Loyihalash jarayonining tarkibiy qismlari.
Loyihalash vaqtida
rivojlanuvchi
jarayon
sifatida
davrlarga,
bosqichlarga,
loyihaviy
protseduralarga va operatsiyalarga ajraladi.
Murakkab tizimlarni loyihalashda loyihalash oldi tadqiqotlari, texnikaviy
topshiriq va texnikaviy takliflar, eskiz, texnikaviy, ishchi loyihalash, sinash va
tadbiq qilish davrlari ajratiladi.
Loyihalash oldi tadqiqotlari, texnikaviy topshiriq va texnikaviy takliflar
davrlarida
jamiyatning yangi buyumlari olishga ehtiyojini, sanoatning ushbu
va qo‘shni sohalaridagi ilmiy-texnikaviy yutuqlarni, mavjud resurslarni
o‘rganish asosida texnikaviy ob’yektning vazifasi va uni qurishning asosiy
printsiplari aniqlanadi va uni loyihalash uchun texnikaviy topshiriq (TT)
shakllantiriladi. Bu davrlar
ilmiy-tadqiqot ishi
(ITI)
davri
deb ham ataladi.
Eskiz loyihasi davrida
(boshqachasiga tajriba-konstruktorlik ishi (TKI)
davrida) bo‘lajak ob’yekt funktsiya qila olishini belgilaydigan asosiy
printsiplar va qoidalarning to‘g‘riligi va amalga oshirila olishi tekshiriladi.
Texnikaviy loyiha davrida
loyihaning hamma qismlari har tomonlama
ishlab chiqiladi, texnikaviy yechimlar konkretlashtiriladi va detallashtiriladi.
Ishchi loyiha davrida buyumni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan hamma
hujjatlar tayyorlanadi (shakllantiriladi). So‘ngra tajriba qilish uchun
mo‘ljallangan namuna yoki bir nechta namunalar tayyorlanadi va sinaladi.
Sinov natijalari bo‘yicha loyihaviy hujjatlarga zarur bo‘lgan tuzatishlar
kiritiladi va faqat shundan keyin tanlangan korxonada ishlab chiqarishga
tadbiq qilish boshlanadi.
Loyihalash bosqichi – bitta yoki bir nechta ierarxik darajalar va
aspektlarga taalluqli ob’yektning talab qilingan hamma bayonlarini
shakllantirishni o‘z ichiga olgan loyihalash jarayonining bir qismidir.
Ko‘pincha bosqich nomi mos ierarxik darajalar va aspektlar nomi bilan bir xil
bo‘ladi. Masalan, texnologik jarayonlarni loyihalashni texnologik jarayonning
printsipial sxemalarini ishlab chiqish, marshrut texnologiyasini va operatsion
texnologiyani ishlab chiqish va dasturiy-boshqariladigan texnologik jihoz
uchun mashinali olib yuruvchilarda boshqaruvchi informatsiyani olish
bosqichlariga bo‘lishadi. Katta integral sxema (KIS)larni loyihalashda
komponentlarni loyihalash, sxematexnik, funktsional-mantiqiy va topologik
loyihalash bosqichlarni ajratishadi. Birinchi uchta bosqich o‘xshash nomga
ega bo‘lgan funktsional aspektli uch ierarxik darajali masalalarni yechish
bilan bog‘liq. Topologik loyihalash bosqichi KISni loyihalashdagi
konstruktorlik aspektidagi hamma ierarxik darajalarga taalluqli bo‘lgan
masalalarni o‘z ichiga oladi.
Loyihalash bosqichining tarkibiy qismlarini loyihaviy protseduralar deb
atashadi. Loyihaviy protsedura – bosqichning bir qismi bo‘lib, uning
bajarilishi loyihaviy yechimni olish bilan tugaydi. Har bir loyihaviy
protseduraga ushbu protsedura doirasida yechiladigan loyihalashning
qandaydir masalasi mos keladi. Loyihaviy protsedura tarkibiga kiruvchi
loyihalash jarayonining maydaroq tarkibiy qismi loyihaviy operatsiyalar deb
ataladi.
Shunday qilib, daraja va aspekt tushunchalari loyihalanayotgan
ob’yekt haqida tushunchalarni strukturalashga, bosqich tushunchasi esa –
loyihalash jarayonini strukturalashga taalluqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |