“ ” 2019 yil 5A120101-Adabiyotshunoslik(ingliz adabiyoti)mutaxassislik magistranti Kuliyeva Dilshoda Alijon qizi


If you wish for your lovers to meet with your face



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/36
Sana05.04.2022
Hajmi1,32 Mb.
#528963
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
alisher navoiy gazallarining ilmiy izohini yaratish masalalari garoyib us-sigar devoni asosida.

If you wish for your lovers to meet with your face
Curl your hair up to down into rod like chains. 
6-bayt: 
Xazon sipohig‗a, ey bog‗bon, emas moni‘, 
Bu bog‗ tomida gar ignadin tikan qilg‗il. 
Oltinchi baytda shoir bog‗bon va bog‗ so‗zlarini ramziy – yaratuvchi va borliq 
ma‘nosida qo‗llaydi. Mehrsiz ma‘shuqa jamoliga yetishish orzusida umri 
xazonga sovrilishiga ishora qiladi.
61
Bog‗bon o‗z bog‗ini har qanday xavf-
xatardan muhofaza qilishi mumkin, ammo yovga qarshi bog‗ tomiga igna qadab 
chiqsa ham, tabiat qonuni bo‗lmish ―xazon lashkari‖, ya‘ni fano vaqti 
yaqinlashgach, tashrif buyuruvchi o‗limdan asray olmasligini ta‘kidlaydi. Bu 
lirik chekinish orqali shoir, hayotning o‗tkinchiligi haqida falsafiy mushohada 
yuritadi va bayt yettinchi bayt bilan uzviy bog‗lanadi. Tarjimada bu bayt 
ma‘nosining butunlay aksini ko‗rish mumkin. 
Tarjima: 
 
There is little the gardener can do stop the advance of the fall, 
Should he even spike the roof of his garden with pine needles. 
61
Shuxrat Sirojiddinov, Gulnoza Odilova.
―Jahon adabiyoti‖ jurnali, 2013–4


60 
Ko‗rib turganimizdek, bu asliyatga mutlaqo ters tarjima bo‗lib, ingliz 
o‗quvchisida g‗alati taassurot qoldirishi aniq. Chunki tarjima keyingi bayt 
tarjimasi bilan asliyat semantikasi nuqtai nazaridan umuman bog‗lanmaydi. 
Shoirning nimaga ishora qilayotgani mavhumligicha qolmoqda. Shoirning ―yor 
vasliga yeta olmay umri xazon bo‗lishi mumkinligi‖ va keyingi 7-baytda 
aytilganidek, ―agar shu yo‗lda vafot etib ketsa, ma‘shuqaning yuzidagi ter 
―gulob‖ bilan yuvilsa, xazon bo‗lgan umriga afsus chekmasligi, sababi, o‗limdan 
so‗ng, kech bo‗lsa-da, yor vasliga yetgandek o‗zni his qilishi‖ haqidagi go‗zal 
to‗qimalar o‗quvchi uchun tushunarsiz holatga kelib qolgan. Shu bayt 
quyidagicha tarjima qilinsa, tarjimada badiiy adekvatlikni saqlab qolish 
mumkin, ya‘ni quyidagicha: 
No gardener can stop the advance of the fall, 
Even he spikes the roof of his garden with pine needles all. 
Keyingi bayt yuqoridagi lirik chekinishni davom ettirmoqda. 
7-bayt: 
Yuzida terni ko‗rib o‗lsam, ey rafiq, meni 
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg‗il. 
Yana N. Jumaxo‗ja talqiniga murojaat etamiz. Baytda shoir tiriklikning 
omonat va g‗animatligi, o‗limning muqarrarligi haqida o‗y surgan edi. Shunday 
mahzun kayfiyatdagi lirik qahramonning armoni bitta – ma‘shuqa visoli. 
Birinchi misra mazmuni ―yuz‖ va ―ter‖ obrazlari orqali ifodalangan edi. Ikkinchi 
misrada bu obrazlarga muvoziy ravishda ―gulob‖ va ―gul bargi‖ obrazlari 
qo‗llanadi. Gulob ma‘shuqa yuzidagi ter timsoli bo‗lsa, gul bargi yuzning ramzi. 
Oshiq ma‘shuqa teridan tayyorlangan gulobda cho‗miltirilish va uning gul 


61 
yuziga burkanish uchun o‗limdan so‗nggi visolni orzu qiladi.
62
Bu murakkab 
ramziy ifodalarga tarjima jarayonida qisqacha izoh berib o‗tish joiz. Inglizcha 
tarjimada ―ey rafiq‖, ya‘ni do‗stga murojaat O my friend (―O do‗stim‖) 
undalmasi bilan berilgan. Muallif gapi do‗stga qaratilib tarjima qilingan: 
O my friend, should I suddenly die at the sight seeing of perspiration 
on 
your
face… 
Ko‗rib turganimizdek, 
your
(sening) egalik olmoshining qo‗llanilishi 
orqali go‗yo oshiq do‗stining yuzidagi terni ko‗rib, bandalikni bajo keltirishini 
aytayotgandek ma‘no vujudga kelgan. Asliyatda esa shoir yuzida deganda 
ma‘shuqa yuzini nazarda tutgan. Agar tarjimadagi 
your
egalik olmoshining 
o‗rniga 
her – 
uning (ayol kishi uchun) egalik olmoshi ishlatilsa, tarjima 
asliyatdagi ayni ma‘noni ochib berardi: 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish