FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. – Тoshkent. «Adolat», 2018.
2.
Sayidullayev R. Davlat va huquq nazariyasi. -Toshkent. Yuridik adabiyotlar publik,
2021
3.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
87
HUQUQIY MUNOSABATLARNING TUSHUNCHASI, TUZILISHI VA
TURLARI.
Yuldashev Umidjon Muhtor oʻgʻli
BuxDUning Pedagogika instituti tabiiy va gumanitar fanlar fakulteti
1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Maqolada huquqiy munosabatlarning tuzilishi va uning turlari haqida
atroflicha maʼlumot berilgan.
Kalit soʻzlar:
huquqiy munosabatlar, huquqiy tushunchalar, huquq, yuridik shaxslar,
ijtimoiy munosabatlar, shaxs
Kishilar o‗rtasidagi ko‗pdan-ko‗p munosabatlarning ma‘lumbir qismini huquqiy
munosabatlar tashkil qiladi. Ijtimoiy munosabatlarga huquq vositasida ta‘sir etish masalasi
davlat va
huquq nazariyasi fanida muhim ahamiyat kasb etadi. Huquq normalari yordamida tartibga
solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar deb ataladi. Huquq normalari
huquqiy munosabatlar orqali amalga oshadi, hayotga tatbiq etiladi.
Huquqiy munosabat – o‗zaro subyektiv huquq va majburiyatlar bilan bog‗langan
shaxslar (ya‘ni, fuqarolar va yuridik shaxslar) o‗rtasidagi aloqalar bo‗lib, ular huquq
normalari va yuridik faktlar asosida kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, huquqiy
munosabatlar
– kishilar o‗rtasidagi yuridik mazmundagi aloqalardir. Bunday
munosabatlarda kamida ikki tomon ishtirok etadi. Biri – huquq egasi, ikkinchisi –
majburiyat o ‗tovchi tomon. Huquqiy munosabatla rishtirokchilarining huquqlari va
majburiyatlari bir-biriga mos, ya'ni teng bo‗lishi kerak. Har doim huquq egasi bo‗lgan shaxs
qarshisida majburiyat o‗tovchi shaxs gavdalanadi. Masalan, ishga qabul qilish bilan bog‗liq
mehnat huquqiy munosabatini olaylik. Bunda ishga qabul qilingan shaxs (xodim)
zimmasida ma‘lum vazifalarni bajarish majburiyati bo‗ladi; korxona rahbari(ma‘muriyati)da
esa mehnatga yarasha ish haqi to‗lash majburiyati (bu ayni vaqtda huquq hamdir) paydo
bo‗ladi. Shuningdek, ikkala tomon ham qonunda belgilangan qator huquqlardan
foydalanadilar. Huquqiy munosabatlar quyidagi xususiyat va maxsus belgilar bilan
tavsiflanadi:
1. Huquqiy munosabat – ijtimoiy tusdagi munosabat, ya‘ni insonlar o‗rtasidagi
munosabat bo‗lib, bu ularning faoliyati, xulqatvori bilan bevosita bog‗liqdir. Masalan,
mulkdor buyumga nisbatan ma‘lum huquqlarga ega. Biroq bu huquqlar kundalik hayotda
amalga oshishi uchun mulkdor mazkur buyum ustidan boshqa odamlar bilan munosabatga
kirishishi lozim. Xususan, mulkdor shaxs buyumni boshqa kishiga sotishi, o‗zining mulkdan
foydalanish huquqini birovga o‗tkazishi, mulkni hadya qilishi mumkin. Ayni paytda,
ulardan o‗zining mulk huquqiga rioya etishlarini talab qila oladi. Huquqiy munosabat har
qanday ijtimoiy munosabat kabi insonlarning ongli faoliyati natijasidir. Odatda, huquqiy
aloqalar kishilarning ongli va oqilona faoliyati natijasi hisoblanadi. Huquqiy munosabat
ijtimoiy munosabatning maxsus ko‗rinishi sifatida rang-barang, hayotning butun borlig‗i va
Do'stlaringiz bilan baham: |