136
va tog’li qismidagi ko’llar notekis qismining 1000-2000 m. balandliklarida (82 ta ko’l mavjud),
kamroq, 2000-3000 m. baland qismida esa ko’proq (165 ta) ko’l mavjud, 3000 m. dan baland
qismida esa ko’p (2083 ta) ko’l joylashgan. Lekin bu ko’llar maydoni kichik bo’lib, ularning eng
muhimlari Isfayram daryosi havzasidagi Yashil ko’l, Chirchiq havzasidagi Shovurkul, Nixnach,
Karataka, Chotqol 1, Chotqol 2 ko’li, Shoximardon yaqinidagi Qubbonkul, Oxangaron
havzasidagi Arashan, Sherobod havzasidagi Kambeshbuloq ko’li, Shurkul, Korakul, Xojiobkul,
Farg’ona vodiysidagi Axsikentkul, Damkul, quyi Amudaryodagi Sarikamish, Karp, Ziykul,
Abilkul, Okkul, Zokirkul va boshqalar. Bu ko’llar kichik bo’lib, maydonining kattaligi bir necha
100 gektardan 10 km
2
gacha etadi.
O’zbekiston hududidagi eng katta tektonik yo’l bilan vujudga kelgan ko’l – Orol
dengizidir.
Orol dengizi – Turkistondagi eng katta ko’l bo’lib, suv sathi 53,4 m. balandda bo’lganda
maydoni 66,1 ming km
2
, eng keng joyi 292 km, o’rtacha sho’rligi 10-14 % ni tashkil etadi. Suv
hajmi 1062 km
3
edi. Orol ko’lining hamma qirg’oqlari bir xil emas. Uning shimoliy-sharqiy,
sharqiy va janubiy qirg’oqlari tekis va past. Aksincha, g’arbiy qirg’og’i baland va tik. Chunki
Orolning g’arbiy qirg’og’iga Ustyurt balandligini sharqiy jarligi tik tushgan. Ba’zi erlarda
Ustyurtning jarliklari Orol dengizidan 190-195 m. balandlikda turadi. Orolda 313 dan ortiq katta
va kichik orollar mavjud. Ularning eng kattalari Ko’korol, Vozrojdenie, Borsakelmas orollaridir.
Bu orollarning maydoni Orol suv sathining pasayishi munosabati bilan kattalashib bormoqda.
1961 yil Ko’koroliniki 216 km
2
. Borsakelmas oroliniki 135 km
2
edi.
1961 yilgacha (suv sathi 53,4 m. bo’lganda) Orol dengiziga 38,6 km
3
Amudaryo suv va
Sirdaryo 13,2 km
3
suv kelib quyar edi. Orol yuzasiga tushayotgan yog’inlardan esa yiliga 5,8
km
3
suv vujudga kelar edi. 1975 yilga kelib 10,6 km
3
, 1985 yili 2,4 km
3
. 1986 yili 0,4 km
3
suv
quyilgan. Oqibatda 1961 yildan boshlab Orol suv sathi yiliga 40-70 sm. atrofida pasaya boshladi.
1992 yilga kelib uning suv yuzasi 15,3 m.ga pasaydi. Suv hajmi qisqarib 302 km
3
tushib,
aksincha sho’rligi ortib 34-37 % ga ko’tarildi. So’nggi yillarda Orol suv sathini ma’lum yuzada
saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlarning ko’rilishi tufayli Amudaryo va Sirdaryo yana
Orolga ko’proq suv quya boshladi. Orol dengiziga har yili (1991) 32-33 km
3
atrofida suv
quyilishi kerak. Orol suv sathining pasayishi juda katta salbiy oqibatlarga olib keldi; bu xol
tevarak iqlimiga salbiy ta’sir etmoqda. 1961 yil Muynoqda yanvarning o’rtacha harorati -4,4
0
edi, hozir -8,3
0
. Natijada Orol bo’yida bahorgi sovuq tushish 10-12 kunga cho’zilib, kuzgi sovuq
tushishi 10-12 kun erta boshlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: