Siyosatshunoslikka



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

0 ‘zbekiston-ShHT. 
2001-yil 15-iyunda Shanxay shahrida 
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Xitoy, Tojikiston va 0 ‘zbekiston 
davlatlari rahbarlari tomonidan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) 
tuzilishi haqida Deklaratsiya imzolandi.
Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mug‘uliston Tashkilotda kuzatuv- 
chi maqomiga ega. Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Tur- 
kiya va Shri-Lanka davlatlari ShHTda “muloqot yo‘lida hamkorlik” 
maqomiga ega. 2010-yil aprel oyida Toshkent shahrida ShHT va BMT 
kotibiyatlari hamkorligi to‘g‘risida Qo‘shma deklaratsiya imzqlandi. 
Shuningdek, BMTning Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari uchun 
iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari 
assotsiatsiyasi, Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati, Mustaqil Davlatlari 
Hamdo‘stligi kabi tashkilotlar bilan rasmiy aloqalar o‘matilgan.
Tashkilot ikkita doimiy amaldagi organga, ya’ni Pekin shahrida 
ShHT Kotibiyati va Toshkent shahrida ShHT ning Mintaqaviy Aksil- 
terror tuzilmalariga ega.
0 ‘zbekistonning tashkilotga raisligi doirasida 2004-yil Toshkent- 
da bo‘lib o ‘tgan sammitda «ShHTda kuzatuvchi maqomi to‘g‘risidagi 
Nizom» hamda «ShHTning kuzatuvchilar bilan o‘zaro munosabatlari 
Tartibi to‘g ‘risida» hujjatlar imzolandi. Kuzatuvchi davlat institutini
295


joriy etilishi, ShHTning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda 
katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu, shuningdek, ShHTning kelajagini 
mustahkamlash, tashkilot salohiyatini kengaytirish hamda jahon 
hamjamiyatida uning roli va obro‘sini sezilarli darajada oshishiga sa- 
bab bo‘ldi.
2010-yil iyun oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan sammitda ShHTga 
yangi a’zolami qabul qilish Nizomi hamda ShHTning prosteduralar 
Qoidasi tasdiqlandi. Shuningdek, ShHTga a’zo-davlatlar hukumat- 
lari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va jinoyatchilikka qarshi kurashish so- 
halarida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar imzolandi.
2013-yil noyabr oyida Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar hukumat 
rahbarlarining (bosh vazirlar) bo‘lib o ‘tgan 12-yig‘ilishida tomonlar 
jahon va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishga oid keng qamrovli masa- 
lalar bo‘yicha fikr almashdilar hamda ShHT doirasida savdo-iqtisodiy 
va gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining kelajakda transport 
sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g ‘risidagi Qo‘shma Bayonoti 
imzolandi hamda ShHTning Taraqqiyot Banki va Taraqqiyot Fondini 
tashkil qilish bo‘yicha kelgusida qilinadigan ishlar bo‘yicha qaror qa­
bul qilindi.
2015-yil 9-10-iyulda Ufa shahrida ShHTning navbatdagi sammiti 
bo‘lib o‘tdi, mazkur sammit davomida mintaqaviy muammolar va 
xalqaro xavfsizlikka doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilib, 
tashkilot faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlar va ShHT doirasida ko‘p 
tomonlama hamkorlik rivojining istiqbollari muhokama qilindi.
ShHT sammiti yakunida davlat rahbarlari tomonidan Ufa dekla- 
ratsiyasi imzolandi, 2025-yilgacha ShHT rivojlanish strategiyasi,
2016-2018-yillarga m o‘ljallangan ShHTga a ’zo davlatlarining terro- 
rizm, separatizm va ekstrimizmga qarshi kurashish uchun hamkorlik 
Dasturi tasdiqlandi, Hindiston va Pokistonning ShHT a ’zoligiga qa­
bul qilinishi jarayonining boshlanganligi haqida qaror qabul qilindi.
Davlat rahbarlari tomonidan Ikkinchi jahon umshida fashizm usti- 
dan qozonilgan g‘alabaning 70-yilligi munosabati va narkotik tahdid- 
lar muammosi yuzasidan bayonot qabul qilindi, shuningdek, ShHTga
296


a’zo davlatlaming chegara masalalari bo‘yicha hamkorligi haqida 
Bitimi imzolandi.
ShHTning Ufa sammiti yakunlanishi bilan 2015-2016-yillarda 
Tashkilotga raislik 0 ‘zbekiston Respublikasiga o ‘tdi.
0 ‘zbekiston raislik qiluvchi davlat sifatida ShHTga a’zo dav­
latlaming manfaatlarini aks ettiruvchi o ‘zaro manfaatli rivojlanish, 
ShHTning xalqaro maydonda obro‘yini ortib borishini ta’minlash 
kabi tamoyillarga rioya qilish niyatida.
Xalqaro, mintaqaviy xavfsizlik, barqaror iqtisodiy rivojlanish, 
ShHT a’zolari boTgan barcha davlatlar gumanitar rivojlanishiga 
boTgan zamonaviy tahdidlarga munosib javob tayyorlash, terrorizm, 
ekstremizm, ayirmachilikka qarshi birgalikda kurashishni kuchayti- 
rish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqish dolzarb vazifa bo‘lib qol- 
moqda. Mintaqada ShHTning taraqqiyot va barqarorlikning ishonchli 
kafolatchisi sifatidagi rolini mustahkamlash maqsadida a’zo davlatlar 
o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish tadbirlariga, shuningdek 
BMT, boshqa xalqaro tashkilotlar va manfaatdor davlatlar bilan mu- 
nosabatlaming keyingi rivojiga katta ahamiyat beriladi.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish