8
haqiqatlar bois shaxsiy kelishmovchiliklardan tortib, urush
va inqiloblargacha kelib
chiqadi.
Dunyo shunchalar mukammal yaratilganki, u har kim uni qanday ko’rmoqchi bo’lsa
– aynan unga shunday namoyon bo’ladi. Nima – ishonmaysizmi? Mana sizga isbot.
Kvant fizikasi degan fizikaning eng yosh bo’limi bor. Unda olimlar atomning
elementar zarrachalari bo’lgan
elektron, neytron va protonlarni yanada maydaroq
zarracha – kvantlarga parchalab o’rganishadi. Ana o’sha
eng mayda zarrachalarni
o’rganishda fiziklar ajoyib holatda duch kelishgan.
Ishonish qiyin, ammo kvantlar kuzatuvchi fikriga qarab o’z xususiyatlarini
o’zgartirar ekan. Ya’ni, aytaylik, siz fizik olimsiz va siz kvantni maxsus superuskunalar
bilan kuzatmoqchisiz. Agar siz kvant o’zini mayda zarracha sifatida namoyon qiladi deb
o’ylasangiz – kvant sizga mayda zarracha sifatida namoyon bo’ladi. Agar siz kvant sizga
to’lqin sifatida ko’rinishini kutsangiz – xuddi o’sha kvant sizga to’lqin tarzida ko’rinadi.
Xo’sh, hali ham shubhalanyapsizmi? Mayli, mana sizga navbatdagi isbot.
Fiziologlar, ya’ni odam tanasi tuzilishi va xususiyatlarini o’rganuvchi olimlar, juda
qiziqarli tajriba o’tkazishgan. Bir ayolni odam miyasidagi jarayonlarni
kuzatib turadigan
uskunaga joylashtirib qo’yishgan.
Shundan so’ng olimlar ayolga “Hozir biz sizning barmog’ingizni muzdek suvga
solamiz” deb aytishgan. Biroq ular aslida ayol barmog’ini
xona haroratidagi suvga
solishgan, faqat bunda ayolning qo’liga sovutilgan metall parchasini yaqinlashtirishgan.
Keyin, ular ayolga “Endi biz sizning barmog’ingizni qaynoq suvga solamiz” deyishgan.
Biroq ular tag’in ayol barmog’ini xona haroratidagi suvga solishgan – faqat bu safar ayol
qo’liga qizdirilgan temir yaqin keltirilgan.
Birinchi holatda ayol miyasida sovuqlikni sezib, unga reaksiya beradigan hujayralar
kengaygan – ya’ni ayol rostdan ham yaxdek suvni sezgan. Ikkinchi holatda esa ayol
barmog’i suvga tegishi bilan uni tortib olgan – ayol og’riqni sezgan va barmog’ini
kuydirib olganiga ishongan…
Bunga o’xshash misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Ammo bularning bari
nimadan dalolat berishini anglash – hammasidan ham qiziqarli.
Siz – bu siz ishongan haqiqatlar jamlanmasi. Siz o’zingizni kim deb bilsangiz –
tanangizni tashkil qilgan har bir kvant shunga monand harakat qiladi. Siz ishingizni bilib
qilishingizga ishonsangiz – demak, siz ishbilarmonsiz. Siz uncha-muncha kasalliklarga
qarshi tura olishingizga ishonasizmi – demak, siz sog’lom va tetiksiz. Siz o’z
immunitetingizga uncha ishonmaysizmi – demak, siz mudom bemorsiz. Siz omadning
ortidan quvasizmi – demak, siz shundoq ham omadli ekaningizga ishonmaysiz, omadni
tutib olishim kerak deb o’ylaysiz va omadsiz hayot kechiraverasiz. Siz to’g’ri maslahatlar
bera olishingizga ishonasizmi – demak, sizga quloq tutadiganlar talaygina. Va hokazo, va
hokazo.
Siz – bu siz o’zingiz haqingizda tasavvur qilgan shaxs. Faqat siz bu tasavvuringizni
shubha-yu ishonchsizlik bilan bulg’ab qo’yasiz. Siz uchun hayajonli holat bo’lganda
hayajonlanishga,
xafa
bo’lish
kerak
bo’lgan
holatda
xafa
bo’lishga
programmalashtirilgansiz. Buni tan olasizmi yo’qmi – siz jamiyat va o’zingiz siz uchun
tuzib bergan dasturlar jamlanmasidan boshqa narsa emassiz.