“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
65
ONA TILI TA‟LIMIDA KOGNITIV-PRAGMATIK USULNING AFZALLIGI
VA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR.
Xolyorova Nargiza Ismailovna
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani
Toshkent irrigatsiya va muhandislari instituti
Qarshi filiali huzuridagi akademik litsey
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ona tili o‘qitishda ta‘lim usullaridan biri bo‘lgan
kognitiv-pragmatik usul bo‘yicha ma‘lumotlar va ushbu usulning afzalliklari va yangi ped
texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llashning samaralari haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
Kalit so‟zlar:
Ta‘lim usuli, kognitiv-pragmatik usul, ona tili ta‘limida tub
yangilanishlar davri, bilimli shaxs, ijodiy tafakkur sohibi, ta‘lim usulini yangi maqsad va
yangi mazmunga muvofiqlashtirish.
Pedagogik adabiyotlarda ko`p bora tahlil etilgan ta‘lim usuli masalasi ham ta‘lim
mazmuni kabi qadimiydir. Bilim olishning ham, ta‘lim
oluvchiga bilim berishning ham,
unga malaka, ko`nikma, odatlarni singdirishning ham, tabiatini shakllantirishning ham
xilma-xil vosita, yo`l va usullari mavjud.
Ta‘lim oluvchida o`zlashtirilishi va hosil qilinishi zarur bo`lgan bilim, malaka,
ko`nikma, odat va tabiat turli ta‘lim usullari vositasida amalga oshiriladi. Ta‘lim usullari -
o`quv materialini nazariy va amaliy o`zlashtirish shakli bo`lib, unda ta‘lim
beruvchi va
ta‘lim oluvchi faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ta‘lim jarayonida ta‘lim usulining
to`g`ri tanlanganligi ta‘limning bilim berish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarining aniq
amalga oshirilishini kafolatlaydi
Ona tili ta‘limni o`rta umumiy ta‘limning tayanch bo`g`inida (V-IX sinflarda)
kognitiv-pragmatik usulda yo`lga qo`yishning afzalligi nimada? Bu,
birinchidan,
o`quvchilarning boshlang`ich ta‘limda xat-savodning asosiy qoidalari, o`zbek adabiy
tilining imlo va talaffuz me‘yorlari bilan, asosan, retroskopik ta‘lim
usulida tanishganlari,
ikkichidan – o`quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olgan holda- endigi navbat ularda
izlanish va topish,
yaratish, ijod malakalarini shakllantirish maqsadi bilan bog`liq. Bu
yoshdagi o`quvchining ongida kundalik hayotida ishlatadigan har bir narsa-buyum, voqea-
hodisa, harakat-holatni o`nlab usul-u turlarda atash va ifodalash imkoniyatlari
mujassamlangan. U axborot manbalari – lug`at, ma‘lumotnoma, o`rganayotgan boshqa
o`quv predmetlari bo`yicha olgan qo`shimcha ma‘lumotlar bilan
ularning sirasini muttasil
boyitib borishi, ona tili imoniyatlaridan maqsadga muvofiq to`g`ri va go`zal foydalana olish
malakalarini o`zida o`qituvchi rahbarligida shakllantirishi lozim. Nazariy-lingvistik
qoidalarni emas, balki mustaqil izlanish asosida ma‘lum bir masala (narsa, belgi-xususiyat,
hodisa, harakat–umuman voqelik) ustida fikr yuritishi, o`z kuzatish va topilmalarini, fikr-u
mushohadasini ona tilining ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanib yozma va og`zaki
shakllarda, ayni bir fikr-ma‘lumotni (masalan, dam olish kunini qanday o`tkazgani haqida)