“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
96
Bizning mamlakatimizda ham nogironlarning haq-huquqlarini himoya qilishga,
salomatliklarini nazoratga olishga, o‘z oldiga ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishni maqsad qilgan davlatimizda ham islohotlar
inson va uning manfaatlariga qaratilgan. 2008-yilda ―Bolalikdan nogironlar
tug‘ilishining oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat
dasturi to‘g‘risida‘‘gi davlatiizning Qarori qabul qilingan. Turli yillarda davlat
Dasturlari doirasida nogironlarni himoyalash, ularni ijtimoiy holatini yaxshilash,
barcha huquqlaridan to‘laqonli foydalanishlari bo‘yicha chora tadbirlar amalga
oshirildi. Mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘laqonlihayot
kechirishlarini ta‘minlash uchun uarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tiimini yanada
rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha qator amaliy ishlar belgilandi va hayotga
joriy etilmoqda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning manzilli ravishda ijtimoiy himoya
qilinishi ularga keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. O‘zbekiston Milliy
Paralimpiya assotsiyatsiyasi ham nogironlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, ularga
hayotda teng imkoniyatlar yaratib berish va ular o‘rtasida sportni targ‘ib qilishda
qalmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. Ayniqsa ushbu sohaga hukumat darajasida e‘tibor
qaratilayotgani yurtimizda Paralimpiya sporti kundan-kunga rivojlanib borishida muhi
ahamiyat kasb etmoqda. Shuni alohida va faxr iftixor bilan aytib o‘tish kerakki,
2019-yilda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiyatsiyasi sportchilari 18ta xalqaro
musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilib, ulardan 33ta oltin, 16ta kumush, 16 ta
bronza medallarning qo‘lga kiritilishlari ham mamlakatimizda Paralimpiyachilarimizga
yaratib bergan sharoitlar,imkoniyatlarning mevasi deb hisoblayman. Jisman nogiron
bo‘lsalar ham ularning sabriga, matonatiga, erishgan yutuqlariga sog‘lom insonlar ham
havas qilsa arziydi. 2020-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilga ammo Pandemiya sabab
kechikkan, 2021-yilda bo‘lib o‘tgan Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida matonatli
Paralimpiyachilarimiz 8-ta oltin, 5ta kumush va 6-ta bronza jami 19-ta medallarga
sazovor bo‘lib umumjamoa hisobda 162 delegatsiya orasida 16-o‘rida yakunlashganlari
butun O‘zbekiston xalqini xursan qildi. Jisman nogiron bo‘lsalar ham matonatli, sabrli
insonlar har doim mehr-muruvvatga, e‘tiborga muhtoj.
Do'stlaringiz bilan baham: |