207
qilg‘aymen, Muhammad otlig‘. Agar ul payg‘ambar bo‘lmasa erdi, hech
payg‘ambar bo‘lmag‘ay erdi, sen ham bo‘lmag‘ay erding
25
.
Asarning London nusxasida bu so‘zlardan keyin
Qamug‘ini aning sevuklugi
uchun yaratdim
degan jumla ham bor. Demak, barcha payg‘ambarlar qissasi
Muhammad as.ning payg‘ambarlik mohiyatini anglatishda vosita kabi xizmat qiladi.
Deyarli barcha ilmiy va o‘quv adabiyotlarida “Qisasi Rabg‘uziy” 72 qissadan
tarkib topgani ta’kidlanadi. Aslida asarda Qur’oni Karim va Hadislarda zikr
qilingan 25 payg‘ambar tilga olinadi va ularning qissalari hikoya qilinadi. Bu
payg‘ambarlar davrlarida sodir bo‘lgan va arab hamda yahudiy xalqlari orasida
keng tarqalgan voqealar ularning qissasiga adib talqinida
alohida sarlavha bilan
kiritiladi. Ularning har birini alohida qissa sifatida talqin qilish unchalik to‘g‘ri
emas. Masalan, Chigirtka qissasi sarlavhasi ostida berilgan matnda chigirtka obrazi
yo‘q. Umumiy matn orasida chigirtkalarning yeyilgani va ularning qirilib ketishi
haqidagi hadisni eslatib o‘tish bor, xolos.
Qissalar hajmi ham turlicha: masalan, Yusuf haqidagi qissa salkam 100
sahifani tashkil qilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat.
Asarda voqealar tasviri tizimini qisqacha quyidagicha mundarija asosida aks
ettirish mumkin: qisqa muqaddima, osmonlar va yer, ularning qatlamlari ularda
yashagan azaliy xilqatlar sifatlari; Odam as.ning
yaratilishi, uning jannatga olib
borilishi, u yerda Havvo bilan kechgan hayoti, shayton hiylasi, ularning jannatdan
quvilishi, yer yuzidagi hayotlari, o‘g‘illari Qobil va Hobil orasidagi janjal va ilk
qotillik, Odamning vafot etishi; Shis as. qissasi, hikoyat; Idris as. qissasi; Nuh as.
qissasi;
Avj ibn Unuq haqidagi hikoya; Hud as. qissasi; Ibrohim as.ning podshoh
Namrud bilan munosabatlari, Namrudning Ollohga isyonkorligi, Zul-Arshi-l-malik
bilan muloqoti, Ibrohim as.ning o‘g‘li Ismoil as.ning tug‘ilishi, uning qurbonlikka
olib borilishi, Ka’baning bino qilinishi, yana bir o‘g‘li Ishoq as.ning tug‘ilishi,
Ibrohim as. qo‘lida tirilgan qushlar so‘zi, Ibrohim as.ning vafoti; Lut as. qissasi;
Ya’qub as. qissasi; Yusuf as. qissasi, Nosiruddin Rabg‘uziy Bahoriyoti, latifa, bayt,
25
Parchani Qozon toshbosma nusxasidan oldik.
208
she’r, g‘azal va hikoyatlar, Yusuf as.ning
Zulayxo bilan qovushishi, jodugarlar
so‘zlarining yolg‘onligi hikoyasi, Oysa hikoyasi; Muso as.ning Shomga borgani,
odiylar sifati, Tavrotning nozil bo‘lishi, Musoning ozorlanishi, Olloh diydorini
tilagani,
tuban Qorun hikoyasi, somiriylar hikoyasi, Bani Isroil tavbasi, Sigir
bo‘g‘izlash hikoyasi, Muso va Xizr as.ning yuksaklik darajalari hikoyasi; Dovud as.
qissasi, tobutning yaratilishi, tuban Jolut hikoyasi; Sulaymon as. qissasi, uning
chumoli bilan so‘zlashgani, Sulaymon as.
kursisi sifati, Baytulmuqaddas sifati;
Yunus as. qissasi; Ilyos as. qissasi, Xizr va Ilyos as.; Jirjis as. qissasi; Luqmon as.
haqidagi hikoyatlar; Uzayr as. qissasi; Zakariyo, Yahyo, Maryam va Iso as.
tavsiflari, Iso as.ning tug‘ilishi, hikoyatlar; Zulqarnayn qissasi; as’hobu-l-kahf
(g‘ordagilar) hikoyasi;
fil egalari hikoyasi; Muhammad rasululloh as. qissasi va
payg‘ambar yaqinlari hamda xalifalari haqidagi hikoyalar.
Binobarin, asar mavzu ko‘lami ana shu mundarijaga muvofiq ravishda
shakllanadi. Bunda birinchi va aytish mumkinki, asosiy mavzu inson omili, inson
qadr-qimmatiga e’tibordir. Asarda
Do'stlaringiz bilan baham: