Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №13 (том 1)



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/54
Sana07.04.2022
Hajmi2,32 Mb.
#534437
TuriСборник
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Bog'liq
a62191 b3c2adf2015e454785bac0b4ec9a4edf

Фойдаланилган адабиётлар 
1
. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafкurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga
xizmat etsin. – T.: O‘zbekiston, 1998. 
2.Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ.-Т.: Ўзбекистон, 1988. 
3. Каримов И.А.Юксак маьнавият –енги лмас куч-Т.:”Маьнавият” 2008. 


89 
ФИО автора: 
Bozorova Gulmira Mardonovna (Navoiy viloyati, Navbahor tumani 
23-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi) 
Название публикации: «
RANGIN TUYG‘ULAR MUSAVVIRI» 
Annotatsiya
.Mazkur maqolada Abdulla Oripov ijodiga nazar solinib, uning she'rlari 
tahlili yuzasidan fikr-mulohazalar keltirildi. 
Kalit so'zlar
: she'r ,shoir, hayot, muhabbat,ona, yillar, qalb, tuyg'u. 
Poetik manzaralar yaratish, tabiat manzaralarini inson tuyg‘ulariga yo‘g‘irib 
tasvirlash Abdulla Oripov she’riyatining yana bir o‘ziga xos, takrorlanmas qirralaridan 
hisoblanadi. U shu qadar ajoyib, betakror manzaralar yaratadiki, usta rassomlardan 
ham o‘tkazib yuboradi. Aslida she’riyat- bu, rangin olamning inson tuyg‘ulariga, inson 
kechinmalariga yo‘g‘rilgan tasviridir. Ma’lumki, hamma voqea-hodisalar zamon va 
makonda sodir bo‘ladi. Hattoki, inson qalbida kechgan eng mayda tuyg‘ular ham. 
Kimningdir ko‘ksiga engashgancha gul 
Marmar sag‘anadan o‘qib turar bayt 
Mazkur misralarda bir tomonda mangu yo‘qlikka ketgan insonning mangu makoni, 
ikkinchi tomonda esa uning ko‘ksiga engashib, tiriklik qo‘shig‘ini kuylab turgan gul 
tasviri chizilgan. 
Yo‘q, shoirlar aldaydi bizni, 
Bahor faqat uch oydir xolos. 
Shoirning bu haqqoniy misralaridan she’rxon qalbida mangu bahorlar boshlansa ajab 
emas. 
Adabiyotimizda Abdulla Oripovning “Mitti yulduz”i porlaguncha muhabbat 
mavzusi eski ohanglarda, siyqa obrazu tashbehlarda kuylanar edi. Birovlar yorning 
qoshu ko‘zini maqtab ovora bo‘lsalar, ba’zilar bevafo yorga ta’na toshlarini otib 
charchamas edilar. 


90 
Abdulla Oripov she’riyatidagi oshiq obrazi esa armonli muhabbatga duchor 
bo‘lib, bir umr “hayot barcha ne’matlarini ayamasa-da, muhabbat taqdiridan 
maqtanolmay” o‘tishga mahkumdir. Lekin u munisa qizga hech qachon ta’na toshlarini 
otmaydi, bevafolikda ayblamaydi, balki – 
Nega bir tosh bo‘lmagansan, seni avaylab, 
Til ostimga solib yursam jonimga joylab 
deya armon qiladi. 
Jo‘nar bo‘ldim men bundan diltang, 
Yo‘llarimga qarab qolding sen. 
Sochginangni tarab qolding sen. 
O, bilaman, badjahl otang 
Ostonangga yo‘latmas seni. 
Shoirga “uzalgan qo‘llari” bilaguzuk bilan bog‘langan qizning munis va ma’yus 
surati ko‘z o‘ngimizda muhrlanib qoladi. “Bilaguzuk bilan bog‘langan” qo‘llar 
tasvirida ham, shoirning “Bilaguzuk banding uzilsin, yor qo‘lini qisgandan ko‘ra!” – 
deya qilgan nidosida ham qandaydir yorug‘lik, qandaydir tozalik, qandaydir ajib 
shoironalik bor. 
Abdulla Oripovning “Yillar armoni” deb nomlangan navbatdagi kitobiga 
kiritilgan yangi she’rlarining ko‘pchiligida inson qalbining ashaddiy kushandalari 
bo‘lgan hasadgo‘ylar, g‘iybatchilar, fitna-fasodchilar, yaxshilik va yomonlik, ezgulik 
va razolat haqidagi qarashlari yanada keskin ruh bilan ifodalanadi. Abdulla Oripov bir 
she’rida shunday yozadi: 
Sizdan nima ketdi, ey do‘sti aziz, 
Sog‘inmang menga ham bir zum yomonlik. 


91 
Mendan nima ketdi, Sizga ham cheksiz 
Saodat tilayin, tilay omonlik 
Chindan ham, koshki edi, shoir aytgandek, odamzot hech qachon bir-biriga 
yomonlik sog‘inmasa, qani endi, hamma hamisha bir-biriga saodat va omonlik 
tilayversa. Shoirning bu ezgu orzulari sizning qalbingizga ham “mendan nima ketdi, 
yaxshilik qilsam qabilidagi mardona tuyg‘ularni uyg‘otadi. 
Abdulla Oripovning har bir she’rining o‘z ohangi bor, uni sira ham boshqa 
ohangda aytib bo‘lmaydi. Shoirning bundan yigirma bir yil muqaddam (1963) yozgan 
“Sen bahorni sog‘inmadingmi?” deb nomlangan she’r sarlavhasining o‘ziyoq 
allaqanday musiqiy sadolarni yodimizga soladi. U sadolar ham shunday sadolarki, 
bahorning nimpushti g‘unchalari, chuchmomalar gulbarglarining qatlari ochilishidan 
paydo bo‘lgan, faqat qalb qulog‘i tinglashi mumkin bo‘lgan sadolardir: 
Uzoqlardan zalvorli tog‘lar 
Xayolimni keldilar bosib. 
O‘tdi qancha intizor chog‘lar 
Vasling menga bo‘lmadi nasib. 
Sensiz men ham, bahor ham g‘arib, 
Sen bahorni sog‘inmadingmi? 
Abdulla Oripov dono xalqimiz yaratgan maqol va matallardan, iboralardan juda 
oqilona va san’atkorlik bilan foydalanadiki, natijada shoir tilga olgan maqollar qayta 
boshdan she’riy umrini boshlaydi. Ayniqsa, shoir o‘z to‘rtliklarida xalq maqollaridan 
samarali foydalangan. Uning “Men anglab yetgan falsafa”, “Tingla, bu abadiy sado 
bo‘ladi”,, “Deydilar, it hurar o‘tadi karvon”, “Bulbul o‘gay erur zog‘lar orasida kabi 
to‘rtliklarida xalq maqollaridan zargarona foydalanilgan”. Shoir bu maqollarni 
shunchaki o‘z fikrini isbotlash uchungina keltirmay, balki bu maqollarni yangi qirralar 
bilan, o‘zgacha jilolar bilan boyitgani uning novatorligidir. 


92 
Bozorga o‘xshaydi asli bu dunyo, 
Bozorga o‘xshaydi bunda ham ma’ni. 
Ikkisi ichra ham ko‘rmadim aslo 
Molim yomon degan biror kimsani 
Shoir bu to‘rtligiga “Men anglab yetgan falsafa” deb sarlavha qo‘yibdi. Ha, shoir 
anglab yetgan falsafa bu tiriklik bozorining mangu haqiqat bo‘lgan falsafasidir. 
Abdulla Oripov she’riyati, xalq va adabiyotshunoslik bir ovozdan e’tirof 
etganidek, o‘zbek poeziyasida muhim o‘ringa, katta salmoqqa ega bo‘lgan 
she’riyatdir.Uning she’riyatidagi xalq qalbiga yaqinlik, xalq dilidagi quvonch va 
shodlik, armon va dardlarni topib so‘ylash, insonning rangin tuyg‘ularini rassomona 
ko‘z bilan ilg‘ab, musiqiy misralarda ifodalash, uning she’riyatidagi badiiy haqqoniyat 
uyg‘unligi – shoir she’rlarining takrorlanmas, o‘ziga xos xususiyatlaridandir. 
Abdulla Oripovdek shoirning qalbi ona zamin yanglig‘ saxovatlidir. Zamin 
bag‘rida turfa xil gullar ochiladi, tikanlar o‘sadi. Shu kabi shoirning qalbi ham o‘z 
tuyg‘ularidan turfa xil gullar – she’riyat gullarini armug‘on etadi. 
Chindan ham Abdulla Oripovning she’rlari mohiyat e’tibori bilan voqe bo‘lgan 
she’rlardir. Biz uchun, “shoir bir yurt” bo‘lgan O‘zbekiston uchun shoir ham, uning 
she’rlari ham hamisha aziz va ardoqlidir. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish