Hayot paydo bo`lishi haqidagi asosiy nazariyalar va go`yalar Reja



Download 304,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana05.04.2022
Hajmi304,02 Kb.
#529363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-маруза матни

Hayot va uning paydo bo’lishi. 
Xayotning paydo bo’lishi to’g’risida turlicha farazlar bor. Ular:
1.
Hayot iloxiy kuch ishtirokida yaratilganligi haqdagi kreotsinizm. 
2.
Hayotni o’lik tabiatdan birdaniga paydo bo’lganligi haqida; 
3.
Hayotning abadiyligi to’g’risidagi; 
4.
Yerdagi hayotning o’zga sayyoralardan kelganligi haqida; 
5.
Hayotning bioximiyaviy evolyutsiya natijasi ekanligi to’g’risidagi nazariyalar
yahudiy, xristian va islom dinida Yerdagi hayot xudoning amri bilan paydo bo’lgan, degan 


qarash keng tarqalgan. 
Hayot paydo bo’lishi muammosi fan va texnikaning rivojlanishiga qarab turli davrlarda 
turlicha hal etilgan. Shunga ko’ra, qadimgi zamonda va o’rta asrlarda baliqlar va baqalar 
daryo balchig’idan, qurtlar buzilgan go’shtdan, kapalak qurtlari, qo’ng’izlar tuproqdan 
paydo bo’ladi, degan fikrni quvvatladilar. XVI asrda yashagan biolog vrach Van 
Gelmont sichqonlar dondan, vrach Paratsels baliqlar va sichqonlar sasigan suvdan paydo 
bo’ladi, degan fikrni targ’ib qildilar. Paratsels hatto kichkina tirik odam — gomenkulisni 
laboratoriyada tayyorlash retseptini ham tuzgan. 
XVII asrda yashagan Italiya olimi Franchesko Redi hayotning o’z-o’zidan paydo 
bo’lishi to’g’risidagi bunday tasavvurlar noto’g’riligini birinchi bo’lib tajribada isbotladi. U 
o’z tajribalarida shisha idishlarga bir parchadan go’sht solib, ba’zi idishlarning ustini doka 
bilan yopib, ba’zilarini ochiq holda qoldirdi. Ochiq holdagi idishlardagi go’shtlarga pashsha 
qo’ngani uchun tez orada ularda qurt paydo bo’ldi va rivojlandi. Yopiq
shisha idishlardagi 
go’sht sasib chirisa ham, ularda hech qanday qurt rivojlanmadi. Redi o’z tajribalariga 
asoslanib, hasharotlar chiriyotgan go’shtdan emas, balki urg’ochi pashshalar qo’ygan 
tuxumdan rivojlanishini ta’kidladi. 
Mikroskop kashf etilishi va qo’llanilishi tufayli XVIII asrga kelib, mikroorganizmlar 
olami ma’lum bo’la boshladi. Natijada hayot o’z-o’zidan paydo bo’lishi to’g’risidagi fikrni 
ba’zi olimlar eksperimental yo’l bilan isbot qilmoqchi bo’ldilar. Jumladan, angliyalik Nidgem 
1745 yili pichan ivitilgan suvda o’z-o’zidan mayda infuzoriyalar paydo bo’lishini tajribada 
isbotlashga urinib ko’rdi. Hayotning o’z-o’zidan paydo bo’lish g’oyasi Fransiya olimi Byuffon 
tomonidan ham quvvatlandi. 
Fransi ya mikrobiologi Lui Paster tajribalar o’tkazib, yirik organizmlargina 
emas, hatto eng mayda organizmlar ham o’lik tabiatdan o’z-o’zidan bo’lmasligini isbotlab 
berdi. Paster tajribasining yakunlari e’lon qilingandan so’ng Yerdagi hayot mangu deb 
da’vo qiluvchi farazlar maydonga keldi. Mazkur farazga Yerdagi hayot paydo bo’lmagan u 
abadiydir. Bu faraz tarafdorlarga paleontologik dalillarni to’lig’icha inkor qiladilar. Ular bo’r 
davrida yashagan latimeriya balig’ini hozirgi davrda ham yashayotganligi rukoch qilib tabiatda 
o’simlik va hayvon turlari yangidan paydo bo’lmaydi, ular o’zgarmas, degan g’oyani ilgari 
surib uning asosida hayotning abadiyligini isbotlashga urinadilar. Yerdagi hayot boshqa 
sayyoralardan kelganligi to’g’risida va panspermiya farazlarini Kosmozoylar farazini 
birinchi marta 1865 yili nemis vrachi Rixter ilgari surdi. Keyinchalik mazkur farazni 
olimlardan Tomson va Gelmgols quvvatladilar. Kosmozoylar farazga ko’ra, koinotda hayot 
mangu bo’lib, uning zarrachalari bir sayyoradan ikkinchi sayyoraga ko’chib yuradi. Bu 
zarrachalarning ko’chib yurishida meteoritlar asosiy o’rin egalaydi. Mikroskopik 
ko’rinishdagi bu hayot zarrachalari meteoritlarga yopishib, ular orqali Yerga tushgan va 
hayotning rivojlanishiga sababchi bo’lgan. 
Panspermiya farazi 1907 yili shved olimi Arrenius tomonidan ilgari surildi. Bu farazi 
xuddi kosmozoylar farazi singari hayotning manguligini e’tirof etgan. Bu ikki faraz 
mazmunan bir xil bo’lib, asosiy farqi hayot zarrachalari yerga turli yo’llar bilan yetib 
kelganligi haqida, xolos. Arrenius mulohazasicha hayot kurtaklari meteoritlar ishtirokida 
tarqalmaydi, chunki meteoritlar atmosferaga ishqalanishi natijasida juda qizib ketadi. Oqibatda 
hayot kurtaklari nobud bo’ladi. Shunga ko’ra, panspermiya faraziga muvofiq, hayot kurtaklari 
quyoshdan ajralgan yorug’lik nurlarining bosimi ta’sirida Yerga tarqalgan deyilgan.
Oparin faraziga muvofiq, Yerda hayot paydo bo’lishi bir necha bosqichga bo’linadi. 
Birinchi bosqich haqiqatan ham Yerning tarixiy rivojlanishida ro’y berganligini 
radioastronomiya yutuqlari asosida bilvosita isbotlash mumkin. Keyingi yillarda olingan 
ma’lumotlarga ko’ra, yulduzlar olamida uglerodning xilma-xil birikmalari, ayniqsa, 
formaldegid, sian va uning mahsulotlari ko’plab uchraydi. Bu ma’lumotlarning o’zi organik 
moddalar abiogen yo’l bilan vujudga kelishi mumkinligini va bu jarayon faqat hayot paydo 
bo’lguncha emas, hatto Yer va boshqa sayyoralar shakllanguncha ham ro’y berganligini 
isbotlaydi. Shu nuqtai nazardan olganda, Oy, kometa, ayniqsa, meteoritlarni o’rganish 


diqqatga sazovordir. Ularda uchraydigan uglerod birikmalarini tadqiq etish, qadimgi davrlarda 
kimyoviy evolyutsiya qanday yo’nalishda borganligini aniqlashga yordam berdi. Kosmik 
kemalar va stansiyalar yordamida Yerga olib kelinish Oydagi jismlar namunasini 
o’rganish, ularda oz miqdorda organik moddalar borligidan dalolat berdi. Organik 
moddalar, ayniqsa, ko’mirsimon xondritlar nomini olgan meteoritlar xilma-xil organik 
birikmalarga, jumladan, aminokislotalarga va hayot uchun zarur bo’lgan boshqa moddalarga 
boy. 1968—1969 yillarda radiospektroskopiya yordamida yulduzlar orasida organik 
moddalardan formaldegid va ammiak borligi aniqlandi. Umuman olganda hozirgi vaqtda 
Galaktikada ammiak, suv, formaldegid mavjudligi uzil-kesil hal etilgan. Axir Қuyosh 
sathidagi temperatura 6000° ekanligi va koinotda hayot uchun xavfli ultrabinafsha, rentgen 
nurlar, elektr zaryadlari ko’pligi e’tiborga olinsa, qayd qilingan organik moddalar abiogen 
yo’l bilan vujudga kelganligiga shubha qilmasa ham bo’ladi Organik moddalarning abiogen 
usulda paydo bo’lishi faqat nazariy jihatdan emas, balki amalda ham isbotlandi. Masalan, 
amerikalik olim Miller dastlabki Yer atmosferasida ko’proq uchragan deb taxmin qilingan 
ammiak, metan, vodorod va suv bug’ini shisha kolba ichiga joylashtirib, undagi 
temperaturani 80˚ ga yetkazib, apparatning kengroq qismi devorlariga kavsharlangan 
elektrodlar orqali elektr zaryadlari berilsa, kolbadagi suyuqlikning rangi o’zgarib, 
aminokislotalar va boshqa organik moddalar xosil bo’lganligini aniqlagan. 
Olimlardan Pavlovskaya va Pasinskiylar yuqoridagi gazlar aralashmasidagi 
vodorod o’rniga uglerod oksidni qo’shdilar va ularga ultrabinafsha nurlar ta’sir ettirib, 
aminokislotalar olishga muvaffaq bo’ldilar. Eybelson metan, ammiak, vodorod, suv bug’i, 
uglerod oksidi, karbonat angidrid, azotdan iborat gazlar aralashmasidan aminokislotalar hosil 
bo’lishini isbotladi. Doze va Rayevskiy bunday dastlabki gazlar aralashmasiga rentgen 
nurlari ta’sir ettirish orqali har xil aminokislotalar olish mumkinligini ko’rsatdilar. 
Yer planetasi tarkibida qadimgi zamonda uglerodlarning metallar bilan birikishidan 
hosil bo’lgan karbidlar ko’plab uchraydi. Aftidan, Yerning markaziy o’zagi temir, nikel va 
kobaltning uglerod bilan qo’shilishidan hosil bo’lgan karbidlardan iborat bo’lsa kerak. 
Ehtimol, bunday karbidlar Yerning rivojlanishi tarixining ma’lum davrlarida yuza 
joylashgandir. D. I. Mendeleev karbidlar suv bilan birikishi natijasida uglevodorodlar hosil 
bo’lishini ko’rsatib o’tgan edi. Shunday qilib, hayot paydo bo’lishidagi 

Download 304,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish