Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Tayanch tushunchalar:
 nasr, badiiy nasr, qissa, hikoya, latifa, bayt, g‘azal, 
janr, xalq og‘aki ijodi, vazn, syujet, obraz, qahramon. 
 
Ma’ruzada qo‘yiladigan muammolar: 
turkiy xalqlar ilk badiiy nasrining 
vujudga kelishi omillarini tavsiflash; “Qisasi Rabg‘uziy”ning qissalari haqidagi 
bahslarga munosabat bildirish; asarning g‘oyaviy mazmuni; kompozitsiyasi va 
badiiy xususiyatlarini tahlil qilish hamda baholash. 
Rabg‘uziyning hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi ma’lumotlar
. XIII-XIV 
asrlardagi siyosiy va madaniy hayotdagi ziddiyatlar adabiyotda ham o‘z aksini 
ko‘rsata boshladi. Lekin mo‘g‘ul istibdodi davridagi g‘oyaviy-siyosiy parokandalik 
diniy, tasavvufiy hamda ba’zi dunyoviy g‘oyalarning kuchayishiga yo‘l ochib 
qo‘ygan edi. Bu davrning madaniy manzarasi Fazlulloh Rashiddiddinning “Jome’u-
t-tavorix”, Atomalik Juvaydiyning “Tarixi jahongo‘sha”, Faxriddin Banokatiyning 
“Ravzatu-l-asbob fi-ttavorixi-l-akobir va-l-ansob”, Hamdulloh Qazviniyning 
“Nuzhatu-l-qulub” kabi asarlarida o‘z ifodasini topgan. Ular bergan ma’lumotlarga 
ko‘ra, XIV asr boshlariga kelib mamlakat hayotida ma’lum obodlik ishlari ham 
boshlangan. Xususan, Buxoro, Samarqand kabi shaharlar va ular atrofida 
hunarmandchilik ancha rivojlanadi, savdo karvoni yo‘li ustida bo‘lgan Urganchda 
qadimgi an’analar tiklana boshladi. 
Bu davr badiiy adabiyotida ko‘proq real tarixiy hodisalarni atroflicha aks 
ettirishga yo‘naltirilgani bilan xarakterlanadi. Ayniqsa, Chingizxon istilosi bilan 
bog‘liq voqealarning xalq og‘azaki ijodidagi ifodasi ancha ochiq ko‘rinadi. 
“Guldursun” afsonasini bunga misol sifatida ko‘rsatish mumkin.
Bu davr Rabg‘uziydan keyin Pahlavon Mahmud, Abdulmajid Pur Bahoiy, 
Muhammad as-Samarqandiy, Mavlono Xoja Is’hoq, Badriddin Chochiy, Qutb, 
Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy 
singari so‘z ustalarini adabiyot olamiga bergani bilan ham ahamiyatli. G‘azal 
lirikadagi asosiy o‘rinni egalladi. Ruboiy, tuyuq kabi kichik janrlar ham katta 


203 
mavqega ega bo‘ldi. O‘zbek dostonchiligi yangi an’analar bilan boyidi. Qasida, 
masnaviy, soqiynoma kabi janrlar takomillashdi. Nasrchilikda bu davr 
adabiyotining eng yirik namunasi sifatida Rabg‘uziyning “Qissasul anbiyoi turkiy” 
yoki “Qisasi Rabg‘uziy” ni ko‘rsatish mumkin.
Turkiy mumtoz adabiyotning ulug‘ namoyandalaridan bo‘lgan Nosiruddin 
Burhonuddin o‘g‘li Rabg‘uziyning hayoti haqida ma’lumotlar juda kam. Shuning 
uchun uni o‘rganishda ham kamchiliklar talaygina. Adib Xorazmning Raboti o‘g‘uz 
degan joyida yashagan. Rabg‘uziy taxallusi mazkur joy nomidan kelib chiqqani 
olimlar tomonidan ta’kidlangan. (Lekin “Qisasi Rabg‘uziy”da Muhammad as.ga 
payg‘ambarlik kelgan davri haqidagi bir hikoyatda Abdulloh ibn ar-Rabg‘uziy nomi 
uchraydi. Bu esa Rabg‘uziy taxallusi haqida yana bir tekshirish olib borishni taqozo 
qiladi.) «Qisasi Rabg‘uziy» asari muqaddimasida Rabg‘uziy o‘zi va asarning 
yaratilishi haqida qisqagini ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, Nosiruddin Raboti 
o‘g‘uzda qozilik bilan shug‘ullangan (“Bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, 
ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqlug‘, ko‘p yozuqlug‘ Rabot o‘g‘uzining qozisi 
Burhon o‘g‘li Nosiruddin...”). Asar mazkur yurt (“ajallu-t-toji-l-umaro va muhibbu-
l-ulamo beklar urug‘i, yigitlar arig‘i (poki), ulug‘ otlig‘, arig‘ zotlig‘, ezgu qilig‘lig‘, 
mo‘g‘ul sinlig‘ (kelbatli), musulmon dinlig‘, odamiylar inonchi, mo‘minlar 
quvonchi, himmati adiz (yuksak), aqli tengiz”) begi Nosiruddin To‘qbug‘aning 
topshirig‘i bilan yozilgan. Nosuruddin Rabg‘uziy asarni deyarli bir yillik tinimsiz 
mehnatdan so‘ng hijriy 710 yilning Hut (milodiy 1311 yil, 21 fevral-21 mart) oyida 
nihoyasiga yetkazadi. 
Garchi manbalar yetarli bo‘lmasa-da, Rabg‘uziyning asar yozilgunga qadar 
yetuk shoir va nosir sifatida tanilgani mazkur birgina manba orqali anglashiladi. 
Bek o‘z adabiy xohishini qondirish uchun Nosiruddinni tanlagani va shunday yirik 
asarning bir yil ichida yozib tugatilgani bunga shubha qoldirmaydi. Qolaversa, 
“Qisasi Rabg‘uziy”ning mavzu va g‘oyaviy motivlaridagi polifoniya; peyzaj, obraz 
va xarakterlar yaratishdagi mahorat hamda poetik vositalardan samarali foydalanish 
muallif badiiy tafakkuri va salohiyati kamol topganidan dalolat beradi.


204 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish