Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №13 (том 1)


Ota-onalar o’z bolasining mehnat imkoniyatlarini haqqoniy baholashga



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/54
Sana07.04.2022
Hajmi2,32 Mb.
#534437
TuriСборник
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
Bog'liq
a62191 b3c2adf2015e454785bac0b4ec9a4edf

Ota-onalar o’z bolasining mehnat imkoniyatlarini haqqoniy baholashga 
o’rgatishi juda muhim. Ko’pincha ota-onalar aqli zaif bola bajara olmaydigan 
topshiriqlarni beradi. Bu ularda o’z kuchiga ishonmaslikka olib keladi, 
hissiyotlarni yuzaga keltiradi.
Boshqa jihatdan bolani qandaydir uy topshiriqlarini 
bajarilishidan ozod qilish, ya’ni xudbinlik va tayyorga o’rganib qolishga olib keladi. 
Shuning uchun ota- onalar bilan doimiy aloqada bo’lish, ularni maktabda o’z-
o’ziga xizmat ko’rsatish tayyorgarligi haqida xabardor qilib turish, oilada bolalar 
uchun aniq topshiriqlarni tavsiya qilish o’quvchilarni oilaviy mehnat 


105 
majburiyatlarini bajarishi haqida haqiqiy ma’lumotga ega bo’lishida yordam 
beradi.
 
Adabiyotlar
1.
R.K.Lutskina «Korreksiya rechevogo i umstvennogo razvitiya uchaщixsya 
vspomogatelnoy shkolы v protsesse trudovogo obucheniya». Uchebnoe posobie. -
Alma Ata KAz ped. Inet. 1989 g. 
2.
G.M.Sorokina «Organizatsiya deyatelnosti mladshix shkolnikov na urokax 
trudovogo obucheniya». Defektologiya, № 5. 1989 g. 
3.
S.L.Mirskiy «Individualnыy podxod k uchaщimsya vspomogatelnoy shkolы v 
trudovom obuchenii». -Moskva. «Pedagogika». 1990 g. 


106 
ФИО автора: 
Karimova Sayyora (Urganch tumani, Qorovul qishlog‘i 
1-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi. Xorazm, O’zbekiston) 
Название публикации: «
“ALPOMISH” DOSTONINING BADIIY-G`OYAVIY 
XUSUSIYATI VA UNDAGI BOSH OBRAZLARNING TAHLILI» 
Annotatsiya: Bu maqola o`zbek xalqining boy o`tmishidan xabar beruvchi 
“Alpomish” dostoning tadqiqotiga bag`ishlangan. Tahlil ostiga dostondagi bosh 
obrazlar olingan bo‘lib, maqolada ularning asarda tutgan o`rni, voqealar rivojidagi 
ishtiroki asosida spetsifik xarakter xususiyatlari ochib berilgan. 
Kalit so`z: “Alpomish” dostoni, xalq og‘zaki ijodi, bosh obraz, spetsifik 
xususiyat, folklor,badiiy tasvir, syujet 
Har bir xalqning adabiyot, ayniqsa, xalq og`zaki ijodi namunalari uning 
madaniyatidan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotidan xabar beruvchi manba hisoblanadi. 
Chunki folklor asarlar bevosita xalq tilidan yaratilib, asrlar davomida shu xalq bilan 
birga yashab sayqal topib boruvchi san‘atdir. V.G.Belinskiy aytganidek, folklorda 
mashhur nomlar yo`q, uning muallifi hamisha xalqdir. Uning navqiron xalq yoki qabila 
ichki va tashqi hayotining jimjimalarsiz va aniq tasvirlangan oddiy va 
soddagina qo`shiqlarini kim to`qiganini hech kim bilmaydi va bu qo`shiq urug`dan – 
urug`ga, avloddan-avlodga o`tadi; va vaqtlar o`tishi bilan o`zgarib boradi; goh uni 
qisqartirishsa, goh uzaytirishadi, goh yangidan to`qishadi, goh unga boshqa 
qo`shiqni ulashsa, goh unga qo`shimcha qilib boshqa bir qo`shiqni to`qishadi – shunda 
qo`shiqdan doston chiqadi. Faqat xalq unga o`zini muallif sanay oladi. Adabiyot – 
boshqa ish; endi xalq emas, balki xalq hayotining turli tomonlarini o`z aqliy
faoliyatlarida aks ettiruvchi alohida shaxslar uning arbobi. Adabiyotda shaxs to`la 
xuquq bilan maydonga chiqadi va adabiy bosqich hamisha shaxslarning nomi bilan 
ajralib turadi» O'zbek xalq og'zaki ijodi ham o'zining xalqchilligi,badiiy saviyasi, 
qadimiyligi 
kabi 
jihatlari 
bilan 
ajralib 
turadi.Shunday 
asarlar 
sirasiga 
“Alpomish”dostoni ham kiradi. “Alpomish” dostoni o'zbek xalqiga xos bo'lgan ko'plab 
spetsifik 
xususiyatlarni 
jamlagan 
bo'lib, 
unda 
milliy 
qadriyatlarimizdan 


107 
so'zlovchi urf-odatlarimizni ham uchratishimiz mumkin. Shuning uchun ham 
O'zbekiston respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov dostonga juda yuqori baho 
berib, shunday degan edi: “Alpomish” – o'zbekning o'zligini namoyon etadigan, mard 
va tanti xalqimizning yurak-yuragidan chiqqan, ota-bobolarimiz avlodlardan 
avlodlarga o'tkazib kelayotgan qo'shig'idir… “Alpomish” dostoni bizga insonparvarlik 
fazilatlaridan saboq olib va haqgo‘y bo'lishga, o'z yurtimizni, oilamiz qo'riqlashga, 
do'stu yorimizni, ornomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har 
qanday tajovuzdan himoya qilishga o'rgatadi. “Alpomish” dostonida voqealar rivojida 
asosiy o'rin qahramonlar sirasiga Hakimbek (Alpomish), Barchin, aka-uka Boybo'ri va 
Boysari, Qorajon kabi obrazlarni kiritishimiz mumkin. Chunki bu obrazlar vositasida 
umuminsoniy tushunchalar ochib berilgan bo'lib, bu asarning badiiy-estetik qiymatini 
oshirishga xizmat qilgan. Jumladan, bu personajlar ishtirokida asosiy sujetlar: ―aka-
uka Boybo'ri va Boysarilarning farzandsizligi tasviri, Hakimbek va Barchinning 
ajoyib-g'aroyib 
holatlarda 
tug'ilishi, 
Hakimbekning bahodirona yoshligi va birinchi bor pahlavonlik ko‘rsatishi, 
Boysarining Boybo'ridan arazlab, qalmoq eliga ko'chishi, qahramonning yorini olib 
kelish uchun o'zga mamlakatga safari va qalmoq alpi Qorajon bilan do'stlashishi, 
raqiblari – qalmoq alplari bilan yonma-yon turib, Barchinning shartlarini bajarishi va 
Barchinni olib o'z eliga qaytishi, qaynatasi Boysarini qutqarish uchun ikkinchi marta 
safar qilganda, yetti yil zindonda qolishi, asirlikdan oti Boychibor yordamida qutulib, 
rafiqasi Barchinning zo'ravon Ultontoz bilan bo'layotgan to'yi ustida o'z eliga kelishi 
hamda Ultontozni yengib, o'z hokimiyatini o'rnatishi voqealari tasvirlanadi. 
Dostonning bosh qahramoni Hakimbek-Alpomishdir. Dostonda Alpomishni 
kuch-qudratini, bahodirligini to'liq ko’rsatib berish uchun har xil tasvir usullaridan, 
qiziqarli voqealar bayonidan mohirona foydalanilgan. Hakimbekning yetti yoshida 
ko’rsatgan jasorati, Alpomish nomini olishi, yeti aka-uka bilan jang qilib g’olib bo’lishi 
yuqoridagi fikrimiz dalili bo’ladi. Alpomishning ichki his tuyg'ulari, 
xarakterxususiyatlari bevosita uning atrofidagi obrazlar bilan kechgan munosabatlarida 
ko’zga tashlanadi. Xususan, Alpomish va Barchin munosabatlarida oldiniga oddiy 
insonlardek ikkilanishlari ko’zga tashlansa, keyinchalik qat‘iylik, vafo, sadoqat kabi 


108 
hislatlari namoyon bo’ladi. O'zbekiston respublikasining birinchi prezidenti 
I.A.Karimov Alpomish obrazi haqida quydagilarni aytib o’tgandi: ―Xalqimizning 
yengilmas 
bahodiri 
— 
Alpomish 
timsolida 
biz 
Vatanimizni 
yomon ko’zlardan, balo, qazolardan asrashga qodir, kerak bo’lsa bu yo’lda jonini ham 
fido qilishga tayyor bo’lgan azamat o’g’lonlarimiz — bugungi alpomishlarning 
ma‘naviy qiyofasini ko’ramiz. Ishonamizki, har bir avlod mana shu qaqramonlik 
dostonini asrab- avaylab kelgusi avlodlarga yetkazadi. Bu qahramonlik eposini kuylab, 
uni qalbiga, shuuriga jo qilgan millatni esa qech qanday kuch yenga olmaydi. 
Dostondagi asosiy obrazlardan biri, o'zbek ayollariga xos ko'plab hislatlarni o'zida 
jamlagan ayol timsoli Barchindir. ―U o'zbek eposida har tomonlama mukammal 
ishlangan ayol obrazi hisoblanadi. Dushmanlarning “qirq mingini bir deb sanab 
qirishga” tayyor turgan jasur Barchin siymosida qahramonlik dostonlariga xos alp qiz 
haqidagi an‘anaviy tushuncha ham o'z ifodasini topgan. 
Qizdagi jasurlik, mardlik va dovyuraklik, o'z kuch-qudratiga ishonish uni 
Toychixon alplari zo'rlik bilan olib ketmoqchi bo'lgan holatlar tasvirida yaqqol 
gavdalanadi. Barchin faqat jasur va dovyurak bo'lib qolmay, unga uylanmoqchi 
bo'lgan yigitdan ham salohiyat va bahodirlikni talab qiladi. Bu jihatdan uning 
Alpomish va to'qson alp oldiga to'rt shart (yoy tortish, ming qadamdan tanga pulni 
urish, poyga, kurashda to'qson alpni yengish) qo'yishi xarakterlidir. 
Sharq adabiyotida yetakchi mavzulardan biri bu do’stlikdir. Dostonda bu mavzu 
Alpomish va Qorajon munosabatlari orqali ochib beriladi. Bu do'stlikning eng 
ahamiyatli joyi shundaki, u kuchli konflikt ustiga qurilgan. Asar davomida 
bu ziddiyat sof, samimiy hislar orqali mohirona tarzda sahnadan chiqib ketadi. Buning 
natijasida hozirga qadar kata muammo bo’lib kelgan diniy qarama-qarshilik necha 
asrlar oldin yaratilgan “Alpomish” dostonida o’z yechimini topganiga guvoh bo’lamiz. 
Shuning uchun ham dostonni do’stlikni baland notalarda kuylagan asarlardan biri 
sifatida 
ham 
qabul 
qilishimiz 
mumkin. 
Umuman 
olganda, 
asarda 
ko'plab g'oyalar ilgari surilgan. Bu g'oyalar kitobxonga yanada tushunarli bo’lishi 
uchun tugun va yechim tarzida berilgan. 


109 
Aka-uka o'rtasidagi oqibati, muhabbat, do'stlik yoki vatanga muhabbatmi, qay 
birini olsak ham yuqoridagi fikrlarimiz o’z isbotini topib boradi. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish