Hayot paydo bo`lishi haqidagi asosiy nazariyalar va go`yalar
Reja:
1)
Hayot paydo bo`lishidagi shart-sharoitlar va boshqichlar.
2)
Kimyoviy evolyutsiya.
3)
Moddalar almshinuvidagi biologik bosqich.
4)
Kooservant nazariyasi.
Hayotning paydo bo’lishi to’g’risida har xil farazlar ilgari surilgan.
Ularning eng
muhimlari bo’lib:
1.
Kreotsionizm- hayot ilohiy kuchlar ishtirokida paydo bo’lganligi;
2.
Hayotning birdaniga o’lik tabiatdagi paydo bo’lganligi;
3.
Yerdagi hayot o’zga sayyoralardan kelganligi;
4.
Hayot kimyoviy, fizikaviy omillar ta’sirida rivojlanganligi (biokimyoviy faraz)
haqidagi farazlar hisoblanadi.
Hayot va uning paydo bo’lishi eng dolzarb, shu bilan birga eng qiyin
muammolardan biridir. Bu muammolarni ijobiy hal qilish uchun, avvalo, hayot o’zi
nima? degan masalani hal etishi zarur.
F.Engels birinchi marta hayot muammosiga ilmiy tomondan yondashgan. U XIX asrning
ikkinchi yarmida tabiiyot fanlarida to’plangan yutuqlarni e’tiborga olib, o’zining
«Tabiat dialektikasi» hamda «Anti-Dyuring» degan asarlarida hayotning mohiyati va
paydo bo’lishi haqida ajoyib fikrlarni bayon etgan.
Engelsning qayd qilishicha, hayot
tirik materiya harakatining alohida formasidir. Tirik materiyaning sifat jihatdan o’ziga
xosligi shundan iboratki, u oqsillardan tuzilgan bo’lib, atrofni o’rab olgan tabiat bilan
moddalar almashinuvi orqali doim munosabatda bo’lib turadi. Қayd qilinganlarni e’tiborga
olib, «Tabiat dialektikasi» asarida Engels hayotga quyidagicha ta’rif bergan: «Hayot
— oqsil jismlarning yashash usulidir, ularni qurshagan tashqi tabiat bilan bo’ladigan
to’xtovsiz moddalar almashinuvi bu usulning muhim momentidir, zero mazkur
almashinuv to’xtashi bilan hayot ham to’xtaydi, bu esa oqsilning buzilishiga olib keladi».
Hayotga berilgan ikkinchi ta’rifda tirik tabiatning o’zini-o’zi yangilash jarayoniga
e’tibor berilgan. «Hayot — oqsil jismlarning yashash usulidir. Bu yashash usuli esa o’z
mohiyati bilan mazkur jismlarning ximiyaviy tarkibiy qismlarining doimo o’zini-o’zi
yangilab turishidan iborat». Engels hayotga bergan ta’rifning uch tomonini ta’kidlab o’tish
kerak. Bular,
birinchidan, o’lik tabiatdan farq qilib, hayot oqsil jismlar bilan uzviy
bog’liq; ikkinchidan, hayot doimiy sodir bo’ladigan moddalar almashinuvi jarayoni,
o’zini-o’zi yangilash jarayoni bilan va nihoyat, uchinchidan,
hayot oqsil jismlar tashqi
muhit bilan doimo aloqada, bog’liq ekanligidadir. Aks xolda moddalar almashinuvi
to’xtab, oqsillar parchalanishi yuz beradi. Bu ta’rif XIX asrning ikkinchi yarmida
berilgan edi. Bu davr ichida biologiya fani yanada rivojlandi. Oqibatda hayot muammosi
turli sohada ishlayotgan olimlar diqqat-e’tiborini tobora o’ziga torta boshladi. Hayot va
uning paydo bo’lishi to’g’risida fizik Dj. Bernal, bioximik G. Steynman, ximik M. Kalvin,
geolog M. Rutten hamda organik ximiya sohasida ishlayotgan M. Foks va K. Dozelarning
asarlari bosilib chiqqanligi va bu masalaga bag’ishlab 1957
yili Moskvada, 1963 yili
Uakulla — Springs (Florida shtati) da va 1973 yili Ponta-Musson (Fransiya) da xalqaro
kongresslar chaqirilganligi yuqoridagi fikrni yana bir bor tasdiqlaydi. Fan sohasida olingan
keyingi ma’lumotlarga ko’ra, chunonchi, hujayrada oqsil o’z-o’zidan paydo bo’lmasligi,
aksincha, uning sintezlanishi DNK molekulasidagi nukleotidlar soniga va ular qay tartibda
joylashganligiga bog’liq ekanligi ma’lum bo’ldi.
Organizmlarni anabioz holatda o’rganish, shuningdek, noqulay sharoitda (quritilgan
organizmlarni —80°, —190°, —253°, —269˚ da saqlash va qulay sharoitda xatti-harakatini
kuzatish) organizm, organ, hujayralarda hayotiy jarayonlar vaqtincha to’xtaganda ham
tirik organizmlar o’zining spetsifik xususiyatlarini saqlab qolishi va namoyon etishi
mumkinligini ko’rsatdi. Fan sohasida olingan bunday ma’lumotlar
zaminida Engelsning
hayotga bergan ta’rifi munozaraga sababchi bo’lmoqda. Bir qator biologlar Engelsning
hayotga bergan ta’rifi yangi fan dalillari zaminida ham o’z kuchini saqlab qoladi, ammo
bunda «oqsil jismlar» degan iborani hozirgi zamon mazmunida tushunish lozim, deb
uqtiradilar. Ikkinchi guruh olimlar, xususan, matematiklar, bioximiklar, genetiklar Engelsning
hayot haqidagi fikrlari hozirgi fan yutuqlariga mos kelmaydi, shunga ko’ra, hayotga tamomila
yangicha ta’rif berish kerak, degan fikrni ilgari surdilar. Masalan, Kolmogorov mulohazasiga
ko’ra, hayotga ta’rif berganda barcha individlar uchun xos bo’lgan axborotni to’plash va qayta
ishlash mexanizmi asos qilib olinishi kerak. Amerika olimi Kalvinning hayotning spetsifik
xossasi to’g’risidagi fikri ham mazmun jihatdan shunga yaqin keladi. Uning mulohazasiga
ko’ra, tirik organizm: 1) energiya tashish va o’zgartirish; 2) axborotni
YIG
’
ISH
va
tashish
xossasiga ega molekulyar agregatdan iborat.
Genetik olim Dubinin «Yerdagi hayot ko’rinishini tarix axboroti va o’zini-o’zi
vujudga keltirishga ega ochiq sistemadagi DNK, RNK va oqsilning o’zaro ta’siri deb
xarakterlasa bo’ladi», degan edi. Yana bir guruh olimlar Engelsning hayotga bergan ta’rifi
umuman to’g’ri, lekin unga zamon taqozosi bilan ba’zi bir o’zgartirishlar kiritish kerak, deb
uqtiradilar. Masalan, Kedrov fikricha, hayot ta’rifida materiya yashashi usulining
spetsifik xossalarigina emas, balki shu bilan birgalikda, harakat formasining spetsifik
xossalari ham e’tiborga olinishi kerak.
A. S. Mamzin tomonidan hayotga berilgan ta’rif Kedrov fikrlariga mazmunan yaqin.
Uning qayd qilishicha, «...dastlabki formadagi hayot tarkibida doimiy
elementlar sifatida
oqsil tipidagi birikmalar, nuklein kislotalar va fosfor-organik birikmalar saqlaydigan, atrof-
muhit bilan o’zaro ta’sir jarayonida moddalar, energiya va axborotning to’planishi hamda
o’zgarishi asosida, o’z-o’zidan boshqarilish va rivojlanish xossalariga ega bo’lgan ochiq
kolloid sistemalarning yashash formasidan iborat» deb ta’riflash mumkin. Hayotga berilgan
ta’riflarning hammasida uning ochiq sistema ekanligi eslatib o’tiladi. Ochiq sistema
tushunchasi biologiyaga fizikadan o’tgan. Tirik organizmlarga nisbatan ochiq sistema
deganda, har bir tirik mavjudot tashqaridan oziq shaklida energiya va materiya turini
o’zlashtirishi hamda hayot faoliyati tufayli vujudga kelgan tashlandiqlarni atrofdagi muhitga
chiqarib turishi, shundagina u normal hayot kechira olishi tushuniladi. Shuning uchun ham
ochiq sistema tushunchasi ba’zi bir olimlar tomonidan berilgan hayot ta’rifiga kiritilgan.
Masalan, Volkenshteyn hayotga shunday ta’rif bergan: «Yerda mavjud bo’lgan tirik jismlar
biopolimerlardan, ya’ni oqsillar bilan
nuklein kislotalardan tuzilgan, o’zini-o’zi
boshqaradigan va o’zini-o’zi ishlab chiqaradigan ochiq sistemalardir».
1829 yili nemis olimi F. Vyoler laboratoriya sharoitida kaliy sianid bilan ammoniy
sulfatni qizdirib, organik modda — mochevina olishga muvaffaq bo’ldi. Bu bilan
organizmdan tashqari holatda anorganik moddalardan organik moddalar hosil qilish
mumkinligini amalda isbotladi. Vyoler tajribasidan keyin 150 yil mobaynida turli
mamlakatlar olimlari organik moddalarning yanada murakkab tuzilishga ega bo’lgan
uglevodlar, aminokislotalar va oddiy oqsil birikmalarini sintez qildilar. Chunonchi, 1954 yilda
Kembrij universitetining xodimi F. Zinger o’z shogirdlari bilan birgalikda insulin
oqsilidagi aminokislotalarning joylashish tartibini aniqladi hamda uni sintez qildi.
1959 yili olimlardan Muru va Steynu ribonukleaza
oqsili strukturasini aniqlab, so’ng
uni sintez qilishga erishdi. Hozirgi vaqtda laboratori yalarda sintez qilib olinadigan
organik moddalarning umumiy soni yuz mingdan oshib ketdi.