qarash keng tarqalgan.
Hayot paydo bo’lishi muammosi fan va texnikaning rivojlanishiga qarab turli davrlarda
turlicha hal etilgan. Shunga ko’ra, qadimgi zamonda va o’rta asrlarda baliqlar va baqalar
daryo balchig’idan, qurtlar buzilgan go’shtdan, kapalak qurtlari, qo’ng’izlar tuproqdan
paydo bo’ladi, degan fikrni quvvatladilar. XVI asrda yashagan biolog vrach Van
Gelmont
sichqonlar dondan, vrach Paratsels baliqlar va sichqonlar sasigan suvdan paydo
bo’ladi, degan fikrni targ’ib qildilar. Paratsels hatto kichkina tirik odam — gomenkulisni
laboratoriyada tayyorlash retseptini ham tuzgan.
XVII asrda yashagan Italiya olimi Franchesko Redi hayotning o’z-o’zidan paydo
bo’lishi to’g’risidagi bunday tasavvurlar noto’g’riligini birinchi bo’lib tajribada isbotladi. U
o’z tajribalarida shisha idishlarga bir parchadan go’sht solib, ba’zi idishlarning ustini doka
bilan yopib, ba’zilarini ochiq holda qoldirdi. Ochiq holdagi idishlardagi go’shtlarga pashsha
qo’ngani uchun tez orada ularda qurt paydo bo’ldi va rivojlandi. Yopiq
shisha idishlardagi
go’sht sasib chirisa ham, ularda hech qanday qurt rivojlanmadi. Redi o’z tajribalariga
asoslanib, hasharotlar chiriyotgan go’shtdan emas, balki urg’ochi pashshalar qo’ygan
tuxumdan rivojlanishini ta’kidladi.
Mikroskop kashf etilishi va qo’llanilishi
tufayli XVIII asrga kelib, mikroorganizmlar
olami ma’lum bo’la boshladi. Natijada hayot o’z-o’zidan paydo bo’lishi to’g’risidagi fikrni
ba’zi olimlar eksperimental yo’l bilan isbot qilmoqchi bo’ldilar. Jumladan, angliyalik Nidgem
1745 yili pichan ivitilgan suvda o’z-o’zidan mayda infuzoriyalar paydo bo’lishini tajribada
isbotlashga urinib ko’rdi. Hayotning o’z-o’zidan paydo bo’lish g’oyasi Fransiya olimi Byuffon
tomonidan ham quvvatlandi.
Fransi ya mikrobiologi Lui Paster tajribalar o’tkazib, yirik organizmlargina
emas, hatto eng mayda organizmlar ham o’lik tabiatdan o’z-o’zidan bo’lmasligini isbotlab
berdi. Paster tajribasining yakunlari e’lon qilingandan so’ng Yerdagi hayot mangu deb
da’vo qiluvchi farazlar maydonga keldi. Mazkur farazga Yerdagi hayot paydo bo’lmagan u
abadiydir. Bu faraz tarafdorlarga paleontologik dalillarni to’lig’icha inkor qiladilar. Ular bo’r
davrida yashagan latimeriya balig’ini hozirgi davrda ham yashayotganligi rukoch qilib tabiatda
o’simlik va hayvon turlari yangidan paydo bo’lmaydi, ular o’zgarmas, degan g’oyani
ilgari
surib uning asosida hayotning abadiyligini isbotlashga urinadilar. Yerdagi hayot boshqa
sayyoralardan kelganligi to’g’risida va panspermiya farazlarini Kosmozoylar farazini
birinchi marta 1865 yili nemis vrachi Rixter ilgari surdi. Keyinchalik mazkur farazni
olimlardan Tomson va Gelmgols quvvatladilar. Kosmozoylar farazga ko’ra, koinotda hayot
mangu bo’lib, uning zarrachalari bir sayyoradan ikkinchi sayyoraga ko’chib yuradi. Bu
zarrachalarning ko’chib yurishida meteoritlar asosiy o’rin egalaydi. Mikroskopik
ko’rinishdagi bu hayot zarrachalari meteoritlarga yopishib, ular orqali Yerga tushgan va
hayotning rivojlanishiga sababchi bo’lgan.
Panspermiya farazi 1907 yili shved olimi Arrenius tomonidan ilgari surildi.
Bu farazi
xuddi kosmozoylar farazi singari hayotning manguligini e’tirof etgan. Bu ikki faraz
mazmunan bir xil bo’lib, asosiy farqi hayot zarrachalari yerga turli yo’llar bilan yetib
kelganligi haqida, xolos. Arrenius mulohazasicha hayot kurtaklari meteoritlar ishtirokida
tarqalmaydi, chunki meteoritlar atmosferaga ishqalanishi natijasida juda qizib ketadi. Oqibatda
hayot kurtaklari nobud bo’ladi. Shunga ko’ra, panspermiya faraziga muvofiq, hayot kurtaklari
quyoshdan ajralgan yorug’lik nurlarining bosimi ta’sirida Yerga tarqalgan deyilgan.
Oparin faraziga muvofiq, Yerda hayot paydo bo’lishi bir necha bosqichga bo’linadi.
Birinchi bosqich haqiqatan ham Yerning tarixiy rivojlanishida ro’y berganligini
radioastronomiya yutuqlari asosida bilvosita isbotlash mumkin. Keyingi yillarda olingan
ma’lumotlarga ko’ra, yulduzlar olamida uglerodning
xilma-xil birikmalari, ayniqsa,
formaldegid, sian va uning mahsulotlari ko’plab uchraydi. Bu ma’lumotlarning o’zi organik
moddalar abiogen yo’l bilan vujudga kelishi mumkinligini va bu jarayon faqat hayot paydo
bo’lguncha emas, hatto Yer va boshqa sayyoralar shakllanguncha ham ro’y berganligini
isbotlaydi. Shu nuqtai nazardan olganda, Oy, kometa, ayniqsa, meteoritlarni o’rganish
diqqatga sazovordir. Ularda uchraydigan uglerod birikmalarini tadqiq etish, qadimgi davrlarda
kimyoviy evolyutsiya qanday yo’nalishda borganligini aniqlashga yordam berdi. Kosmik
kemalar va stansiyalar yordamida Yerga olib kelinish Oydagi jismlar namunasini
o’rganish, ularda oz miqdorda organik moddalar borligidan dalolat berdi. Organik
moddalar, ayniqsa, ko’mirsimon xondritlar nomini olgan meteoritlar
xilma-xil organik
birikmalarga, jumladan, aminokislotalarga va hayot uchun zarur bo’lgan boshqa moddalarga
boy. 1968—1969 yillarda radiospektroskopiya yordamida yulduzlar orasida organik
moddalardan formaldegid va ammiak borligi aniqlandi. Umuman olganda hozirgi vaqtda
Galaktikada ammiak, suv, formaldegid mavjudligi uzil-kesil hal etilgan. Axir Қuyosh
sathidagi temperatura 6000° ekanligi va koinotda hayot uchun xavfli ultrabinafsha, rentgen
nurlar, elektr zaryadlari ko’pligi e’tiborga olinsa, qayd qilingan
organik moddalar abiogen
yo’l bilan vujudga kelganligiga shubha qilmasa ham bo’ladi Organik moddalarning abiogen
usulda paydo bo’lishi faqat nazariy jihatdan emas, balki amalda ham isbotlandi. Masalan,
amerikalik olim Miller dastlabki Yer atmosferasida ko’proq uchragan deb taxmin qilingan
ammiak, metan, vodorod va suv bug’ini shisha kolba ichiga joylashtirib, undagi
temperaturani 80˚ ga yetkazib, apparatning kengroq qismi devorlariga kavsharlangan
elektrodlar orqali
elektr zaryadlari berilsa, kolbadagi suyuqlikning rangi o’zgarib,
aminokislotalar va boshqa organik moddalar xosil bo’lganligini aniqlagan.
Olimlardan Pavlovskaya va Pasinskiylar yuqoridagi gazlar aralashmasidagi
vodorod o’rniga uglerod oksidni qo’shdilar va ularga ultrabinafsha nurlar ta’sir ettirib,
aminokislotalar olishga muvaffaq bo’ldilar. Eybelson metan, ammiak, vodorod, suv bug’i,
uglerod oksidi, karbonat angidrid, azotdan iborat gazlar aralashmasidan aminokislotalar hosil
bo’lishini isbotladi. Doze va Rayevskiy bunday dastlabki gazlar aralashmasiga rentgen
nurlari ta’sir ettirish orqali har xil aminokislotalar olish mumkinligini ko’rsatdilar.
Yer planetasi tarkibida qadimgi zamonda uglerodlarning metallar bilan birikishidan
hosil bo’lgan karbidlar ko’plab uchraydi. Aftidan, Yerning markaziy o’zagi temir, nikel va
kobaltning uglerod bilan qo’shilishidan hosil bo’lgan karbidlardan iborat bo’lsa kerak.
Ehtimol, bunday karbidlar Yerning rivojlanishi tarixining ma’lum davrlarida yuza
joylashgandir. D. I. Mendeleev karbidlar suv bilan birikishi natijasida uglevodorodlar hosil
bo’lishini ko’rsatib o’tgan edi.
Shunday qilib, hayot paydo bo’lishidagi
Do'stlaringiz bilan baham: