Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
37
library.ziyonet.uz/
xarob, pirining izi ham yoʻq. Bilsaki, toʻrt yuz taqvodor uyatdan har tomon tarqab
ketganlar. Shogird soʻrab-surishtirib, boʻlgan mash'um voqealardan xabar topdi. U Shayx
muridlarining xalifasi boʻlgani uchun turli tomonlarga xabarchi yuborib, toʻrt yuz
taqvodorni atrofiga toʻpladi va ulardan yana soʻrab-surishtirib pirining ishqi, may
ichgani, zunnor bogʻlagani, Kalomullohni oʻtga tashlagani, endi esa oʻt yoqib, choʻchqa
boqayotganini eshitdi. Eshitdi-yu, birodarlariga xitob qildi:
-Ey or-nomusni saqlashda toʻngʻizlardan ham battar boʻlgan kishilar! Shayx sizning
piringiz edilar, sizlar ul zotga murid edingizlar. Pirimizning irshodlaridan barchaga umid
najoti yetardi. Faqr aro muridlik qilish sharti shunday: agar kimki qutlugʻ tabiatli boʻlib,
murshid boʻlsa, uning muridlari ham unga oʻxshash boʻlishlari kerak.
Agar u oʻzining yaxshi-yomon
kunlarida nima ish qilsa, siz unga taqlid etishingiz lozim. Siz vafosizlarga faqr tartibi
odatlari hayf! Soʻfiylar kiyadigan xirqayu oʻraydigan salla ham hayf! Tinchlik payti
yolgʻon lof urib, Shayxga sodiqligingizni isbot etishga tirishgansiz. Boshlariga ogʻir ish
tushganda esa oʻzingizni ul zotdan nari tortasiz. Shayxingizga bevafolik qilib, butxonaga
tashlab kelibsiz. Xudodan qoʻrqmay, eldan uyalmay shayximizni yolgʻiz qoldirib
qaytibsiz. Shu sifat bilan yana oʻzingizni yaxshi fikrli, toʻgʻri ish tutuvchi deb
hisoblaysiz, bir-biringizni yana «darvish» deb ham ataysiz. Zuhdu tasbehu ridongizdan
uyat sizga! Kavush, salla va hassangizdan uyat sizga! Agar Shayx itboqarlik qilib, bir
necha it parvarish etganlarida edi, unga charxdan bu yangligʻ jafo yetgan paytda itlaridan
vafo koʻrgan boʻlmasmidilar?! Axir ulardan ba’zilari yoʻqolib ketsa, ba’zisi qolar, uning
atrofida jilmasdan turar edi-ku! Uning muxoliflari bilan goh urishib, goh esa uning
motamida ulishar edi! Agar insondan vafo yiroq boʻlsa, vafo bobida unday kishidan it
yaxshiroqdir. Bordiyu sizlarda mardonalik, ixlos da’vosi ichra oqillik, donolik bor boʻlsa
edi shayximiz boshlariga bu yangligʻ balo tushganda, ya’ni u birov ishqiga mubtalo
boʻlib, oʻzini har jafoga duchor etganida siz vafo bilan turmogʻingiz shart edi. Ammo
barchangizda unga hamdardlik qilishdan oʻzni chetga tortish zohir boʻlib, faqr ichra yuz
nomardlik koʻrsatdingiz. Kishi «erman» deb lof urgani bilan er boʻla oladimi?
Jonga oziq bagʻishlovchi shogird shu tarzdagi soʻzlarni ayta tursin, biz bugungi
kunimizga qaytaylik:
Musulmon birodarimiz boshiga bir ish tushsa yoinki buzuq yoʻlga kirib ketsa, biz buni
koʻra-bila turib oʻzimizni qanday tutamiz? Koʻpincha indamay kuzatamiz. Nari borsa
«unday qilma» degan mazmunda ozgina pand-nasihat qilamiz. Ayrimlarimiz esa
birodarimizning buzuqlik botqogʻiga botayotganini koʻrib, «battar boʻlsin!» - deb
quvonamiz ham. Shogirdning soʻzlarini bu oʻrinda biz atayin boʻldik. Siz ham bir oz
sukut saqlab oʻylang. Ehtimol birodarga vafo bobida qusurlarimiz bordir. U holda
shogirdning necha yuz yil avval aytgan gaplari bizlarga ham tegishli, bizlar uchun ham
ibratdir. Shu oʻrinda hazrati Shayx Abu Said Xarrozning (quddisa sirruhu) soʻzlarini
eslash foydalidir: «Tushimda koʻrdim, ikki farishta samodan tushdi va mendan «Sidq
nimadir?» - deb soʻradi. Men: «Ahdga vafodir»,-dedim. Ikkisi ham «Sadaqta» (Rost
aytding),-dedi va osmonga qaytdi.»
Shogird birodarlarini koyigach, «Bir yerda oʻtirish bilan ish bitmaydi», deya oʻrnidan
turib Rum sari, din va iymonni yondiruvchi oʻsha manzil tomon yoʻlga chiqdi. Jamoat
unga ergashdi. Choʻlu biyobonlarni bosib oʻtib, choʻchqaboqar Shayx manziliga yetib
Do'stlaringiz bilan baham: |