3. Zamonaviy davrda G‘arbdagi siyosiy ta’limotlar siyosiy
ta’limotlar
XX asrda siyosiy fanning rivojlanishi boshqa asrlarga qaraganda
boy bo‘ldi. Bu asr g‘oyaviy kurashlar keskinlashgan va ayni payt
da, siyosiy mafkuralaming o‘zaro yaqinlashuvi, bir-birini to‘ldirishi
boshlangan asr edi. Shu bilan bir vaqtda, u yangi uslubiy yondashuv
laming paydo bo‘lishi, bir qator an’anaviy metodologiyalaming
47
qayta tiklanishi va yangilanishi davri bo‘ldi. Bu asr yangi siyosiy
g‘oyalaming tug‘ilishi va o‘tmish merosining qaytishi hamda qayta
idrok etilishi asri edi.
XX asrda siyosiy fikr uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha rivojlandi:
>
akademik yo‘nalish;
>
ijtimoiy-falsafiy nazariyalar;
>
yaqqol ifodalangan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lgan
mafkuraviy konsepsiyalar.
Akademik yo‘nalish XX asr boshida AQSHda universitet muhiti-
da paydo bo‘ldi va siyosiy fanning mustaqil aqademik fan sifatida tan
olinishi bilan bog‘liq. Yevropada ushbu yo‘nalishning boshlang‘ich
asoslari M.Veber, V.Pareto tomonidan bayon etildi. Akademik fikr-
ning ko‘pchilik vakillari uchun siyosatning dolzarb masalalari bo‘yi-
cha mafkuraviy bahslardan chetda turish va butun diqqat-e’tibomi
siyosiy xulq-atvoming qonuniyatlarini hamda siyosiy institutlaming
faoliyat ko‘rsatishini o ‘rganish, shuningdek, siyosiy tizimlaming
modellarini va ziddiyatlaming umumiy nazariyalarini yaratish xosdir.
Ijtimoiy-falsafiy nazariyalar industrial, postindustrial, axborot
jamiyatlari nazariyalari, neomarksistlaming «tanqidiy nazariya
si» va boshqalardan iborat. Mazkur nazariyalarda akademik fikr-
ning «pozitiv» bilimdan farqli o‘laroq, hozirgi zamon «rivojlangan
jamiyatlari»ning asosiy xususiyatlari tadqiq etildi.
Siyosiy fikming sof mafkuraviy yo‘nalishi oldingi ikki
yo‘nalishdan farqli o‘laroq, faqat yuz berayotgan voqealar-
ning markazida bo‘lishgagina intilib qolmay, balki aw algi ikki
yo‘nalishning
nazariy
ishlanmalaridan
foydalanib,
ijtimoiy
o ‘zgarishlarning strategiyasi va taktikasini o ‘z vaqtida ishlab chi-
qishga ham harakat qiladi.
Sotsiologik yo‘nalishlar ichida o‘ziga xos o‘rinni nemis sotsiologi
Marks Veber (1864-1920) egallaydi. Boshqa klassiklar kabi Veber
siyosatni hokimiyat haqidagi ijtimoiy munosabatlar sohasi yoki u
davlatlar o‘rtasida, hokimiyat ichida, guruhlar, odamlar o‘rtasida
bo‘lmasin hokimiyatni taqsimlishga ta’sir ko‘rsatish vositasi deb
hisoblaydi.
48
M.Vebeming “Protestantlik axloqi va kapitalizmning ruhi”,
“X o‘jalik va jamiyat” asarlarida siyosiy hokimiyatni amalga
oshiruvchi subyektlar, siyosiy elita omili to‘g‘risida ilmiy xulosalar
ilgari surilgan.
Gaetano Moska, Vilfredo Pareto, Robert Mixelslar siyosiy elitalar
nazariyasiga asos soldilar. Siyosiy hokimiyat mavzuini rivojlan-
tiruvchi elitalar kensepsiyasi hozirgi zamon siyosiy faniga uning
tarkibiy qismi sifatida kiradi. Italiya maktabi vakillari V.Pareto (1848—
1923), G. Moska (1858-1941) va Germaniyadan Italiyaga kelgan
nemis olimi R.Mixels (1876-1936) ushbu nazariyaning asoschilari
hisoblanadi. Ulaming qarashlarini «makiavellistik» maktabga kiritish
mumkin, chunki elita jamiyatda hukmronlik qiluvchi guruh sifatida
birinchi marta ulaming vatandoshi Makiavellining tadqiqotlarida
ко‘ rib chiqilgan, deb hisoblanadi.
Siyosatshunoslikning XX asrda yuzaga kelgan yana bir muhim
yo‘nalishi siyosiy partiyalami tahlil qilishdir. Ushbu yo‘nalishning
asoschilaridan biri Robert Mixels hisoblanadi. «Demokratiya
sharoitida siyosiy partiyalarning sotsiologiyasi» nomli asar uning
qalamiga mansubdir. Robert Mixels barcha ijtimoiy tashkilotlami
boshqarib turuvchi qonunni kashf qildi va uni «oligarxiyaning temir
qonuni» deb atadi. Ushbu qonunga ko‘ra, tashkilot, korxona va
jamoalarda, ular qaysi sohada tuzilgan bo‘lmasin, muqarrar ravishda
ko‘pchilikni boshqaradigan ozchilik vujudga keladi.
Davlat tashkilotida, partiyalarda, kasaba uyushmalarida, boshqa
jamoat tashkilotlarida, cherkovda hokimiyat boshqarishga mohir
bo‘lgan, yuqori tuzilmalar tarkibiga kirgan kishilar qo'lida jamlanadi
va bu yuqori tuzilmalar oddiy a ’zolar nazoratidan chiqib ketadi.
Hatto partiyalarda ham boshqamvga noqobil bo‘lgan oddiy omma
dohiylami ilgari suradiki, ular vaqt o ‘tishi bilan oddiy a’zolardan
ajralib qoladilar va partiya elitasiga aylanadilar. «Tarixiy evolutsiya
oligarxiyaning oldini olish uchun qo‘llaniladigan barcha profilaktik
choralar ustidan kuladi. Agar dohiylaming hukmronligini nazorat
qilish uchun qonunlar qabul qilinsa, bundan dohiylar emas, qonunlar
zaiflashadi» .
49
Do'stlaringiz bilan baham: |