Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
43
library.ziyonet.uz/
Hazrati shayx Abu Said Xarroz (q.s.) debdilarkim: «Banda qachonki Allohga qaytgay va
Alloh amriga yopishgay, oʻzini va Haqdan boshqasini unutgay. «Qaerdan kelursan va ne
istarsen?» deb soʻrasalar, «Allohdan!» der, boshqa javobi boʻlmagay. Banda bu sifatli
boʻlsa, nafsini oʻldirgan boʻlur. Ne soʻzlasa, uning soʻzi Haq soʻzi boʻlgay, ne eshitsa
ham, faqat oʻsha boʻlgʻay! Zero, oʻzi ul yerda boʻlmagay va aytarki: «men kimman,
bilmayman, naylarman, qaydaman...»
-Nimani istaysan? - deb soʻrasalar, aytarki:
-Alloh!
-Nimani bilursan?-deb soʻrasalar, aytarki:
-Alloh!
Butun a’zoyi badani ham aytur: «Alloh!» «Alloh!» Zero, uning butun vujudi Alloh bilan
toʻlgʻundir va Allohsiz joyi yoʻqdur.»
Hazrati shayx Abdulloh Muhammad Fazl Balxiy (q.s.) debdilarkim: «Muhabbat - isordir
(ya’ni oʻzini ayamay bagʻishlash). Uning toʻrt ma’nosi bor: *zikri doimiy boʻlib, shuning
bilan shod boʻlmoq, *Haq bilan uns (doʻstlik) tutmoq, *dunyo ishlaridan butkul uzilmoq,
*Haqdan toʻsuvchilardan uzilmoq.»
Hirotlik mashhur shoir va shayx Xoja Abdulla Ansoriy bunday yozibdilar:
«Koʻngilxushligi va uning faqr yoʻlida hurmatga sazovor boʻlishi dilda Undan
(Allohdan) oʻzga, yodda jonondan (Allohdan) oʻzga narsa boʻlmasligidir. Har bir koʻngil
shunday sifatga ega boʻlsa, uni koʻngil deb bilgil. Yoʻqsa, dengiz yoki kon boʻlsa-da,
undan voz kechgil. Unga maskan boʻlgan koʻngil -koʻngildir, yoʻqsa, gulshan boʻlsa ham
gulxandir.»
Biz bir narsaga e’tiborimizni qaratishimiz lozim: yuqorida zikr etilgan talablarga ul
muhtaram zotlarning oʻzlari toʻla amal qilganlar. Bizga ibrat boʻlguvchi ul zotlar
Allohning marhamatiga erishsalar-da, oʻzlarini tuproq qadar deb bilganlar. Holbuki,
oramizda shunday birodarlarimiz borki, besh mahal namozni chala-chulpa oʻqishni
oʻrganib olib, jannatga yoʻllanmani qoʻlga kiritdim, deb xayol qiladilar va hech kimga
soʻz bermay gerdayib yuradilar. Shunday kimsalarga «Islom nimadir?» deb savol berib
koʻraylik. Ularning javobini eshitguncha oʻzimiz deylikki: Islom - hayotning yashash bir
tarzidir. Islom - namozmidir? Ha. Ammo faqat namoz emas. Roʻza tutmoqlikmi? Ha.
Ammo faqat roʻza tutmoqlik emas. Hajmi? Ha. Ammo faqat haj degani emas. Ishqsiz
bularning barchasi quyoshsiz osmon kabidir. Endigi rivoyat balki Ishq nimaligini bilishni
istamayotgan ayrim birodarlarimizga ibrat boʻlarmikin?
Bir murid shayxi Boyazid Bistomiyni (q.s.a.) tushida koʻrdi va soʻradi: «Munkar va
Nakirdan qanday oʻtdingiz?» Shayx dedilar: «Munkar va Nakir «Rabbing kim?» deb
soʻraganlarida men: «Borib, Allohdan soʻrang, «Boyazid sening kimingdir?» deb. Ul ne
desa Boyazid oʻshadir. Ul «Boyazid bandamdir» demagunicha mening ming karra
«Rabbim Allohdir!» deb aytmogʻimning foydasi yoʻq.»
Ishq ahlining oʻlim bilan uchrashuvi ham oʻziga xosdir. Mavlono Jaloliddin Rumiy
oʻzlarining oʻlimlarini «Shabi arus», ya’nikim, «nikoh oqshomi» - kelinni koʻradigan,
lazzat oladigan, hayajonlanadigan, visolga erishadigan oqshom, deb ataydilar.
«Oʻlganimda mening orqamdan yigʻlamang, «alvido!» demang. Men ajralishga emas,
Do'stlaringiz bilan baham: |