15-mavzu. O’zbekistonda Biznes va xususiy Tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari Dars o’quv maqsadi



Download 269,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana04.04.2022
Hajmi269,79 Kb.
#528214
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-mavzu



15-mavzu.O’zbekistonda Biznes va xususiy
Tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari 
 
Dars o’quv maqsadi. 
Dars o’quv maqsadi bo’lib, O’zbekistonda Biznes 
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning Davlat dasturi,ular orasida 
xo’jalik aloqalarining yo’lga qo’yilishi va Biznes va xusu-siy tadbirkorlikni 
rivojlantirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi-ningmazmunini bayon qilish 
va ularni talabalarga o’rgatish hisoblanadi. 
Tushunchalar va tayanch iboralar. 
Biznes va xususiy tad- birkor-
likni 
rivojlantirish 
Davlat 
dasturi.Milliy 
iqtisodiyot.Iqtisodiyot 
sektorlari.Biznes korxonalari.Yirik biznes korxonalari. 
Maruzani o’tish usuli (metodi). 
Maruza “Bilaman . Bilishni xohlay- 
man . Bilib oldim “ va aqliy hujum usuli (metodi)ni qo’llash orqali o’tiladi. 
Asosiy savollar 
11.1.
O’zbekistonda Biznes va 
xususiy tadbirkorlikni rivojlanti- 
rishning Davlat dasturi. 
11.2.
Biznes va 
xususiy tadbirkorlikni milliy iqtisodiyotning turli 
sektorlarida rivojlanishi. 
 
11.1.
 
O’zbekistonda Biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlan- tirishning 
Davlat dasturi. 
O’zbekiston Respublikasida Biznesning rivojlanishdagi mavjud 
muammolarning yechimini topish va 2007-2015 yillarda istiqbollashtirila- 
yotgan parametrlarni ta’minlash, ushbu sohada tadbirkorlik faolligini 
oshirishning yo’nalishlarini aniqlash va ular chora- tadbirlarni belgilashni 
talab etadi. 
O’zbekiston Respublikasida Biznes faoliyatini rivojlantirishning asosiy 
yo’nalishlari quyidagilardan iborat: 
-
Biznesning huquqiy-me’yoriy va tashkiliy asoslarini iqti- sodiyotda 
turli omillar ta’sirida ro’y berayotgan o’zgarishlarga mos ravishda uzluksiz 
takomillashtirib borish; 
-
davlat tomonidan Biznes va huquqiy tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash 
mexanizmlarini samaradorligini oshirish, bu borada xorijiy mam- 
lakatlar tajribasidagi yangi mexanizmlarni mavjud sharoitlarga moslashtirgan 
holda amaliyotga qo’llash; 
-
Biznesning innovasiya negizida rivojlanishini ta’minlash bo- rasida 
chora – tadbirlarni ishlab chiqish; 
-
Biznesni moliyaviy jihatdan ta’minlash mavjud mexanizmlar 
samaradorligini oshirish va moliyalashtirishtirishning yangi manbalarini 


harakatga keltirish negizida qulay investisiya muhitini yaratish; 
-
Biznesda ishlab chiqarishni tashkil etishning moddiy ta’minotini 
takomillashtirish; 
-
Biznesni tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmlarini takomil- lashtirish; 
-
Biznes sohasi uchun malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyor- lash
-
Biznesda kooperasiyani chuqurlashtirish. 
Mamlakat iqtisodiyotida Biznes subyektlarining ulushi va ahamiyatini 
tubdan oshirish maqsadida dasturda quyidagi yo’nalishlarda kompleks chora-
tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi: 
-
tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va faoliyat yuritishning 
huquqiy me’yoriy bazasini takomillashtirish. Bunda mansabdor shaxslar 
tomonidan buyruqbozlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish borasida 
ularning mas’ulligini oshirishga muhim e’tibor qaratiladi; 
-
Biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomoni- dan 
tartibga solish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlik tuzilmalari faoli- 
yatiga davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining noqonuniy va asossiz 
aralashuvi holatlarini bartaraf etish; 
-
yirik korxonalarni tarkibiy o’zgartirish natijasida bo’shab qolgan no- 
turarjoy binolar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini kichik 
korxonalarga berish; 
-
yirik sanoat korxonalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun 
importga mo’ljallangan yehtiyot qismlar, detallar va kerakli uskunalar ishlab 
chiqarishni mahalliylashtirish Dasturni amalga oshirish; 
-
Biznes uchun mutaxassislar tayyorlash tizimini takomil- lashtirish va 
sifatini oshirish. 
Biznes tadbirkorlik faoliyatini oshirishda davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlash samarasini oshirish maqsadida dasturda quyidagilarni amalga 
oshirishi lozim: 
-
davlat organlari, tadbirkorlarning jamoat tashkilotlari va tijorat 
tuzilmalari bilan hamkorligini ta’minlovchi mexanizmni takomillashtirish; 
-
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan investis- 
ion loyihalarni amalga oshirish, eksport hajmini oshirish, mahalliy xomashyo 
resurslaridan foydalanishni yaxshilash, qo’shimcha ishchi o’rinlarni tashkil 
etishga ko’maklashish; 
-
doimiy faoliyat ko’rsatadigan ko’rgazma va texnologik uskunalar, mini 
texnologiyalar yarmarkalarini tashkil etish; 
-
Biznes subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish im- 
koniyatlarini yaratish; 
-
Biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida xalqaro hamkorlikni 
rivojlantirishdan iborat. 


Kichik biznesni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash maqsadida 
Dasturda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan: 
-
moliyalashtirish va sug’urta loyihalarini amalga kiritishni kengaytirish, 
kafolat berish va mexanizmini takomillashtirish; 
-
operasiyalarini qo’llash; 
-
lizing; 
-
byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga imtiyozli kreditlash va 
mikrokreditlash; 
-
Biznes subyektlariga lizing asosida uskunalar sotib olishni mablag’lar 
bilan ta’minlash; 
-
tijorat banklari tomonidan ishlab chiqarishni kengaytirish va aylanma 
mablag’larni to’ldirish, xizmatlar ko’rsatish hajmini oshirishga qaratil- 
gan kreditlar berish mexanizmlarini takomillashtirish; 
-
mahalliy xomashyodan chet el kredit liniyalari, shuningdek milliy val- 
yutadagi mablag’larni jalb yetgan holda tayyor mahsulot ishlab 
chiqaradigan miniuskunalar yaratish amaliyoti davom ettiriladi. 
Biznes subyektlarining moddiy-texnik ta’minoti kelgusidagi 2008-2015 
yillarda amalga oshiriladigan ishlar quyidagilardan iborat bo’lishi lozim: 
-
birja, auksion va yarmarkalar savdo doirasini kengaytirish; 
-
zamonaviy texnika va texnologiyalar lizingini kengaytirish. 

Download 269,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish