I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

 
 
2.3 Sug‘urta biznesini yevropa talablari bo‘yicha turkumlash 
 
Iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlarda sug‘urta kundalik hayotning ajralmas bir 
qismiga aylanganligini alohida qayd etish lozim. Bugungi kunda AQSH, Yaponiya 
va Yevropa Ittifoqi davlatlarida ko‘pchilik fuqarolar faqat o‘z hayotlarinigina 
emas, balki butun mol-mulkini, farzandlarining hayotini to‘liq sug‘urtalagani ayni 
haqiqatdir.
Sug‘urtaning tarix davomida shakllanib kelgan va bugungi kundagi ahamiyati 
nafaqat ko‘zda tutilmagan zararlarni qoplash, balki shu bilan birga jamiyat 
quyidagi funksiyalarni bajarishi bilan ham belgilanadi: 


52 
- sug‘urta ijtimoiy ta’minot vazifasini o‘taydi, ya’ni davlatning muhim 
ijtimoiy elementi bo‘lib hisoblanadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi 
mamlakatlarda aholi himoyasi tizimi davlat ijitimoiy ta’minoti, korporativ 
sug‘urta, yakka tartibdagi sug‘urta, nodavlat pensiya jamg‘armalarini o‘z ichiga 
oladi; 
- sug‘urtaning yana bir funksiyasi iqtisodiy sohaga investitsion resurslarni jalb 
qilish bilan namoyon bo‘ladi. 
Rivojlangan davlatlarning ko’pchilik soni Yevropa davlatlariga borib taqaladi, 
shunday ekan sug’urta biznesini rivojlantirish maqsadida ularning tajribasini 
o’rganib chiqamiz. 
Yaponiya sug‘urta bozori qadimga borib taqalsada, XIX asrlarda shakllana 
boshlagan va XX asrning 70-yillariga kelib sug‘urta kompaniyalarining faoliyati 
ichki iqtisodiy sektorning sug‘urtasiga yo‘naltirilgan edi. Shu bilan birga jahon 
arenasidagi eng asosiy vazifalardan biri turli yapon sug‘urta kompaniya 
mahsulotlarini dunyo sug‘urta bozoriga olib chiqish va sotishni rag‘batlantirish edi. 
Yaponiyaning dunyo sug‘urta bozoriga astoydil kirib borishiga sabab 
mamlakatning turli ko‘rsatkichlarda, xususan iqtisodiy sohada ham ancha ilgarilab 
ketganidadir. Jumladan, oxirgi 55 yilda yalpi eksport hajmi 95 martaga oshib ketdi 
va bu rivojlangan mamlakatlar eksporti hajmidan 3 barobar ko‘p deganidir. 80-
yillarga kelib Yaponiyaning tovar eksportiga yo‘naltirilgan iqtisodiyot kapital 
eksportiga asoslangan iqtisodiyotga aylandi. 70-80 yillarda Yaponiyaning yirik 
sug‘urta kompaniyalari tomonidan savdo ekspansiyalari amalga oshirila boshlandi. 
Bugungi kunda Yaponiya sug‘urta bozorida hayot sug‘urtasi bo‘yicha 31 ta milliy 
va 3 xorijiy kompaniyalar faoliyat yuritadi. Xorij amaliyotida hayot sug‘urta 
sohasining to‘lov koeffitsenti umumiy sohasiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarni 
ko‘rsatadi. Biroq akkumulyativ davrining uzoqligi sug‘urtalovchilarga to‘plangan 
sug‘urta mukofotlarini investitsion faoliyatga yo‘naltirib yuqori daromadlar olish 
imkonini beradi. Bu o‘z navbatida hayot sug‘urtasining mamlakat iqtisodiy va 
ijtimoiy faoliyatida muhim o‘rin tutishini yana bir bora isbotlaydi. Shu maqsadda 
sug‘urtachi polis egasiga moliyaviy instrumentlar yordamida daromad keltiruvchi 


53 
sug‘urta mahsulotlarini takdim etadi hamda kompaniyaning daromadi yuqoriligiga 
erishadi. 
Yaponiyada hayot sug‘urta kompaniyalari umumiy tarmoq sug‘urta 
kompaniyalariga nisbatan kam, biroq hayot sug‘urta mukofotlari ulushi 80% ni 
tashkil qiladi. Sug‘urta faoliyati “Sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga 
solinadi. Sug‘urtalanuvchilar hayot sug‘urtasi va riskli sug‘urtaga oid manfaatlarini 
ko‘zlovchi ikkita Korporatsiya mavjuddir. Ular sug‘urtalovchi bankrot bo‘lgan 
xolatda qoplamalarni to‘lovchi fond bo‘lib hisoblanadi. Sumitomo Life, Nippon 
Life Insurance Company, Mejji Life Insurance Company singari yirik hayot 
sug‘urta kompaniyalari mijozlarga hayot sug‘urtasi takdim etadi va shu bilan bir 
kator investitsion faoliyatdan daromad oladi. Yaponiya sug‘urta kompaniyalarining 
hozirgi kundagi asosiy faoliyati asosan ichki bozorga karatilgan bo‘lib, bozor 
asosiy yirik kompaniyalardan iborat. Xorijiy ishtirokchilar uchun bu bozorga kirish 
oxirgi 15 yil ichida ruxsat berilgan bo‘lib, xorijiy sug‘urta kompaniyalar juda 
kichik segmentni egallagan. Sug‘urta mahsulotlariga asosan individual hayot 
sug‘urtasi, kollektiv hayot sug‘urtasi, sog‘likni saqlash doirasida maxsus dasturlar 
tibbiy sug‘urta va rentalarni kiritish mumkin. 
Hayot sug‘urtasi muddatli va umrbod bo‘ladi. Muddatli hayot sug‘urtasida 
shartnoma ma’lum muddatga (bir yil, 5 yil, 10 yil) yoki ma’lum yosh (70 yosh) ga 
to‘lgunga qadar tuzilib, shu muddat ichida sug‘urta hodisasi yuz bersa sug‘urta 
summasi to‘lab beriladi. Muddatli sug‘urtaning shartnoma tugagunga qadar 
doimiy, sug‘urtaga aylanadigan va shartnoma tugaganidan so‘ng sog‘ligiga bog‘lik 
yoki bog‘liq bo‘lmagan holda doimiy sug‘urtaga aylanadigan turlari mavjud. 
Umrbod sug‘urta turida insonning butun hayoti davomiyligiga shartnoma tuziladi 
va bu dastur qimmatroq hisoblanadi. Mijoz hayot sug‘urtasidan oladigan daromadi 
sug‘urta kompaniyasi tanlagan bankning foizlariga yoki aksiya dividendlariga 
bog‘liq bo‘ladi. Umrbod hayot sug‘urtasi ikki xil bo‘ladi. Universal sug‘urta 
to‘lovlar qatiy belgilanmagan va mijozning ikoniyatlariga qarab o‘zgarib turadigan 
hamda an’anaviy sug‘urta - sug‘urta badallari va summasi shartnoma oxirigacha 
bir xil bo‘lib o‘zgarmay qoladigan sug‘urta. 


54 
Doimiy sug‘urtaning universal turida mijoz moliyaviy holatni o‘zi boshqarish 
imkoni paydo bo‘ladi, ya’ni yillik sug‘urta badallari mikdorini har yil o‘zining 
mavjud ehtiyoj va imkoniyatiga qarab o‘zgartirishi mumkin. Bunda tushgan 
sug‘urta mukofoti uch qismga ajratiladi. Birinchi qismi sug‘urta hodisasi yuz 
berganda to‘lov uchun ajratilsa, ikkinchi qismi daromad olishga yo‘naltiriladi. 
Olingan daromad hisobiga sug‘urta badallarini to‘lab borish imkoni mavjud bo‘lib, 
ko‘p yil mobaynida ham sug‘urta mukofotlari, ya’ni sug‘urta badallari sezilarli 
o‘zgarmasligi mumkin. Uchinchi qism sug‘urta kompaniyalari xarajatlarini 
koplash uchun ajratiladi. Demak, badallar va sug‘urta summasi natijaviy mikdori 
daromad olishga yo‘naltirilgan qismdan keladigan foizga bog‘liq bo‘ladi.
 
Sug‘urta mahsulotlarining ommabop bo‘lishi aholining turmush tarzi 
o‘zgarishiga bog‘liq. Masalan, Yaponiyada kech turmush qurish odatiy tusga kirib 
yolg‘iz yashab qolayotgan insonlar soni ortib bormoqda. Insonlarning hayotiy 
bosqichlari turli hodisalardan iboratligini inobatga olib Yaponiya hayot sug‘urta 
kompaniyalari aralash sug‘urta turlariga asosan vafot etishdan, tibbiy yordam, 
g‘amxo‘rlik, jamg‘arma va pensiya, farzand ko‘rish va boshqa sug‘urta turlarini 
jamlanmasini 
kiritishadi. 
Shuningdek, 
sug‘urtalanuvchi hayotining turli 
bosqichlarida tanlangan sug‘urta mahsulotlarini qayta ko‘rib chiqishi va 
o‘zgartirish kiritishi mumkin bo‘ladi. Tibbiy sug‘urtaning jamg‘arib boriladigan 
sug‘urta turlariga kiritilishi mijozlarga sug‘urtaning aralash turlarini keng tanlash 
imkonini yaratadi. 
Yaponiyada bugungi kunda asosan quyidagi hayot sug‘urta turlari ommabop 
hisoblanadi
7

1.
Ma’lum holatlarga sug‘urtalanish: 
- sug‘urtalanuvchini butun umri davomida vafot etishidan sug‘urta qilish 
(umrbod sug‘urta); 
-sug‘urtalanuvchini ma’lum muddatga vafot etishdan sug‘urta qilish; 
-ma’lum muddatga vafot etishdan sug‘urta va qo‘shimcha ta’minotli sug‘urta 
7
Karim Barigou. Ze chen. Jan Dhaene. Fair dynamic valuation of insurance liabilities. 2019. 
https://doi.org/10.1016/jocn. 


55 
qilish. Masalan, har 3 yilda qo‘shimcha 3% li nafaqa va muddat tugaganda 30% 
nafaqa bilan ta’minlanish. 
2.
Og‘ir kasalliklar, kasalga g‘amxo‘rlik va boshqalardan sug‘urta: 
-serebral insult, o‘tkir infarkt miokard, saraton va vafot etish holatlarini qamrab 
oluvchi sug‘urta turi. 
3.
Jismoniy nogiron bo‘lishdan va vafot etish holatlaridan sug‘urta qilish 
turlari. 
4.
Hamshirani talab qiluvchi kasalliklar va o‘lim holatlarini qamrab oluvchi 
sug‘urta turlari. 
5.
Gospitalizatsiya va xirurgik yordamni o‘z ichiga oluvchi sug‘urta turi. 
6.
Nafaqa yoshiga chiqish va kelgusidagi daromadlarni shakllantirishni 
ko‘zda tutuvchi sug‘urta turlari. 
Albatta bu sug‘urta turlarining kombinatsiyalashgan turlari ham ishlab 
chiqilib, mijozga hayoti davomida xohlagan dasturga almashish imkoni beriladi va 
oxirigacha bitta sug‘urta kompaniyasini tanlashi va o‘zining oila a’zolarini ham 
shu kompaniyada sug‘urtalashi uchun e’tibor karatiladi. Yaponiyada yaratilayotgan 
sug‘urta mahsuloti asosan yoshi va jinsi, yashash tarzi, hududi bo‘yicha 
segmentlarga xos qilib yaratiladi. Bundan ko‘rinadiki, mahsulot yaratishda mijozga 
mo‘ljal olish va bozorni segmentlarga ajratish O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari 
uchun ham samarali yo‘l bo‘lib hisoblanadi. 
Yaponiyada hayot sug‘urtasi savdosini pochta bo‘linmalari orqali amalga 
oshirish ommabop hisoblanadi. Shuningdek 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish