Hayot paydo bo`lishi haqidagi asosiy nazariyalar va go`yalar Reja



Download 304,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana05.04.2022
Hajmi304,02 Kb.
#529363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-маруза матни

1- jadval
 
Prokariot va eukariot organizmlarni taqqoslash
Xossalari
Prokariotlar
Eukariotlar
Organizmlar guruhi
Bakteriyalar, sianobakteriyalar
Sodda 
organizmlar. 
zamburug’lar, 
yashil 
o’simliklar
Hujayrasining 
yirik 
maydaligi
Mayda, odatda, 1 dan 10 mkm gacha
Yirik, odatda, 10 dan 
100 mkm gacha
Metabolizm 
va 
fotosintez jarayoni
Anaerob yoki aerob
Aerob
Xarakatchanligi
Harakatsiz yoki flagellin oqsilidan 
iborat 
xivchinlar 
yordamida
harakatlanadi
Odatda, 
harakatchan 
mikronaylardan iborat kipriklar 
va 
xivchinlar 
yordamida 
xarakatlanadi
Hujayra qobig’i
Ma’lum 
miqdordagi 
qand 
va 
peptidlardan tuzilgan
Sellyuloza 
yoki 
xitindan 
tuzilgan 
hayvonlarda 
uchramaydi
Organellalari
Organellasi 
membrana 
bilan 
cheklangan, uchramaydi
Mitoxondriyalar 
va 
xloroplastlar
Genetik uyushmasi
Sitoplazmadagi DNK halqasi
DNK 
xromasomada
joylashgan 
va 
yadro 
membranasi bilan qoplangan. 
Ko’payishi
Ikkiga bo’linish yo’l bilan
Mitoz va meyoz yo’li bilan


Hujayra tuzilishi.
Asosan bir hujayrali
Asosan ko’p hujayrali va 
hujayralar tabaqalangan
Hozirgi prokariotlar singari, qadimgi turlarining kislorodga munosabati bir xil 
bo’lmagan. Ba’zi bakteriyalar kislorodli muhitda yashay olmasa, ikkinchi xillari kislorodga 
chidamli, uchinchi xillari kam kislorodli muhitda yashasa, to’rtinchi xili kislorodsiz muhitda 
yashay olmagan. Vaholanki, eukariotlar faqat kislorodli muhitda hayot kechiradi. Dastlabki 
prokariotlar abiogen yo’li bilan sintezlangan organik moddalarni kislorodsiz parchalash 
hisobiga yashaganligi ehtimoldan holi emas. Bu esa bora-bora muhitda organik moddalarning 
kamayishiga sabab bo’lgan va oqibatda prokariotlar orasida oziqa uchun raqobat 
kuchaygan. Bu raqobat kamayishining yagona yo’li ba’zi bir prokariotlarning geterotrof 
oziqlanishdan avtotrof oziqlanishga o’tishi edi. Қayd qilingan prokariotlar tarkibidagi 
pigmenti bilan farq qilgan bo’lsada. Lekin ular hozirgi sianobakteriyalar va eukariot 
organizmlardan farq qilib, fotosintez jarayonini dastlab anaerob sharoitda amalga oshirgan va 
atrof-muhitga erkin kislorod ajratmagan. 
Bu prokariotlardan keyinchalik sianobakteriyalarning ajdodlari kelib chiqqan, deb 
taxmin qilinadi. Prokariotlarning ayrim xillarida ro’y bergan fotosintez faqat, ular orasidagi 
raqobatning kamayishiga emas, balki biogen usulda hosil bo’lgan organik moddalarning 
atmosferada esa kislorodning to’planishiga sabab bo’ldi. 
Fotosintez jarayoni tufayli bora-bora atmosferaning yuqori qismida ozon qavati hosil 
bo’ldi va u mavjudotlarning hayot uchun nihoyatda xavfli ultrabinafsha nurlar ta’siridan 
saqlanish imkonini tug’dirdi. Bu esa, o’z navbatida, xilma-xil avtotrof va geterotrof 
organizmlarning rivojlanishiga va ularda moddalar almashinuvi jarayonining jadal sur’atlar 
bilan borishiga sharoit yaratdi. 
Taxmin qilinishicha, eukariot organizmlar bundan 1,5 mlrd yil ilgari paydo bo’lgan. 
Ularning kelib chiqishi haqida ikki xil faraz bor. Ularning biri autogen, ikkinchisi simbiotik 
nomini olgan. Autogen farazga ko’ra, eukariot hujayra prokariot hujayra doirasidagi 
tabaqalanish natijasida ro’y bergan. Avvalo, bu tabaqalanish membrana va uning 
sitoplazmaga kelib cho’kishi hisobiga ichki strukturalar hosil bo’lgan va ular hujayra 
organoidlariga aylangan. Қayd etilgan o’zgarishlar qadimgi prokariotlarning qaysi 
guruhlarida amalga oshganligini aytish qiyin. 
Hujayraning simbiotik yo’l bilan kelib chiqqanligi haqidagi farazni amerika 
olimasi L. Margulis himoya qilgan. Yadrodan tashqari, plastida va mitoxondriyalarda DNK 
borligi va ular mustaqil ravishda bo’linish yo’li bilan ko’payishi mazkur faraz uchun asos
hisoblanadi. Margulis qayd etishicha, eukariot hujayraning kelib chiqishi bir necha 
bosqichdan iborat bo’lgan. Dastlab amyobasimon prokariot ichiga mayda aerob
bakteriyalar kirib, simbiotik usulda hayot kechirgan. Keyin ular o’z mustaqilligini 
yo’qotib, mitoxondriyalarga aylangan. Ikkinchi bosqichda simbiotik prokariot hujayra ichiga 
spiroxetasimon bakteriya joylashib, ular ham oldin simbiotik usulda yashab, keyin o’z 
mustaqilligini yo’qotib, kinetosomalar, sentrosoma va xivchinlilarga aylangan. Shundan so’ng 
sitoplazmada diffuziya holatida joylashgan DNKning membrana bilan o’ralib, alohidalanishi 
natijasida, dastlabki eukariot hujayralar hosil bo’lgan. Ularning evolyutsion taraqqiyoti 
keyinchalik zamburug’lar bilan hayvonlarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
Yuqorida qayd qilingan tuzilishga ega eukariot hujayralar rivojlanishining uchinchi 
bosqichida ular ichiga sianobakteriya joylashib, oldin simbiotik usulda yashagan, so’ngra ular 
ham o’z mustaqilligini yo’qotib, plastidalarga aylanishi tufayli dastlabki eukariot o’simlik 
hujayralari paydo bo’lgan. Ular barcha o’simliklarning rivoji uchun asos bo’lgan. Olimlarning 
qayd qilishicha, bioximiyaviy jarayonlarning borishi bo’yicha sianobakteriyalar anaerob va 
aerob organizmlar
orasida joylashgan. Dastlabki eukariot hujayralilar taxminan 15000—
14000 mln yil ilgari paydo bo’lgan. Bu davrga kelib, atmosferada kislorod ko’p bo’lganligi va 
eukariotlar o’z tabiatiga ko’ra aerob ekanligi sababli ular muhitga tez moslashgan. Eukariot 
xujayralarning turli-tuman xillari 1 mlrd yil ilgari paydo bo’lib, ularning ba’zi bir xillarida 


jinsiy urchish kuzatilgan. Eukariot organizmlarning keyingi 400 mln yil davomidagi 
rivojidan keyin, aftidan, ko’p hujayrali organizmlar kelib chiqqan: 
a) dastlabki tirik hujayralar mayda yumaloq anaerob holatda bo’lgan va abiogen yo’l 
bilan hosil bo’lgan organik moddalarni bijg’itish tufayli ajralgan energiya hisobiga 
yashagan; 
b) tayyor oziqaning kamayishi natijasida ulardan fotosintez qiluvchi organizmlar 
hosil bo’lgan. Lekin ularda fotosintez anaerob usulida ro’y bergan. Atmosferadan Yerga 
tushgan ultrabinafsha nurlar ammiakni parchalab, atmosferada azotning ko’p yig’ilishiga 
sabab bo’lgan; 
v) bundan taxminan 2 mlrd yil ilgari aerob fotosintez qiluvchi prokariotlarning — 
hozirgi sianobakteriyalarning ajdodlari paydo bo’lgan. Bu mikroorganizmlar stratolitlarni 
hosil qilib, kislorod ajratgan, lekin 100 mln yil davomida kislorod okeandagi temir bilan 
reaksiyaga kirishib, atmosferada to’planmagan; 
g) okeandan temir va shu singari metallar ajralganidan so’ng, atmosferada 
kislorod to’planib, hozirgi darajaga yetgan. Bu biologik evolyutsiyaga o’z ta’sirini 
ko’rsatgan. Anaerob organizmlar kislorodsiz joylarga ko’chib, fotosintez uchun qulay, 
joylarni sianobakteriyalar egallagan. Shu usulda azotni fiksatsiya qiluvchi organizmlar 
ham anaerob hayot sharoitiga ko’chgan yoki geterotsista hosil qilib himoyalangan. 
Atmosfera ozoni (O
3
qavat) hayot uchun xavfli ultrabinafsha nurlarning ko’pchiligini 
Yerning toza qismlariga o’tkazmagan; 
d) atmosferada kislorod ko’payishi tufayli va u bilan nafas oluvchi hujayralar 
rivojlanishi natijasida ularda moddalar almashinuvi samaradorligi yuqori bo’lgan.
Nihoyat, 1450 mln yil ilgari dastlabki eukariot hujayrali formalar rivojlanib, ular 
to’lig’icha aerob muhitda yashashga moslashgan. Mazkur organizmlarda jinsiy yo’l bilan 
ko’payishning paydo bo’lishi ularning xilma-xil bo’lishiga va takomillashuviga imkon bergan. 

Download 304,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish