I.A.Karimov Yaponiyaga 3 marotaba tashrif buyurgan (1994-, 2002-
va 2011-yillarda). 2006-yilning avgustida Yaponiya sobiq Bosh vaziri
Junichiro Koidzumi 0 ‘zbekistonga keldi.
0 ‘zbekistonda yapon sarmoyasi ishtirokidagi 10 ta qo‘shma kor-
xona mavjud bo‘lib, shundan bittasi 100 foiz yapon sarmoyasi
ishtirokida tuzilgan. 11 ta yapon kompaniyalarining vakolatxonalari
akkreditatsiyaga ega.
0 ‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi rivojlanib
bormoqda. 2014-yil natijasiga ko‘ra, o‘zaro tovar aylanmasi 189,5
million AQSH dollariga teng bo‘ldi.
Xitoy Xalq Respublikasi
0 ‘zbekiston
Respublikasi mustaqilli-
gini 1991-yil 27-dekabrda tan olgan. 1992-yil 2-yanvarda diplomatik
munosabatlar o‘matilgan.
Ikki tomonlama hamkorlik munosabatlaming barcha jabhalarini
qamrab olgan bo‘lib, do‘stona va o‘zaro manfaatdorlik ruhida olib bo-
rilmoqda. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida o ‘rnatilgan o ‘zaro ishonchli
aloqalar hamkorlikning asosini tashkil etadi. 0 ‘zbekiston va Xitoy
o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni olib borishda tomonlaming
terrorizm,
ekstremizm, separatiz m, narkotrafik, noqonuniy qurol
savdosi va xavfsizlikning boshqa tahdidlari bo‘yicha
qarashlarning
mushtarakligi va yaqingligi muhim o ‘rin egallaydi.
Doimiy tarzda ikki davlat rahbarlarining tashriflari va uchrashuv-
lari o‘tkazilib kelinmoqda. 1992-, 1994-, 1999-, 2005-, 2011-,
2012- va 2014-yillari 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov Xitoyga tashrif qilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Pre
zidenti 2001- v a 2006-yillarda Shanxay shahriga hamda 2012-yil
Pekin shahriga ShHT sammitlarida ishtirok etish uchun,
shuningdek,
2008-yil Pekin shaharlariga 29-yozgi Olimpiya o ‘yinlari ochilish ma-
rosimida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan.
2014-yilning may oyida 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezi
denti I.A.Karimov Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha
Kengashning Shanxay shahrida o ‘tkazilgan IV sammiti yig‘ilishidagi
ishtiroki davomida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan
ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
305
Javob tashriflari sifatida Xitoy Xalq Respublikasi raislaridan Szy-
an Szemin (1996-yil), Xu Szintao (2004-yil, 2010-yil),
Si Szinpin
(2013, 2016-yil). 0 ‘zbekistonga tashrif buyurishgan.
0 ‘zbekiston
Respublikasi
davlat
statistika
qo‘mitasining
ma’lumotlariga ko‘ra, 2013-yil yakunlariga bo‘yicha ikki tomonlama
tovar ayirboshlash $4,75 mlrd. yetgan bo‘lsa, shundan $2,36 mlrd.
eksportni va $2,39 mlrd.ni import tashkil etgan.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil
11-13-may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida
bo‘ldi.
Ikki davlat rahbarlari iliq va do‘stona
muhitda muzokaralar
o ‘tkazdilar, diplomatik munosabatlar o ‘matilganidan so‘ng o‘tgan
25-yil mobaynida 0 ‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respub
likasi (keyingi o‘rinlarda-«Tomonlar») o‘rtasida hamkorlikda erishil-
gan muhim yutuqlarga yuqori baho berdilar, ikki tomonlama munosa
batlar hamda bir-birlarini qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar
bo‘yicha atroflicha fikr almashdilar, ular yuzasidan keng konsensusga
erishdilar.
Tomonlar 0 ‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respub
likasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida 2013-yil 9-sentabrda
imzolangan Shartnoma va 0 ‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq
Respublikasi o‘rtasida 2016-yil 22-iyunda imzolangan Qo‘shma bayo-
notga, shuningdek, boshqa ikki tomonlama shartnoma va bitimlarga,
siyosiy ishonch va o ‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga,
umumiy
taraqqiyot, yuksalish va milliy tiklanishga erishish uchun
birgalikda izchil sa’y-harakat qilishga yana bir bor o ‘zaro sodiqlikla-
rini e ’tirof etdilar.
Xitoy tomoni 0 ‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishil-
gandan so‘ng o‘tgan 26 yil mobaynida rivojlanishdagi ulkan muvaf-
faqiyatlarini yuqori baholaydi, 0 ‘zbekistonning o‘z ichki shart-sha-
roitlariga binoan mustaqil tanlagan taraqqiyot yo‘lini qat’iy qo‘llab-
quvvatlaydi, shuningdek, 0 ‘zbekiston hukumati tomonidan ichki
barqarorlikni ta’minlash va turg‘un ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni
306
ilgari surish uchun olib borilayotgan barcha sa’y-harakatlami qat’iy
qo ‘ llab-quvvatlaydi.
0 ‘zbekiston tomoni «yagona Xitoy» siyosati olib borilishini qat’iy
qo‘llab-quvvatlaydi, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati butun Xitoy-
ni ifodalovchi yagona qonuniy hukumatligini,
Tayvan va Tibet esa
Xitoy hududining ajralmas qismi ekanligini yana bir bor bayon qiladi.
0 ‘zbekiston tomoni har qanday shakldagi «Tayvan mustaqilligi»ga
qarshi chiqadi, Tayvan bo‘g‘ozi ikki tomoni o‘rtasidagi munosabat-
laming tinch rivojlanishi hamda mamlakatni tinch yo‘l bilan birlashti-
rish maqsadida Xitoy hukumati tomonidan olib borilayotgan barcha
sa ’y-harakatlami qo ‘ llab-quvvatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: