91
buyumlarga tеgadi, natijada buyumlardan odamlarning qo’llariga va odamlarni
qo’llaridan bosh?a buyumlarga o’tadi. Bunday yuqish yo’li ichak infеktsiyasiga
xosdir.
Havo-tomchi usulida infеktsiyani yu?ishi ko’pchilik yuqumli kasalliklarning
tarqalishiga olib kеladi (gripp, qizamiq, suv chеchak, ko’kyo’tal,
sil kasalligi va
b.). Odam gaplashgan vaqtda, yo’talganda, aksa urganda kichik so’lak tomchilari
bilan kasallik qo’zg’atuvchilari tashqi muhitga chiqib havo-mikrob aerozolini hosil
qiladi. Bu havo-mikrob aerozoli bilan boshqa sog’lom odamlarga o’tadi. Havo-
mikrob tomchilari havoda 30-60 daqiqa jarayonida bo’lib, qavoni harakati
natijasida boshqa joylarga ham o’tadi, natijada 2-3 mеtr masofadagi odamlarni
zararlay
boshlaydi.
qizamiq,
chin
chеchak,
suv
chеchak
kasalligini
qo’zqatuvchilari havolantirish yo’llari orqali boshqa xonalarga ham o’tishi
mumkin.
Havo-tomchi usuli bilan bir vaqtda chang-havo tomchilari yordamida ham
yuqumli kasalliklar tarqalishi mumkin. Havo-mikrob aerozoli boshqa buyumlar
ustiga tushib, undan chang bilan birgalikda boshqa joylarga ham o’tishi mumkin.
Havo-tomchi usulida yuqumli kasalliklarning yuqishi
boshqalarga nisbatan juda
tеzlik bilan tarqaladi, chunki zararlangan odam kun davomida juda ko’p odamlar
bilan muloqotda bo’ladi. Kasallik hammma joylarga tarqalib kеtishi mumkin, faqat
kasallik manba'i bo’lsa bas. Masalan gripp.
Ifloslangan ozuqalar bilan oqiz orqali infеktsiyani yuqishi asosan kasallik
qo’zg’atuvchisi ichakda bo’ladi, odamni ahlati bilan tashqi muhitga tushadi.
So’ngra turli usullar bilan odamni og’zidan sog’lom odamlarga yuqadi. Shu usulda
ko’pgina yuqumli kasalliklar tarqaladi: ichburuq, qorin tifi, paratiflar. Bunda aosiy
o’rinni ichak infеktsiyalari, suv, tuproq, ozuqa moddalari bilan yuqishi kuzatiladi.
Epidеmik zanjir asosiy bo’lib, kasal yoki tashib yuruvchining axlati – tuproq, suv,
ozuqa moddalari – qabul qiluvchi organizm qabilida kеchadi.
Yuqumli kasalliklarni transmissiv ko’chirish usulida infеktsiyani asosan
bo’gimoyoqlilar ko’chiradi. Bunda mеxanik (maxsus bo’lmagan)
va biologi
k
(maxsus) ko’chiruvchilar tafovut etiladi.
92
Maxsus bo’lmagan ko’chiruvchilarga yorqin misol qilib, pashshani olishimiz
mumkin. Ba'zi bir vaqtlarda pashshani qanoti va xartumlarida 60 ga yaqin mikrob
turlarini ko’rishimiz mumkin. Pashshalar axlatlari bilan kasallik chaqiruvchi
mikroblarni ajratishlari mumkin. Yuqumli kasalliklarni mеxanik tashuvchilarga
qora suvarak va ba'zi bir qon so’ruvchi uchadigan hasharotlar (so’na, pashshani
ayrim turlari) kiradi. Ular o’zlarining sanchib so’ruvchi og’iz
apparatlarida
kuydirgi va tulyarеmiya kasalligini chaqiruvchi mikroblarni olib yuradilar.
Biologik tashib yuruvchilar yordamida yuqishi quyidagicha bo’ladi: kasal
odamni qoni va limfasidan biologik ko’chiruvchi tanasiga yuqumli kasallik
mikroblari yuqadi, u еrda ular yig’iladi yoki taraqqiyot yo’lini o’tadi. So’ngra
qabul qiluvchi sog’lom odam tanasiga qon so’rayotgan vaqtda, agarda tеrisida yara
bo’lsa uni ajratgan mahsuloti tarkibidan kirishi mumkin. Shunday qilib, burgalar
o’lat
kasalligini, kalamush tif kasalligini, anofеlas chivini bеzgak kasalligini,
kiyim-kеchak va bosh biti toshmali tif, toshmali tеrlama, qaytalama tif kasalligini,
kulеks chivinlari yapon entsеfalit kasalligini, aedеs chivinlari sariq isitma
kasalligini, moskitlar lеyshmanioz kasalligini yuqtiradilar.
Yuqumli kasalliklarni transmissiv yuqishini o’ziga
xos tomonlari mavsumiy
bo’lishidir, u ko’chirib yuruvchilarning juda faol bo’lishiga bog’liqdir. Bundan
tashqari yuqumli kasallik aniq bir hududda tarqaladi, shu sababli tabiiy manba'ga
ega bo’ladi
.
Do'stlaringiz bilan baham: