Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
54 
library.ziyonet.uz/ 
hisobida. Shu bois ma’lumot sifatida tilga olib oʻtyapmiz. Soʻfiylik tarixida yomonliklari 
bilan zikr etilgan, hatto kofir deb e’lon qilinganlar ham borki, shulardan ikkitasini 
«Sabotul ojiziyn»ga Tojuddin Yolchiquli tomonidan yozilgan sharh asosida bayon qilib 
oʻtsak zarar qilmas, biz ojiz bandalarni xato yoʻllardan asrashga xizmat qilar, insha 
Alloh! 
Gʻaraz, e bandalar, nozir oʻlunglar, 
Yamon yoʻl firqagʻa hozir boʻlunglar. 
Sharh: maqsad shuki, e bandalar, yomon yoʻldan yurguvchi guruhlar holidan bayon 
qilayin. Sizlar esa hoziru nozir boʻlingizlar. 
Bani Odamda bordur bir firqa 
Tutarlar oʻzlarin ahli tariqa. 
Sharh: Odam bolalari orasida bir turli guruh bordir. Ular oʻzlarini ahli tariqat sanab
«bizlar ahli jazbamiz»,-derlar. Oʻzlari jazbaning ma’nosi va uning necha xil boʻlishini 
bilmaydilar. Faqat tariqat ahlidanmiz va zikri jahriyadanmiz, deya baqirib devona boʻlib 
yurishadi. 
Alar shar'i nabiyning dushmanidur, 
Alarning oti, ya’ni «ravshaniy»dur. 
Sharh: sifatlanmish guruhlar Paygʻambarimiz (s.a.v.) shariatining dushmanidir. Bularning 
hollari kofir butidan ortiqroqdir. Ammo mazhablarining oti mazhabi Ya’rab ibni Safvon 
Ravshaniydur (Ravshaniy - Balxdagi bir qishloqning nomi). 
Alar oʻzlarigʻa «orif» qoʻyib ot, 
Oʻqurlar omiylargʻa yaxshi abyot. 
Sharh: bu botil mazhab ahli bir-birlarini «orif» atab, u shunday avliyo, shundayin holli, 
derlar. Bir uyga yigʻilishib oxirat holni koʻrsatuvchi abyotlar va hikmatlarni omiylarga 
aytib va turli daf'u nogʻorayu boshqa cholgʻularda ohanglar chalurlar. Xotinlar va 
besoqollar nafis tovushlar bilan oʻzarlar. Bir zamondan soʻng ba’zilarining dimogʻiga 
shayton oʻsirgach, aqllaridan ozib, hushdan ketishadi. Lekin aytishlaricha, aqldan ozib 
hushdan ketishlari bir tur doridandir. Safro oʻtini gulxanga qoʻyib undan tutun chiqib 
dimoqlariga kirgach, hushsiz boʻlishadi. Ammo shayxlari hushlarini yoʻqotmay doim 
ogʻizlariga asal solib turishadi. Bu asal boyagi giyoh tutinining haroratini qaytarib turadi. 
Ul mal'unning gʻarazi - koʻrkam xotin yoki besoqol hushsiz boʻlgach, uni jimo' qilishdir. 
Valekin aytushur behuda ma’niy, 
Oʻzining yoʻligʻa solmoqqa ya’niy. 
Sharh: ammo bu firqaning shayxlari oʻtgan avliyolar va ularning hollari haqidagi behuda 
gaplar bilan omiylarni ragʻbatlantirib, oʻzlarining botil yoʻllariga solmoq va kiritmoq 
havasida boʻladilar. 
Alarda boʻlmagay hech yaxshi niyat 
Ayolu ahlida boʻlmas hamiyyat. 
Sharh: oʻsha majlisda boʻlganlarning yaxshi niyatlari yoʻq. Bir-birlariga oshiq boʻlib 
yurishadi. Xotinlari va oilalariga kuyunchak boʻlishmay, balki qaysi birining xotini 
qoʻlga tushsa, oʻshani jimo' qilishadi. Shundan soʻng «men Alloh ishqida mast boʻlib, 
nima narsa boʻlganini bilmadim»,-deyishadi. Va yana ayturlarki, Alloh taolo hazrati 
koʻzlariga goh koʻrinib, goh koʻrinmas emish. Olimlarni dushman koʻrib namozni 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish