“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
94
Eng bilimdon o'quvchi" ,, Chiroyli husnixat egasi", "Sinfning trishqoq o'quvchisi", "Tartibli
o'quvchi" kabi nominatsiyalar berilsa o'quvchilar faolligi yana ham oshadi.
Xulosa qilib aytganda, darsga qo`yiladigan asosiy talablardan biri -ta'lim
metodlari va usullarini bir-biri bilan mustahkam bog`lab olib borish samaradorligini
oshirishdir. Didaktik o'yinli metodlar o`quvchi faoliyatini faollashtirish va
jadallashtirishga asoslangan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.N.Sayidaxmedov. Yangi pedagogik texnologiyalar mohiyati. "Xalq ta`limi",
1999 yil,
2.B. Farberman. Ilg`or pedagogik texnologiyalar. - T., 2000 y
3.Tolipov O`., UsmonboevaM.Pedagogiktexnologiyalarning tadbiqiy asoslari.-
T.: 2005.
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
95
MEHRGA MUHTOJ QALBLAR
Qosimov Ashurali
Qo‘qon davlat pedagogika istituti,
Xorijiy tillar fakulteti, 303-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqola nogironlarga qaratilayotgan e‘tibor, ularning
jamiyatimizda tutgan o‘rni, mamlakatimizda yaratilgan shart-sharotlar, BMT
tomonidan qabul qilingan qaror haqida.
Kalit so‟zlar:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, jahon hamjamiyati, Harakatlar
strategiyasi, Xalqaro nogironlar kuni
Inson borki mehrga, e‘tiborga, g‘mxo‘rlikka ehtiyoj sezadi. Kimningdir ko‘nglini
ko‘tarish, , hol-ahvolidan xabar olib turish asl insoniylikning, odamiylikning belgisi
hisoblanadi. Har yil Dekabr oyining 3- kuni Jahon hamjamiyati e‘tiborini nogironlar
muammolariga qaratish va hal etish maqsadida dunyo miqyosida nishonlanadi. Ushbu
sana qanday maqsadda paydo bo‘lgan?
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-Oktyabrdagi
qaroriga muvofiq 3-Dekabr ―Xalqaro nogironlar kuni‖ deb e‘lon qilingan va butun
dunyoda keng nishonlanib kelinmoqda.Mazkur sanani nishonlash to‘g‘risida 1983-
1992-yillarni o‘z ichiga olgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti nogironlar o‘n
yilligining oxirida qabul qilindi. Mazkur o‘n yil ichida nogironlarni yaxshilash va
ular uchun teng imkoniyatlarni yaratish maqsadida, xabardorlikni oshirish va chora-
tadbirlarni ko‘rish kabi katta ishlar amalga oshirildi. Biroz muddatdan keyin, BMT
Bosh assambleyasi tashkiotiga a‘zo davlatlarni har yili maxsus kun sharafiga
bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishga chaqirdi. Butun dunyo aholisining 1 milliarddan
ortig‘iga, ya‘ni sakkiz kishidan kamida bittasida muayyan bir turdagi nogironlik
mavjud. Ularning barchasi jamiyat hayotidagi keng ko‘lamli, samarali va teng huquqli
ishtirokini cheklaydigan, jismoniy, ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy to‘siqlarga duch keladi.
Birlashgan MIllatlar Tashkilotining ma‘lumotlariga ko‘ra, ular dunyodagi eng
kambag‘al aholining haddan ortiq ko‘p ulushini tashkil qilib, ta‘lim, mehnat, sog‘liqni
saqlash hamda ijtimoiy va huquqiy ko‘mak kabi asosiy mansablardan teng ravishda
foydalana olmaydi. Shu maqsadda mazkur sananing nishonlanishi nogironlarning
muammolariga, xususan, ularning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotdagi
ishtirokidan yuzaga keladigan afzallikka jamoatchilik e‘tiborini jalb qilish,
nogironlarning qadri, sha‘ni, haq-huquqlari va farovonligini himoya qilishga qaratilgan.
Ushbu kunning nishonlashdan asosiy maqsadlaridan biri butun dunyoda amalga
oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogironligi bo‘lmagan kishilar
bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlarini, huquqlarini
inobatga olinishi, narcha malakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi
qonunlar, loyihalarni va tartib-tamoyillarining joriy etilishini ta‘minlab, barcha uchun
ochiq va do‘stona bo‘lgan jamiyat qurishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |