O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

K itob sa n ’ati. 
Mustamlaka Turkistonda bosmaxonalar tashkil 
topishi va ularda gazetalar, jum allar va kitoblaming chiqishi tasviriy 
san’at rivojiga ta’sir qildi, mahalliy tillarda kitob, gazeta, ilmiy 
to ‘plam va taqvimlar nashr etila boshlandi. Bu nashrlarda tasviriy 
san’atning ilk namunalari yuzaga kela boshladi. Bu asarlar o ‘ziga 
xos, sodda va ko‘p hollarda harf va handasaviy shakllar rang-barang- 
ligi, milliy naqshlami yangi davrga moslab ishlangan k o ‘rinishlari 
tarzida namoyon bo Tdi. Asta-sekin nashr qilinayotgan kitoblarga 
tasvir-bezaklar kiritish rivojlana bordi. Bu ishlarga mahalliy ras- 
somlar ham keng jalb etildi. 1908 yili Toshkentda nashr qilingan 
«Shohnoma», «Farhod va Shirin» kabi qator kitoblar suratlar bilan 
bezatilib chiqarildi. Firdavsiyning «Shohnoma» dostoni rasmlarini 
Rahmatulla va Rahmatullabek, mulla Abdushukur, Sa’diyning 
«Guliston» hamda «G o‘r o ‘g ‘li» dostoniga Sirojiddin mahdum 
Siddiqiy bezaklar ishlagan. Ularda rassomlar mahalliy miniatyura 
san’ati an’analari bilan birga Yevropa realistik san’ati an ’analaridan 
ham foydalanishga intilishgan. «G o'r o ‘g ‘li» dostoniga ishlangan 
miniatyuralarda S. Siddiqiy o ‘z qahramonlari qiyofasini haqqoniy 
talqin etishga harakat qilgan. Rassomlar ba'zi kitoblar uchun esa 
xorijiy mamlakatlarda chiqqan kitob illyustrasiyalaridan nusxa 
olishgan. Kitob grafikasi, uning muqovasini ishlashda milliy 
an ’anaviy shakllar bilan birga sekin-asta rus va Yevropa kitob san’ati 
an ’analari ham keng yoyila boshlandi. Shu o'rinda rus yozuvchisi 
G.A.Pankratevning rus tilida nashr etilgan «Istoricheskie pamyat- 
niki goroda Samarkanda» (1910) kitobi muqovasini eslash kifoya. 
Muqovaga peshtoqning old ko‘rinishini eslatuvchi shakl ishlatilib, 
uning ichida kitob nomi, muallifning ismi-sharifi kiritilgan. Natijada 
rus kitob grafikasi uslubi o ‘zbek naqsh san’ati bilan boyib, mahalliy
'A. Avloniy.
Burungi o'zb ek vaqtli m atbuotining tarixi. «Turkiston», 1924 yil 
24 iyun.
390
www.ziyouz.com kutubxonasi


mazmun va ko‘rinishga ega b o ‘lgan. Shuni alohida ta’kidlash 
lozimki, bu davrda 0 ‘zbekiston hududida nashr qilingan kitoblar, 
jumladan, ilmiy yo‘nalishdagi kitoblami chop etishda ulami tasvir- 
illyustrasiyalar bilan toid irish hollari ham keng tus ola boshlagan. 
Bu suratlar o ‘z xarakteri jihatidan real b o ‘lib, gravyura texnikasida 
bajarilgan. Turkiston oikasining hayvonot olami, shuningdek, bu 
hududdagi turli millat va elat kishilarining qiyofalari shu kitoblar- 
ning illyustrasiyalarida o ‘z aksini topgan. Turli masjid va madra- 
salar, Turkistonning ajoyib tabiati ko‘rinishlari ham shu davrda 
nashr etilgan kitoblardan keng o ‘rin olgan. Jumladan, I.I.Geyeming 
«Turkiston yo‘l ko‘rsatkichi»da (1901) tabiat ko‘rinishlari, tarixiy 
obidalardan tashqari, xalq hayotidan olingan lavhalar ham o ‘rin 
olgan. XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi hududdagi badiiy hayot 
birmuncha rivoj topib, bu yerda Rossiya kitobot san’ati uslublari 
o ‘zining yangi qirralarini namoyon eta boshladi.
Milliy san’at uslublari Yevropa san’ati uslublari bilan uyg‘un- 
lasha boshladi. Bu davrda yaratilgan ko‘pgina san’at asarlari, 
jumladan, kitobot san’atida yaratilgan asarlar, eng avvalo ms 
maflkurasi va madaniyatining istilo qilingan yerlardagi san’ati edi. 
Ammo, shu bilan birga, bu asarlar bevosita 0 ‘zbekiston hududida 
yaratilgan va milliy ziyolilar hayotida muhim rol o ‘ynagan. Mahalliy 
ziyolilar «ilg‘or madaniyat»dan ortda qolmaslikka intildilar, davr- 
ning eng yangi va so‘nggi kashfiyot va jarayonlaridan boxabar 
bo‘lib bordilar. Ulaming ichida san’at bilan shug‘ullanadigan 
va milliy san’atga yangiliklar kiritishga harakat qila boshlagan 
ijodkorlar safi kengaya bordi. Bu davrda badiiy hayotda Rossiya- 
ning turli mintaqalaridan kelgan rassom va boshqa ijodkorlar 
etakchilik qildilar. XX asr boshlariga qadar bu yerga 40 dan ortiq 
san’atkor kelib ijod qilgan. Ulaming ko‘pchiligi keyinchalik shu 
yerda o ‘troq bo‘lib, o ‘zlarining butun faoliyatini o ‘lkaga bag‘ish- 
ladilar. Rossiya markazida sodir b o ‘layotgan jarayonlar tezlik 
bilan Turkiston zaminiga ham kirib kelaboshladi. Kitob muqovasi 
va uning ichki bezak hamda illyustrasiyalarida XX asr Yevropa 
san’atida keng tarqala boshlangan «modern» uslubi o ‘z aksini 
topa borgan. « 0 ‘rta Osiyo almanaxi» shunday nashrlardan bo‘lib, 
unda geometrik shakl va chiziqlar, ulaming murakkab birlashma 
va hosilalari yaratilgan. XIX asr oxirida hattotlik, qo‘lyozmalar 
tayyorlash, aniqrog‘i bosmaxonalar yordamisiz kitob yaratish 
jarayoni juda qisqarib ketdi. Bu so‘zsiz hattotlik san’atiga b o ig a n
talabni ham kamaytirib yubordi. Bosma harf va tasvir klishesi-tas- 
vimi qog‘ozga tushurish uchun m oijallangan maxsus ishlanmaga 
bo‘lgan talabning yuzaga kelishi esa shunga monand mutaxassis-
391
www.ziyouz.com kutubxonasi


laming paydo b o iish in i ta ’minladi. Bosma uslubda kitob tayyor- 
lash va uni ko‘p nusxada chiqarish imkoniyati m a’rifiy-madaniy 
ishlaming jonlanishiga, kitobxonlar safining kengayishiga olib 
keldi. Grafika san’atining rivojlanishi va turlarining kengayishini 
ta ’minladi. Plakatning turli ko‘rinishlari, afisha, reklama, e io n
varaqalari, amaliy grafika borasidagi asarlar bu davrdagi Turkiston 
badiiy muhitida yetakchi o ‘rinni egallab, ijtimoiy hayotda faol 
ishtirok etdi.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish