“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
76
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-sentabrdagi ―Ta‘lim
tizimida ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi
736-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturning 16-bandida talaba va o`quvchilar o`rtasida
diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlik g`oyalarini keng targ`ib qilish, ogohlikni yanada
kuchaytirish, atrofimizdagi hodisalarga loqayd qaramaslik, yoshlarimizni buzg`unchi
g`oyalar va turli oqimlar ta‘siriga tushib qolishining oldini olish bugungi kunning dolzarb
masalasidir.
Jamiyatimizda millatlararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, barcha
fuqarolarga millati va dinidan qat‘iy nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlatimiz
siyosatining eng muhim ustuvor yo`nalishlaridan biridir. O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining ―O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar
strategiyasi tog`risida‖ 2017-yilning 7-fevralida qabul qilingan Farmonida beshinchi ustuvor
yo`nalish quyidagi tarzda belgilangan:‖ Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy
bag`rikenglikni ta‘minlash, chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi
siyosat yuritishga yo`naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash,
O`zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo`shnichilik muhitini
shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash‖. Puxta-pishiq bayon
etilgan bu vazifalarning bari bir-biriga bog`liq, biri ikkinchisini talab etadigan, davlat va
xalq uchun o`ta muhim ahamiyatga ega yo`nalishlar hisoblanadi. Mustaqillikning ilk
daqiqasidan e‘tiboran, Ozbekiston Respublikasi siyosatida millatlararo tenglik va totuvlik
g`oyasiga alohida e‘tibor qaratildi. Ko`p o`tmay, bu umuminsoniy tamoyil o`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalarida qat‘iy qilib qayd etildi. 8-moddada:
―O`zbekiston xalqini, millatidan qat‘i nazar, O`zbekiston Respublikasining fuqarolari
tashkil etadi‖, -deyiladi.
Bugungi
kun
yoshlarimizni
ma‘naviy-axloqiy, millatlararo totuvlik, diniy
bag`rikenglik singari fazilatlarga ega qilib tarbiyalashda ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarning
ahamiyati kattadir. Ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarni tashkil qiluvchi pedagog va mutaxassis-
tashkilotchi talabalar o`zini o`zi tarbiyalashni yo`lga qo`yishlari uchun ularga istiqbolni aniq
ko`ra bilishlarida, unga erishish yo`llarini izlab topishda, yuksak ideallarga ega bo`lishlarida
yordam berishi va imkoniyat yaratishi lozim. Bu borada pedagog ma‘naviy-ma‘rifiy
tadbirlar orqali talabalarda xalqimizning jamoa timsoli bo`lgan oila, mahalla, el-yurt
tushunchalarining muqaddasligi, millatning o`lmas ruhi bo`lgan ona tiliga muhabbat,
kattaga hurmat va kichikka izzat, ayol zotiga ehtirom, sabr-bardosh va mehnatsevarlik,
halollik, mehr-oqibat kabi milliy xususiyatlarini shakllantirish va rivojlantirishni nazarda
tutishi lozim. Shuningdek, ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarni tashkil qilishda va o`tkazishda
pedagog – qonun ustuvorligi, inson haq-huquqlari va hurfikrlilik, turli millat vakillariga
hurmat va ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag`rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish,
ma‘rifatparvarlik, o`zga xalqlarning ilg`or tajribalari va madaniyatini o`rganish kabi
umumbashariy qadriyatlarga asoslanib ssenariylar yaratishi maqsadga muvofiqdir.
Ma‘naviy-axloqiy tarbiyada yuksak samaradorlikka erishish uchun axloqiy-
profilaktik tadbirlar o`tkazish ham muhim rol o`ynaydi. Tibbiyotda kasalni davolashdan
ko`ra, uning oldini olgan ma‘qul, degan qoida bor. Bu qoidani tarbiya jarayoniga tatbiq
Do'stlaringiz bilan baham: |