FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. – Тoshkent. «Adolat», 2018.
2. Sayidullayev R. Davlat va huquq nazariyasi. -Toshkent. Yuridik adabiyotlar public,
2021
3. Qilichev R.E. Ma'naviyat va huquq asoslari faniga oid atamalar izohi. -Buxoro.
«Buxoro nashr», 2020
4. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
89
BIOLOGIYA FANINI O„QITISH METODIKALARI XUSUSIDA
Mashrabova Gulifar SHuxratjonovna
Andijon viloyati Baliqchi tumani
39 umumiy o‗rta ta‘lim maktabi biologiya fani o‗qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqola orqali biologiya fani haqida, uni o‗qitish metodlari
xususida, ta‘lim tizimidagi biologiya fanining o‗rni, uning rivojlanish bosqichlari haqida
bilishimiz mumkin. Fanning taraqqiyotida metodlarning o‗rni haqida xulosaga ega
bo‗lamiz.
Kalit so„zlar:
revolutsiya, induksiya, deduktiv, gnoseologik, tahlil, qiyoslash.
O‗zbekiston Respublikasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyat
taraqqiyotini ta‘minlash, ta‘lim tizimida yangilik ochish, yuksak ong va aql egalari bo‗lgan,
erkin va mustaqil fikrlay oladigan ijodkor, dunyoqarashi keng shaxslarni voyaga yetkazishni
talab qiladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‗aniyevich Karimov ta‘kidlaganlaridek,
―Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir
davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina,
ma‘naviyat olami yangi ma‘no-mazmun bilan boyib boradi.
Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot – bu yangicha fikr va
dunyoqarashga turtki beradi, ma‘naviyatning shakllanishiga o‗ziga xos ta‘sir o‗tkazadi‖.
Ushbu fikrlar negizida ta‘lim tizimidagi bosh maqsadlardan biri barkamol, intellektual
salohiyati yuqori bo‗lgan, mustaqil fikrlovchi, ma‘naviy dunyoqarashi keng, milliy
mafkuralar asosida ulg‗aygan yosh avlodni tarbiyalash ekanligi yotadi.
Bunday avlodni tarbiyalash uchun barcha fanlarni o‗quvchiga chuqur o‗rgatish, ularni
izlanishga majbur qilish va tahlilga tortish bu bugungi kun pedagogining asosiy vazifasidir.
Biologiya fani ham o‗quvchilarni mustaqil ishlashga, ijodiy fikrlashga, o‗zini-o‗zi
baholashga, mantiqiy fikrlarni biologik bilimlar bilan bog‗lashga, biologik ta‘lim
samaradorligini oshirishga, biologik faoliyatini tashkil etishga katta yordam beradi.
Bilamizki, ta‘lim mazmuni quyidagi 4-asosiy tarkibiy qismga bo‗linadi:
1. Asosiy g‗oyalar, nazariyalar;
2. Faoliyat usullari;
3. Ijodiy faoliyat tajribalari;
4. Qadriyatlar tizimi.
Mana shu ta‘lim mazmunlari biologic bilimlar takomiliga, uning XIX asr
taraqqiyotidagi o‗rniga, biologiya fanining rivojiga, uning ko‗pchilik olimlar tomonidan
o‗rganilishiga judayam ta‘sir qiladi.
Biologiya fani o‗quv tizimida shakllantirgan tushunchalarni uch guruhga bo‗lishimiz
mumkin:
I. Umumbiologik tushunchalar;
II. Gnoseologik tushunchalar;
III. Kasbga yo‗naltiruvchi tushunchalar.3
Do'stlaringiz bilan baham: |