I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi


-rasm. Sug’urta biznesini sug’urta faoliyati bo’yicha turkumlash



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

1-rasm. Sug’urta biznesini sug’urta faoliyati bo’yicha turkumlash
4
Sug’urta biznesida ikkita yo’nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Bevosita 
“sug’urta” deyilganda ko’z oldimizga har xil risklar keladi, shunday ekan bu 
yo’nalishlarning ham asosiy vazifasi risklarni oldini olish hisoblanadi. Hayot 
4
Muallif ishlanmasi 


36 
sug’urtasi bo’yicha biznes jarayonlarining yuzaga kelishi shaxsiy sug’urta 
tarmog’ining asosini tashkil etib, mazkur sug’urta orqali insonning hayoti uning 
vafot etishidan, ma’lum yoshga etishidan, kasallikdan, baxtsiz hodisadan, inson 
hayotidagi muhim voqealar hisoblanuvchi farzand tug’ilishi, nikohga kirishish va 
boshqa holatlar natijasida yuzaga keladigan moddiy manfaatlar tomonlar o’rtasida 
ixtiyoriylik asosida tuzilgan sug’urta shartnomasida kelishilgan sug’urta summasi 
doirasida sug’urtalovchi tomonidan qoplab berilishidan iborat sug’urta faoliyati 
bo’lib xizmat qiladi. 
Hayot sug’urta kompaniyalari faoliyatining olib borilishi hamda hayot 
sug’urtasidan samarali foydalanish yo’llarini nazariy va amaliy jihatdan tadqiq 
etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, hozirgi paytda
 
sug’urta kompaniyalari 
jahondagi har bir davlatning eng muhim moliyaviy institutlaridan biri hisoblanadi. 
Uning samarali faoliyat ko’rsatishi iqtisodiy o’sishning sifatiga, ijtimoiy 
farovonlikning darajasiga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va milliy 
iqtisodiyotda investitsion faoliyatni rivojlantirish masalalariga bevosita ta’sir 
ko’rsatadi. Xuddi shuning uchun ham sug’urta biznesini rivojlantirish uchun 
avvalo, hayot va umumiy sug’urta tarmog’iga katta e’tibor qaratish lozim.
Ma’lumki, sug’urta biznesida sug’urta kompaniyasi belgilangan to’lov 
(sug’urta mukofoti) evaziga o’z mijozining risklarini qabul qiladi. Sug’urta 
kompaniyasi mijoz o’zida saqlab tara olmaydigan risklarni sug’urtaga qabul qiladi, 
chunki u risklarni umumlashtirish prinsipidan foydalanadi. Misol tariqasida bir yil 
muddatga vafot etishdan sug’urtalashni olib qaraydigan bo’lsak, sug’urta 
kompaniyasi biladiki, sug’urtalanganlar soni qanchalik ko’p bo’lsa, ularga nisbatan 
sug’urta davri mobaynida vafot etadiganlar soni kam bo’ladi. Bunday natijani har 
qanday odam ham va ehtimollar nazariyasi qonuniyati ham tasdiqlaydi. Bu 
sug’urtalanuvchidan kam miqdordagi sug’urta mukofotini olish bilan katta 
javobgarlikni zimmaga olish imkoniyatini beradi. Demak, hayot sug’urtasiga 
nisbatan kutiladiga talab bevosita sug’urta shartnomasini rasmiylashtirish tomon 
yetaklaydi. Hayot sug’urtasi shartnomalarining asosiy turlari boshqalaridan ko’ra 
muhim mezonlar va xususiyatlarini (komponentlarini) ochib berib, turli xil hayot 


37 
sug’urtasi shartnomalarining yo’nalishlarini aniqlab olib, sug’urta bozorida ko’p 
ishlatiladigan sug’urta shartnomalari majmualarini yaratish mumkin. Hayot 
sug’urtasi amaliyotida sug’urta polislarining muhim ahamiyatga ega bo’lgan uchta 
bazaviy turini ajratish mumkin: 
-
tezkor hayot sug’urtasi - aniq muddatga vafot etishdan sug’urta qilish. 
Sug’urta kompaniyasi sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan mukofotni sug’urta 
hodisasi qachon yuz berishidan qat’iy nazar, shartnoma muddatida yuzaga kelgan 
bo’lsa to’lab berishi shart; 
-
umrbod hayot sug’urtasi - shaxs hayotini umrining oxirigacha shartnoma 
tuzilgan vaqtdan boshlab sug’urta qilishi tushuniladi. Sug’urta kompaniyasi 
sug’urta shartnomasi tuzilgan vaqtdan boshlab sug’urta hodisasi yuzaga kelganda 
sug’urta summasini to’lab berishga majburdir;
-
aralash hayot sug’urtasi - shaxsni ma’lum muddatga ham o’lim ham qolgan 
umrini sug’urta qilish hisoblanadi. Sug’urta kompaniyasi shartnoma amal qilib 
turgan muddatda o’lim hodisasi yuz berganda yoki shartnoma muddati tugagan 
vaqtda sug’urtalanuvchi hayot bo’lsa shartnomada ko’rsatib o’tilgan sug’urta 
summasini to’lab berishi shart.
Hayotni uzoq muddatga sug’urta qilish shakli – bu sug’urtalangan shaxsning 
butun umri davomida vafot etishidan sug’urtalash bo’lib, bunda sug’urta hodisasi 
qayerda va qachon yuz berishi hech qanday rol o’ynamaydi. Shartnomada
sug’urtalanuvchining sug’urtalovchi daromadida ishtirok etishi, investitsion 
daromadidagi ishtiroki va boshqa shu kabi holatlar ko’zda tutiladi, bu sug’urta 
hodisasining qachon yuz berishiga qarab sug’urta summasining turlicha bo’lishiga 
olib kelishi mumkin. Sug’urta shartnomasning muddati belgilanmaydi. Sug’urta 
mukofoti bir marotabada yoki bo’lib-bo’lib sug’urta shartnomasi amala qilishi 
davomida to’lab borilishi mumkin. Sug’urtalangan shaxs 75-80 yoshga to’lgandan 
keyin sug’urta mukofotini to’lashdan ozod etiladi.


38 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish