Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
41
library.ziyonet.uz/
Hazrati Iso oʻsha yoshni oʻzlariga koʻrsatishni soʻrab, Allohga munojot etadilar va uni
togʻda bir qoyaning ustida samoga termulganicha oʻtirgan holida topadilar. Salom
beradilar, lekin yigit salomga alik olmaydi. Shunda:
-Men Isoman! - deya sado beradilar.
Vale Alloh vahiy yoʻli bilan hazrati Isoga buyuradiki:
-Ey Iso! Qalbida zarraning yarmisicha mening sevgim boʻlgan kimsa insonlarning soʻzini
qanday eshitsin?! Izzatim va Jalolim haqqi aytaman, agar bu yigitni arra bilan arralasang
ham sezmaydi.
Bu oʻrinda ham, avvalgi holatda ham Allohga boʻlgan Ishqning darajasi nisbat misolida
keltirilyapti. Albatta bu oliy maqomga hamma ham erisha olmaydi. Kim oshiqlikning bu
martabasiga erishibdi - bu dunyoning chin baxtiga yetibdi.
Er bilan ayol orasidagi sevgi oʻzaro boʻlganidek, Alloh bilan banda orasidagi Ishq ham
oʻzarodir. Bandaning Allohni va uning Rasulini sevishi - ularga itoat etishi, amrlarini
bajarishi demakdir. Alloh bandasini sevishi esa, undan rozi boʻlishi, uni afv etishi
demakdir. Har bir banda toqati yetgan qadar Alloh Ishqi bilan yashashini aytdik. Ammo
bilibmi, bilmaymi aldanib qolish ehtimollari borki, bundan ehtiyot boʻlmoq zarur. Ulamo
derlarkim: «Kim uch narsani da’vo qilsa-yu, uch narsadan oʻzini poklamasa, u aldangan
boʻladi:
Allohning oʻrtaga qoʻygan axloq asoslariga rioya qilish zavqli ekanidan lof ursayu
lekin dunyo sevgisidan voz kechmasa.
Amallarni yolgʻiz Alloh uchun qilishni sevishini aytsayu lekin insonlarning unga
ta’zim qilishidan mamnun boʻlsa.
Allohni sevaman desayu lekin nafsini tarbiya qilmasa, u kimsa aldangan boʻladi.
Aldanib qolishdan barchalarimizni Alloh asrasin. Endi har birimiz dunyodan ozgina
muddatga uzilaylikda oʻz koʻnglimizga murojaat etib koʻraylik:
-Ey koʻngil! Sen Alloh meni sevadimi, sevmaydimi, deb qiziqyapsanmi? Xoʻsh, buning
oʻlchovi bormi, bor boʻlsa nimadan iborat? Sen Allohga qalban naqadar bogʻliqsan?
Allohga boʻlgan ishqing qay darajada - oʻlchov mana shudir. Bilkim, sening Allohga
boʻlgan muhabbating Allohning senga boʻlgan muhabbatidir. Bu insonning botinidagi
tuygʻularga bogʻliq. Ana shu tuygʻular maydonga kelsin, qalb nurlansin, deb zikr
qilinadi. Zero, Allohning «Bas, Meni eslangiz, Men ham sizlarni eslayman», degan
va’dasi bor. Bu amal naqadar goʻzal!
Ishq haqida har bir kishi aqli yetgan darajada fikr bildiraverishi mumkin. Ammo Ishq
tufayli Allohning doʻsti - valiyulloh martabasiga yetganlarning yoki donish ahlining
ustozlari sanalmish muhtaram zotlarning fikrlari bizlar uchun muhimroqdir, degan
toʻxtamga kelib, ayrimlari bilan tanishib oʻtishni lozim koʻrdik. Izoh sifatida deymizkim,
mazkur fikrlar bir-biriga oʻxshamasa-da, biri ikkinchisini inkor etmaydi, aksincha,
toʻldiradi.
Dedilarkim: «Haq sevgisi nishoni uch narsa ila belgili boʻlur: kishi saxovatda dengizga
Do'stlaringiz bilan baham: |