“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
63
KIMYO FANINI O‟QITISHDA FANLARARO BOG‟LANISH
Xamidov Davlatmurod Xayrulloevich
" Yosh chegarachilar " HAL
Annotatsiya
:
Maqolada kimyo darslarida boshqa fanlar bilan fanlararo aloqalarni
samarali o'rganish va darsning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun foydalanish
zarurligi muhokama qilinadi.
Kalit so‟zlar
:
fanlararo aloqalar, dunyoqarash, axborot, kimyoviy tafakkur.
Ilm fan, texnika va sanoat jadal rivojlanayotgan ijtimoiy ekologik holat keskinlashib
borayotgan bir paytda maktablarda kimyo fanini talab darajasida yangicha o‗qitish zaruriyat
hamda zamon talabi bo‗lib qolmoqda.
Kimyo fanidan o‗quv dasturining asosiy vazifasi kimyoviy tushunchalar va qonunlar
asosida kimyo fanining ahamiyati, zamonaviy texnologiyalaridan
foydalanib yangi
moddalarni olish va ulardan sanoat, qishloq xo‘jaligi , kundalik turmushda,
oilada
foydalanishi O‘zbekistonni ijtimoiy iqtisodiy salohiyatiga katta ta‘sir ko‗rsatishi haqida
o‗quvchilarga puxta bilim berishdan iborat.
Kimyo fani tabiiy fanlar tizimiga kirib matematika, fizika,
biologiya, geografiya,
iqtisod fanlari bilan uzviy bog‗liq. Fanlararo munosabatlar muammosi yangi emas, lekin shu
bilan birga dolzarb bo'lib qolmoqda. Ular yaxlit tizim sifatida atrofdagi dunyo,
tabiat va
odamning birligi, shuningdek har qanday tabiiy hodisani va inson faoliyatini tahlil qilishga
tizimli yondoshish haqidagi g'oyalarni yaxshiroq shakllantirishga hissa qo'shadi.O'tmishning
taniqli o'qituvchilari o'quv jarayonida fanlar o'rtasidagi aloqalarni o'rnatish muhimligini
ta'kidlaganlar. "O'zaro bog'liqlikdagi barcha narsalar bir xilda o'qitilishi kerak", deb yozgan
Y. A. Komenskiy.
Kimyo tabiiy fanlar jumlasiga kirgani uchun uni o‘rganishga kirishishdan oldin va
kimyoni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning boshqa fanlardan
egallagan bilimlariga
tayanish juda muhim ta‘lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Kimyo fanining boshqa fanlar bilan
bog‘liqligini o‘quvchilar ongiga singdirish, ularga o‘zlarini ko‘proq qiziqtirgan
ma‘lumotlarni berish orqali o‘qitish samaradorligini yanada oshirish mumkin.
Kimyo
dunyoni tushunishda va inson faoliyatining turli sohalarida munosabatlarni rivojlantirishda
muhim vositadir. Aniq va tabiiy fanlar fizika, kimyo, biologiya,
astronomiya fanlari
matematika fani bilan chuqur va keng bogʻliklari bilan qayt etib boriladi. Integrativ
manbalarda hamma fanlar rivojlanayotgan ijod mahsuli sifatida hal qilinishi texnologik
integratsiya asosga umumta‘lim jarayonida kompyuterlashtirishga oʻtish, dars
jarayonlarini
aktiv boʻlgan usulda oʻqitish nazarda tutilgan.
Bunda pedagogik jamoada ijodiy oʻsishning oʻquvchilarga foydali, oʻquvchilar ongiga
singdirishning qulay usullarini qoʻllash jarayoni tushuniladi. Aniq va tabiiy fanlarda
integratsion yondashuvda didaktik vazifalrni samarali amalga
oshirish maqsadga muofiq
boʻladi. Tabiiy aniq fanlarni bogʻlash iqtidorli va intiluvchan oʻquvchilarning
matematikaga boʻlgan qiziqishlari ortadi.