Siyosatshunoslikka


O ‘zbekistonning Jahon banki bilan hamkorligi



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

O ‘zbekistonning Jahon banki bilan hamkorligi. 
1992-yil sen- 
tabr oyidan boshlab 0 ‘zbekiston Respublikasi Jahon bankining teng 
huquqli a ’zosi hisoblanadi. 1992-yil 2-iyulda « 0 ‘zbekiston Respub­
likasining Xalqaro valuta fondi, Rekonstruksiyalash va rivojlanish 
xalqaro banki, Rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya 
korporatsiyasi, Ko‘p tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi 
agentlikka a ’zoligi to‘g ‘risida»gi Qonuni kuchga kirdi.
0 ‘zbekiston Jahon Bankining Shveysariya a’zo-mamlakatlari gu- 
ruhiga kiradi. 1992-yil sentabrda Toshkentda Jahon Bankining vako­
latxonasi ochildi. Ayni paytda missiyaga yangi rahbari tayinlash ku- 
tilmoqda.
Jahon banki bilan joriy hamkorlik Bankning 0 ‘zbkiston Respub­
likasi bilan 2016-2020-yillar oralig‘idagi hamkorlik strategiyasiga 
asoslangan bo‘lib, qiymati 4 milliard dollar bo‘lgan (3,0 milliard dol­
lari - Jahon banki qarzi) jami 27 investitsiya loyihalarini o‘z ichiga ol­
gan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining imtiyozli kreditlari va Xalqaro 
tiklanish va taraqqiyot banki kreditlarini nazarda tutadi.
O ‘zbekistonning Xalqaro valuta fondi bilan hamkorligi.
0 ‘zbekiston Respublikasi XVFga 1992-yil 21-sentabrda a’zo bo‘ldi. 
1993-yilda Toshkentda XVF vakolatxonasi ochildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi 1992-yilning 21-sentabrida Xalqaro 
valuta fondining a’zosi bo‘ldi. 0 ‘zbekistonning XVFdagi kvotasi
275,6 mln. SDRni tashkil etadi.
Ovoz berishda 0 ‘zbekiston Rsepublikasi Koreya, Avstraliya, Yan­
gi Zelandiya, Papua-Yangi Gvineya, Mongoliya, Vanuatu, Solomon 
orollari, Samoa, Seyshel orollari, Palau, Mikroneziya, Marshal orol- 
lari, Kiribatti, Tuvalu kabi 15 ta davlat guruhiga kiradi.
XVFning 0 ‘zbekistonda vakolatxonasi 1993-yilning sentabridan 
ish boshladi. XVF bilan hamkorlik asosan moliya sektorini rivojlanti- 
rish va makroiqtisodiy islohotlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
299


1995-1996-yillar mobaynida XVF 0 ‘zbekiston Respublikasiga 
umumiy qiymati 165,2 mln. SDR bo‘lgan kredit ajratdi, jumladan 
99,75 mln. SDR tuzilmaviy qayta o ‘zgartirish mexanizmlari va 65,45 
mln. SDR-«Stend-bay» kreditlarini tashkil etdi.
Ushbu kredit liniyalari tarkibiy va institutsional islohotlarni amal- 
ga oshirish va iqtisodiyotda bozor munosabatlarini rivojlantirishga 
doir davlat dasturlarini qo‘llab-quvvatlashi yo‘naltirildi. Moliyaviy 
sohaga ajratilgan mablag'lar ichki valuta bozoridagi operatsiyalami 
kengaytirish, bank tizimi qonunchiligi va to‘lov tizimini takomil- 
lashtirishga qaratilgan edi.
2001-yilning sentabr va 2006-yilning fevral oylarida «Stend-bay» 
va tuzilmaviy qayta o‘zgartirish kreditlari bo‘yicha oxirgi to‘lovlar 
amalga oshirildi, natijada 0 ‘zbekiston Respublikasining XVF old- 
dagi kredit qaytishi bo‘yicha majburiyatlari to ‘liq bajarildi.
2002-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati, Markaziy bank 
va XVFning hamkorligi jarayonida so‘mning ayirboshlashi va 
0 ‘zbekiston bilan XVF o ‘rtasidagi Kelishuvning VIII moddasida 
ko‘zda tutilgan «Iqtisodiy va moliyaviy siyosat bo‘yicha Memoran­
dum» va «Joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha milliy valutani ayir- 
boshlashni ta’minlash ish rejasi» ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
0 ‘zbekiston va XVF o ‘rtasidagi konstruktiv muloqot Ish rejasida 
ko‘zda tutilgan barcha choralami bajarishga yordam berdi, natijada 
2003-yilning 15-oktabrida 0 ‘zbekiston Respublikasi tomonidan 
joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha milliy valutani ayirboshlashini 
ta’minlash borasidagi VIII moddaning 2(a), 3 va 4 bo‘lim!ari bo‘yicha 
majburiyatni olishga erishildi.
Oxirgi yillarda XVF turli yo‘nalishlar bo‘yicha texnik 
ko‘maklashuvni amalga oshirib keldi. Ulardan biri Markaziy bankka 
bank tizimida korporativ boshqaruvni yaxshilash borasidagi chora- 
tadbirlami ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatilgan yordamdir.
XVFning tavsiyalariga ko‘ra, 0 ‘zbekiston Respublikasi Marka­
ziy banki tomonidan «Tijorat banklarining kapital adekvatliligiga 
bo‘lgan talablar to‘g‘risida», «Tijorat banklari tomonidan tuzilayot- 
gan rezervlami shakllantirish va foydalanish, aktivlar sifatini klas-
300


sifikatsiyalash», «Tijorat bankning likvidlilik boshqaruviga bo‘lgan 
talablar to‘g ‘risida», «Banklar va ularga tegishli shaxslar o‘rtasidagi 
bo‘lgan operatsiyalar to‘g‘risida» va «Bir qarzdorning yoki o‘zaro 
aloqador qarzdorlar guruhining maksimal risk miqdori to‘g‘risida»gi 
nizomlaming yangi tahriri ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Ushbu o‘zgartirishIar milliy qonunchilikda bank nazoratining 
xalqaro talablarini (Bazel III) maksimal darajada hisobga olinishga 
sharoit yaratdi.
Xalqaro valuta fondi missiyasi 0 ‘zbekiston Respublikasi Huku- 
matiga va Markaziy bankga konsultatsiya o‘tkazish hamda texnik 
ko‘maklashish maqsadida doimiy ravishda tashrif buyuradi. Mis- 
siyaning faoliyati iqtisodiyot sohasining ahvolini, moliya sektori 
va statistikani o ‘rganish hamda istiqboldagi iqtisodiy islohotlar 
yo‘nalishini aniqlashga qaratilgan.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish