O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Jadid m aktablari. 
Taraqqiyparvar o ‘zbek ziyolilari keng xalq 
ommasini savodli qilishga, ulami jaholat uyqusidan uyg‘otishga 
intilib, maktablar ochdilar. Birinchi b o iib (Husaynov m ablag‘i 
hisobiga) 1893 yili Samarqandda, 1898 yili Q o‘qonda Salohiddin 
domla tomonidan, o ‘sha yili To‘qmoqda, 1899 yili eski Toshkentda 
M annon Qori, Andijonda Shamsiddin domla tomonidan jadid 
maktablari ochildi1. 1900 yili Buxoroda Jo ‘raboy qori tomonidan 
yangi usuldagi maktab ochildi. 1903 yili M. Behbudiy o ‘z m ablag‘i 
hisobidan Jomboyda maktab ochdi. Jadid Hoji Muin va Abdul 
Qodir Shakuriylar bu maktabda saboq berdilar. 1908 yili bunday 
maktablami M irza Abdulvohid ham tashkil qildi. Muftiy domulla 
Ikrom bu yangi usuldagi maktablami diniy jam oat tomonidan 
qabul qilinishiga erishdi. 1911 yilda jadid maktablari Turkistonda 
63 ta b o iib , ularda 4106 bola o ‘qigan. Toshkentning o ‘zida 24 ta 
bunday maktablarda 1740 bola o ‘qigan. 1917 yil boshlarida o ik a d a
100 ga yaqin jadid maktablarida 5 mingdan ziyod o ‘quvchi b o i-
gan.
Jadidlaming maktablari istiqlolchilar yetishtimvchi maskan 
ekanligini m s m a’muriyati yaxshi angladi. Xususan, mustamlaka 
m a’muriyati bu harakatga qarshi kuchli raqobatchilik usulini ishga 
solib ms-tuzem maktablari faoliyatini kuchaytirishga qaror qildi. Bu 
qaltis vazifaga ishonchli odamni topish o ik a maorifi rahbarlaridan 
biri S.M. Grameniskiyga topshirildi. U 1-ms-tuzem maktabi o ‘zbek- 
cha sinflar muallimi, shu maktabni bitirgan, Shayxovandtahur 
dahasining Baland machit mahallasida istiqomat qiluvchi Saidrasul 
Saidazizovni ms amaldorlariga maqbul shaxs deb topdi. Taniqli ms 
olimlari V.V.Bartold va A.N.Samoylovichlar bilan yaqin aloqada 
b o ‘lgan, mschani yaxshi tushunib diplomatik qobiliyati kuchli 
b o ig a n Saidrasul domla Toshkentning yetuk ziyolilaridan biri 
edi. Uning uyiga mslardan tashqari, chet ellik sharqshunoslar ham 
kelib-ketib turgani hamda uning bilimi va zakovatiga tan berganlari 
mustamlakachi amaldorlarga m a’lum edi. Saidrasul domla ms-tuzem 
maktablari uchun tayyorlagan darslikda ko‘pgina ms mualliflari 
asarlaridan tarjimalar kiritgani general-gubematorga m a’qul b o id i 
va kitob nashrga tavsiya qilindi. Yangi usul maktablaridan namuna 
olgan tarzda qiroat usuli qoilanilgan «Ustodi aw al» darsligi shu 
tariqa 1902 yilda dunyo yuzini ko‘rdi va keyin bir necha bor qayta 
nashr etildi. Saidrasul Saidazizov taniqli jum alist, shoir ham edi.

Temur Xo'ja Usmonjon o'g'li.
Turkistonda jadid maktablari. - «Hur Turkis­
ton uchun». Anqara, 1976 yil, 15 may.
378
www.ziyouz.com kutubxonasi


Akademik Bartold uni Turkiston oTkasidagi «o‘quv-tarbiya ishlariga 
isloh kirita olgan ilg‘or ziyoliy» deb atagan. U Rossiyaga sayohat 
qilib, «Turkiston viloyati gazeti»da «Mahalliy olimning 1910 yilda 
Moskva va Peterburgga qilgan m a’rifiy safari» sarlavhasi ostida 
turkum maqolalami e ’lon qilgan.
Mustamlaka m a’muriyati rus tilini o ‘rganishni targ‘ib qilsa 
ham ana shu tilni yaxshi o ‘zlashtirgan va ruslar bilan yaqin aloqada 
b o ig a n mahalliy millat vakillariga shubha hamda hadik bilan qara- 
gan. Shunday odamlardan biri o ‘zbek ziyolilari o ‘rtasida boobro1 
va e ’tiborli sobiq Kitob begi Jo ‘rabek Qalandar qori o ‘g i i edi. 1868 
yilgacha ruslar bilan jang qilgan, xiyonat tufayli asir olinganidan 
so‘ng esa rus armiyasiga xizmatga o ‘tishga majbur b o ig a n Jo ‘ra- 
bekka 1901 yili general-mayor unvoni berilgan. Millat fojiasining 
guvohi, mustamlaka istibdodining barcha qabohatlarini qariyb
30 yil general-gubemator mahkamasidagi tarjimonlikda ko‘rgan- 
bilgan Jo‘rabek iste’foga chiqqanidan keyin mavjud tuzum 
muxoliflari rahnamolaridan biriga aylangan. 1902 yili akademik 
V.V.Bartold uning uyida boiganid a iste’fodagi ms armiyasi generali 
Jo‘rabek taniqli olimga o ‘zining Sharq qoiyozm alari majmu-ini 
ko‘rsatib, uni lol qoldirgan edi1.
0 ‘zbek jadidlari Turkiston xalq maorifiga jiddiy e ’tibor ber- 
ganlar. Bu sohada taniqli mudarris va m a’rifatparvar Munavvar 
qori Abdurashidxonovning xizmati kattadir. Munavvar qori 1909 
yilda maslakdosh do‘stlari Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadul- 
laxo‘jaev, T oshpoiatbek N orbo‘tabekov va boshqalar bilan ham- 
korlikda toshkentlik bir boyning raisligida «Jamiyati xayriya»ni 
tashkil qildi. Munavvar qori va safdoshlari jam iyat orqali qashshoq 
va kasalmand kishilar, o ‘quvchilarga yordam ko‘rsatish bilan 
cheklanmaydi. Rossiya va Turkiyadagi oliy o ‘quv yurtlariga tala- 
balar yuborish bilan ham shug‘ullanadi. Munavvar qori gumhiga 
mansub keksa san’atkor Abdurahmon Akbarov o ‘z xotirasida 
shunday voqeani eslaydi: «Gumhdagi jadidlam ing bosh rahbari 
b o ig a n Munavvar qori bir kuni to ‘daning majlisiga kelib: «Ziyoli 
yoshlardan bir nechtasini Germaniyaga yuborib o ‘qitish kerak», 
deb uzoq nutq so‘zladi. Shundan keyin to'daning rahbarlaridan 
7-8 kishi Orifko‘jaboyning yangi shahardagi hovlisida shu haqda
1 Akademik V. V. Bartold «Jo'rabekka tegishli q o ‘lyozmalar yig'indisi» 
nomli asar yaratgan. Undagi «Jom e’ ut-tavorix» asarini « 0 ‘rta asrda na Osiyodagi, 
va Yevropadagi biror xalqda uchramaydigan ulkan tarix qomusi» deb bahoiagan. 
Q a r a n g: Bartold V.V. «Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya». Soch. 
T o m .l. М.. 1968, 24-bet.
379
www.ziyouz.com kutubxonasi


birinchi marta majlis o ‘tkazdilar. Oradan chamasi 15 kunlar keyin 
K attaxo‘ja X o‘jaevning uyida ikkinchi marta katta yig‘in b o ‘ldi. 
Bu majlisda Toshkentning eng mashhur boyonlari yig‘ildilar. 
Jumladan, Orifxo‘jaboy, Saidkarimboy, Komiljonboy choyfurush, 
Asil oqsoqol, Boqijonboy va boshqalar. Bu yerda to‘planganlaming 
soni 50-60 taga yetardi. Buni tashkil qilishda ko‘proq tashabbus 
k o ‘rsatgan Munavvar qori bilan Ilhom samovarchi va M urodxo‘ja 
Solixo‘ja o ‘g ‘illari edi. Hamma yig‘ilib bo‘lgandan keyin majlis 
ochilib, birinchi b o ‘lib Munavvar qori so‘zga chiqdi. Munavvar qori: 
« 0 ‘zbek ziyoliy bolalarini Gennaniyaga yuborib o ‘qitishga juda 
muhtojmiz. Bolalar o ‘qub, ilm tahsil olib kelsalar, millatiga katta 
xizmat qilaoladilar», degan so‘zlar bilan uzoq nutq so‘zladi. Uning 
ketidan, Munavvar qorining so ‘zini quvvatlab, Samig‘ qori chiqib 
so ‘zladi. Oxirda savollar tushdi: kim, necha kishini yuboramiz, 
deb Samig' qori «boradigan kishilaming ro ‘yxati bor», deb domla 
M urodxo‘ja Solixo‘ja o ‘g ‘lidan ro‘yxatni o ‘qib berishni so‘radi... 
Germaniyaga o ‘qib kelish uchun boruvchilar shular ekan:
1. 
Shayxovandtahur dahasidan Abdulvahob Murodiy. Besh- 
yog‘och dahasidan ham ikki kishi: 1-si Chaqar mahallalik Muham- 
madjonov, 2-si Yalanqiri mahallalik A’zam soatsoz o ‘g ‘li, jam i 4 
kishi ekan. Munavvar qori yana o'm idan turib «Jamoat, mana bu 
yosh, o ‘smir bolalarimizning Gennaniyaga borib o ‘qib kelishlari 
faqat siz boyonlarimizning yordami ostida vujudga chiqadi», -
deyishi bilan o ‘tirgan boylaming biri Munavvar qorining qo‘liga 
anchagina pul berdi... Pul to ‘planib sanalib boiingandan keyin 
Munavvar qori o ‘midan turib: «Millatimizning kelajakdagi baxtu 
saodati uchun shunday katta himmatlaringizga ko‘pchilik tomoni­
dan rahmatlar aytaman», deb tashakkur bildirdi»1.
Bu dalil qaddini rostlab borayotgan o ‘zbek burjuaziyasining 
milliy birlikka va o ‘z-o‘zini anglash jarayoniga xayrixoh bo‘lganini 
k o ‘rsatadi. Andijonlik Mirkomil M irm o‘minboev kabi boylaming 
xayriya ishlariga katta m ablag‘ ajratgani, yoshlami Germaniya 
va Turkiyaga o ‘qishga jo'natgani ana shundan dalolat beradi. 
M o‘minboevga ms siyosiy polisiyasi shunday ta ’rif bergan: «U 
juda aqlli, ayyor, uddaburon kishi. E ’tiqodi bo‘yicha panislomchi 
va mslarga qarshi... Andijon shahar tijoratchilar partiyasi boshlig‘i. 
Ushbu partiya a ’zolarining hammasi unga moddiy jihatdan bog‘- 
langan»2.


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish