6-Mavzu. Bilish jarayonlari va kasb tanlash masalari (4 soat) Reja : Bilish jarayonlari va kasb tanlash masalalari



Download 316,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana05.04.2022
Hajmi316,58 Kb.
#529673
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6(1)



6-Mavzu. Bilish jarayonlari va kasb tanlash masalari 
 
(4 soat) 
Reja : 
1.
 
Bilish jarayonlari va kasb tanlash masalalari 
2.
 
Idrok xususiyatlari. Appertseptsiya. 
3.
 
Xotira turlari. Xotira jarayonlari. 
4.
 
Kasbni egallashda tafakkur o’rni. Kasb turlarida tafakkurni namoyon 
bo’lishi. 
 
Tayanch iboralar: 
Diqqat, sezgi, idrok, tasavvur, xotira, appertseptsiya
Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi 
Diqqat kishi faoliyatning barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o’quv faoliyati 
samaradorligining muhim va zarur shartidir. Bilish jarayonlari kechishining eng 
muhim xususiyati uning tanlanganligi, yo’naltirilgan- ligidan iboratdir. Tevarak-
atrofdagi ko’plab ta‘sirlar orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir 
faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o’ylaydi. Ongning bu xossasi diqqat kabi 
xususiyat bilan o’zaro bog’liq. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy 
faoliyatida bilish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Biz quyida bilish 
jarayonlariga va uning ichki ishlar idoralari faoliyatidagi o’rniga to’xtalamiz. 
Diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining 
oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo’naltiri- lganligi va bir narsaga 
qaratilganligidir. 
E‘tiborni ma‘lum obektga qaratish uchun irodaviy kuch-g’ayrat sarflash 
zarurati yuzaga kelganda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo’lganida, bilishga oid 
qiziqish susayganida va shuningdek, to’siqlar mavjud bo’lgan kezlarda diqqat 
aniq-ravshan namoyon bo’ladi. 
Hosil bo’lish xususiyati va amal qilish usullariga ko’ra diqqatning uchta 
asosiy turi mavjud: 

Ixtiyorsiz diqqat; 

ixtiyoriy diqqat; 
ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat 
Ixtiyorsiz diqqat 
kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil
 
bo’ladi va qo’llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo’lishi jismoniy, 
psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga mos 
keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega bo’lgan qo’zg’atuvchilar ixtiyorsiz 
diqqatni qo’zg’aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya 
kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo’lsa, diqqatning 
uzoq vaqt mobaynida to’planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat 
shaxsning umumiy yo’nalganligiga ham bog’liqdir. 
Ixtiyoriy diqqat
ongli 
ravishda boshqariladigan va 
tartibga
solinadigan 


diqqat-e‘tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo’ladi. Ixtiyoriy 
diqqat, agar kishi o’z oldiga ma‘lum bir vazifa qo’ygan va harakat dasturini ongli 
tarzda ishlab chiqqan bo’lsa, yuz beradi. 
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat 
maqsadga yo’naltirilgan faoliyatda shaxs
 
uchun 
diqqatning ixtiyoriy to’planganligidagi kabi, faqat uning mazmuni va jarayonining 
qiziqarli hamda ahamiyatli bo’lishi natijasida qiziqib, kirishib ketish xususiyatida 
namoyon bo’ladi. Diqqatning jamlanishi, jalb qilinishi ixtiyoriy 
diqqatdan keyingi diqqatda unumli va sermahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatdan 
keyingi diqqat sharoitiga o’tish uchun ish jarayonini faollashtirish talab etiladi. Ish 
jarayonini xotira qonuniyatlarini yaxshi bilgan holda, uning yordamidan 
foydalanib amalga oshirish talab etiladi. Bular mantiqan tushunish va qiziqish 
uyg’otish qonuniyatlari hisoblanadi
2


Download 316,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish