XIX asrga kelib shaxs irodasini jamiyat taraqqiyotining belgilov-
chi kuchi, deb hisoblovchi volyuntaristik nazariyalar paydo bo‘lgan.
Yetakchilik to‘g ‘risidagi bu nazariya vakillari Tomas Karleyl (1795—
1881) va Ralf Uolso Emersonlar (1803-1882) fikricha, odamlaming
ko‘pchiligi barcha munosabatlarda yetakchilaming yo‘naltiruvchi
ta’sirisiz normal hayot kechira olmaydilar. Ulaming fikriga ko‘ra,
tarix qahramon, diniy shaxs ijodining mahsulidir.
Siyosiy fikrlar ta’limotidagi siyosiy liderlik nazariyasida F. Nisshe
ishlab chiqqan paradigmalar ham muhim rol o‘ynaydi. U oliy bio
logik tip - yetakchi, yo‘lboshchi inson, g‘ayritabiiy favqulodda inson
to‘g‘risidagi g‘oyani asoslashga harakat qildi. G‘ayritabiiy, favqulod
da inson insoniy axloq me’yorlari bilan chegaralanmagan bo‘lib u,
yaxshilik va yomonlikdan yuqori turadi.
U oddiy odamlarga, o‘ziga
o‘xshash favqulodda yo‘lboshchi insonlar bilan mehribon, muloyim
bo‘lishi mumkin. U yuksak hayotiy quvvatga egaligi va hokimiyatga
bo‘lgan irodasi bilan boshqa kishilardan ajralib turadi. U kishi irodali,
rivojlangan va go‘zal insondir.
XIX
asrning
ikkinchi yarmidan boshlab, siyosiy yetakchilik
omilini “qahramon” , “dohiy” kabi epitetlar bilan izohlash hollari
ilmiy amaliyotga kirib keldi. Uning asosida
insoniyat sivilizatsi-
yasining barcha yutuqlarini buyuk yetakchilar (liderlar) faoliyati
bilan bog‘lashga harakat qilingan nazariy g ‘oyalar paydo bo‘la
boshladi. Fransiyalik sotsiolog va psixolog olim G. Tard va uning
vatandoshi G. Lebon buyuk yetakchilar bir paytning o ‘zida buyuk
psixologlar hamdir, deb ta ’kidlagan edilar.
Avstraliyalik psixolog
olim Z.Freyd esa siyosiy yetakchilikning obro‘-e’tibori va mavqe-
si xuddi oiladagi otaning obro‘siga o ‘xshaydi. Oiladagi bolalar,
dono otaga qanchalik talpinsalar,
odamlar ham jam iyat miqyo-
sida siyosiy yetakchiga shunchalik ishtiyoq bilan intiladilar, deb
ta ’kidlagan edi.
Amerikalik politolog Margarit Xarmani yetakchi (lider)ni quyi-
dagicha ta’riflaydi: Yetakchi - ko‘p qirrali tushuncha, uning namoyon
bo‘lishini ko‘rayotganda, quyidagilarga e’tibor berish kerakligini ay-
tadi.
171
a) Rahbaming o‘z xarakteri.
b) Unga muxolifatda bo‘lgan rahbaming xislatlari (unga ta’sir
ko‘rsatuvchi barcha siyosat subyektlari).
d) Rahbarlar va unga raqobat qilayotganlar o‘rtasidagi o ‘zaro alo-
qa.
d) Rahbarlikni amalga oshirish chog‘idagi aniq vaziyat.
“Siyosiy yetakchi” jamiyatda ro‘y beruvchi siyosiy jarayonlaming
yetakchi subyekti sifatida quyidagi muhim funksiyalami bajaradi:
integrativ funksiya;
qarorlar qabul qilish
funksiyasi;
kommunikativ funksiya;
safarbar qilish funksiyasi;
sotsial arbitraj funksiyasi;
siyosiy tizim va uning alohida olingan institutlarini legitim-
lashtirish funksiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: