongli ravishda foydalanish 
fikrlash madaniyatini o’stiradi, xususan, fikrni to’gri ko’rish malakasini rivojlantiradi; 
baxs yo’ritishda o’zining va boshqalarning fikriga tanqidiy munosabatda Bulishiga, 
suxbatdoshining muloxazalaridagi xatolarni ochib tashlashga yordam beradi. 
1
Формал манти³ баъзан умумий манти³ деб µам юритилади. Классик ва ноклассик манти³лар унинг тара³³иётининг асосий й´налишлари 
µисобланади. Символик манти³ деган ибора µам мавжуд б´либ, у формал манти³нинг хозирги бос³ичини ифода этиш учун ишлатилади. 


80 
Muxokamani to’gri ko’rishga, formal ziddiyatlar, xatolarga yo’l qo’ymaslikka 
erishish, aytish mumkinki, o’ziga xos san’at-mantiq san’ati xisoblanadi. Bu san’atning 
nazariy asoslarini chuqur egallagan kishigina uning imkoniyatlarini amaliy muxokama 
yuritishda namoyish qila oladi. Shu o’rinda buyuk mutafakkir Forobiyning mantiq 
ilmining axamiyati xaqida bildirgan quyidagi fikrlarining aloxida e’tiborga loyiq 
ekanligini ta’kidlash zarur. U shunday yozadi: «Bizning maqsadimiz aqlni, xatoga yo’l 
qo’yish mumkin Bo’lgan barcha xollarda, to’gri tafakkurga etaklaydigan, uning 
yordamida xar safar xulosa chiqarayotganda adashishga qarshi extiyot choralarini 
ko’rsatadigan san’atni-mantiq san’atni o’rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining 
aqlga Bo’lgan munosabati grammatika san’ati qoidalarining tilga Bo’lgan munosabatiga 
o’xshash; xuddi grammatika kishilarning tilini to’girlash extiyoji sababli yaratilgani, 
unga xizmat qilishi zarur Bo’lgani singari, mantiq xam tafakkur jarayonini yaxshi amalga 
oshirish maqsadida xatoga yo’l qo’yish mumkin Bo’lgan barcha xollarda aqlni to’girlab 
turadi».
2
Uning ta’lim soxasidagi vazifalari xam jiddiydir. O’kuv jarayonining samaradorligi 
ma’lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning aniq Bulishiga, 
muammolarning mantiqan to’gri qo’yilishi va xal qilinishiga, mavjud gipotezalar 
strukturasini to’gri taxlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to’gri foydalanishga 
bogliq. 
Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni echish vositasini beradi. Bunday 
vositalar, odatda, ilmiy nazariyaning strukturasini o’rganishda, unda ishlatiladigan 
formalizmning moxiyatini tushuntirib berishda, formal ziddiyatlar Bo’lsa, ularni 
aniqlashda muxim axamiyatga ega. 
1.
Xar bir fan kabi mantiq ilmi xam o’zining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. 
Mantiqqa oid dastlabki an’analar Qadimgi Sharq mamlakatlarida, xususan Xindiston, 
Xitoyda vujudga keldi. Ularning shakllanishiga notiqlik san’ati, matematika ilmining 
rivojlanishi va shu kabilar katta ta’sir ko’rsatdi. Shuni aytish kerakki, Qadimgi do’nyoda 
Aristotelgacha Bo’lgan davrda mantiq falsafa tarkibida mavjud Bo’lgan, mustaqil fan 
sifatida shakllanmagan. 
Qadimgi Xindistonda mantiq ilmining rivojlanishi uch davrni o’z ichiga oladi: 1) ilk 
budda mantigi (er. av. VI-V asrlari); 2) nyaya, vaysheshika maktablarining mantiqiy 
ta’limoti (er. III-V asrlari); 3) budda mantigining rivojlangan davri (er. VI-VIII asrlari). 
Xind mantiqshunoslari baxs – munozarada nima isbotlanayapti va qanday 
isbotlanayapti, degan masalani ajratib ko’rsatishgan. Ular isbotlashning elementlarini 
(tezis, asos, misol, birxillik, xar xillik, bevosita xissiy qabullash, xulosa, avtoritet va shu 
kabilarni) batafsil taxlil etganlar. Nyaya maktabining vakillari xulosa chiqarish 
masalasini o’rganishga katta xissa qo’shdilar. Shuningdek, ular besh kismdan iborat 
sillogizm nazariyasini yaratdilar: 
1.
tezis (tepalikda olov bor); 
2.
asos (tepalikdan tutun chiqayapti); 
3.
misol (qayerda tutun Bo’lsa, shu erda olov bor); 
4.
shu xolatga nisbatan qo’llash (bu tepalikda tutun bor); 
5.
xulosa (demak, tepalikda olov bor). 
2
Аль-Фараби. Естественно-научные трактаты. Алма-Ата, 1987, 435-бет. 


81 
Qadimgi Xind mantikshunoslari Dignaga, Dxarmakirti va ularning shogirdlari 
tomonidan tushuncha, xukm, ayniqsa xulosa chiqarish bilan bogliq masalalar kengroq, 
chuqurroq taxlil qilindi. Dignaga xulosa chiqarishda mantiqiy asosga xos Bo’lgan uch 
xususiyatni ko’rsatib o’tadi: mantiqiy asos xulosa chiqarish obyekti bilan bogliq Bo’ladi, 
bir turdagi obyektlar bilan bogliq Bo’ladi, xar turdagi obyektlar bilan bogliq Bulmaydi. 
Bu xulosa chiqarishning asosiy shartlari Bulib, ularning buzilishi mantiqiy xatolarga olib 
keladi. Dxarmakirti xulosa chiqarishning «o’zi uchun» va «boshqalar uchun» turlarini
shuningdek, muxokamada uchraydigan mantiqiy xatolarni batafsil o’rgangan. 
Qadimgi Xindistondagi shakllangan mantiq an’analari Qadimgi Gretsiyada mantiq ilmining 
paydo Bulishiga ta’sir ko’rsatgan. 
Qadimgi grek falsafasida mantiq masalalari, dastlab, Parmenidning «Tabiat to’grisida» 
asarida, Èleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit ta’limotida u yoki bu darajada ko’rib 
chikilgan. Aristotelgacha Bo’lgan mantiqiy ta’limotlar ichida Demokritning mantiqiy 
ta’limoti, Sokratning induktiv metodi va Platonning dialektikasi diqqatga sazovordir. 

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish