I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

 
 
2.2 Sug‘urta biznesini ob’ektlari bo‘yicha turkumlash 
 
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlar sifat jihatidan yangi 
bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu jarayonda sug‘urta faoliyati ham rivojlanib, ravnaq 
topmoqda. Sug‘urta instituti bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi sifatida uning 
rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, sug‘urta faoliyatida risklar 
transferi ham o‘z navbatida, bozor infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga 
bog‘liqdir.
Mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish, sug‘urta tashkilotlarining 
samarali faoliyat yuritishi uchun huquqiy, tashkiliy-texnik sharoitlar yaratish, aholi 
va mijozlar uchun qulay joy va hududlarda sug‘urta xizmatlari shoxobchalarini 
tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning 
samarasida yil sayin mahalliy kompaniyalar soni ortmoqda va bu sug‘urta bozorida 
sog‘lom raqobat muhitini yaratish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining 
oshishiga xizmat qilmoqda. Sug’urta biznesini o’rganishda ob’yektlar bo’yicha 
turkumlash sug’urta bozoriga yanada chuqurroq kirishimizni ta’minlab beradi.
Sababi, o’rganmoqchi bo’lgan ob’yekt haqida o’rganuvchi qanchalik aniq 
ma’lumotlarni to’play olsa, dastlabki tasavvurlar bilan bir qatorda uning 
kamchiliklari ham ko’zga tashlana boshlaydi va rivojlantirshga keng imkoniyat 
ochiladi. biz sug’urta biznesini hayot va umumiy ob’yekti bo’yicha 
turkumlanishini quyida keltirilgan rasm ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkin:
 


43 
2-rasm. Hayot sug’urtasi bo’yicha ob’yekt turlari 
Hayot va annuitetlar ob’yekti, sug‘urta summalari to‘lash bo‘yicha 
sug‘urtalovchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi, bir yildan ortiq muddatga 
amal qiluvchi hayotni sug‘urta qilish turlari jami: 
- sug‘urta qilinuvchining sug‘urta muddati tamom bo‘lgungacha yoki sug‘urta 
shartnomasida belgilangan yoshgacha yashashi; 
- sug‘urta qilinuvchining vafot etishi; shuningdek sug‘urta shartnomasi amal 
qilishi davridagi joriy to‘lovlar ya’ni annuitetlarni ifodalaydi. 
Nikoh va tug‘ilish - nikohga kirishda yoki bola tug‘ilganda sug‘urta summasi 
to‘lanishini ta’minlovchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sug‘urta 
qilish turlari jami. 
Hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish - umrbod renta to‘lanishi bilan 
birgalikda hayotni sug‘urta qilish turlari jami. 
Sog‘liqni sug‘urta qilish-ko‘rsatib o‘tilgan sug‘urta davri kamida besh yildan 
kam bo‘lmagan muddatga yoki sug‘urta qilinuvchining pensiya yoshiga etguniga 
qadar belgilanishi sharti bilan baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa 
yoki kasallik yoki kasallanish tufayli qattiq shikastlanish natijasida mehnatga 
layoqatlilikni yo‘qotganda sug‘urta summalari to‘lanishini ta’minlovchi hayotni 


44 
sug‘urta qilish turlari jami. Bunda shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta davri 
sug‘urtalovchi tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi yoki 
o‘zgartirilishi mumkin emas. 
Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish- Quyidagi hollarda: 
a) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida sog‘liqning 
qattiq shikastlanishi, yoxud; 
b) baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan 
taqdirda, yoxud; 
v) kasallik yoki muayyan turdagi kasallik natijasida mehnat qobiliyatini 
yo‘qotish, shu jumladan ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari, biroq 
2-klass va IV klass bo‘yicha sug‘urta shartnomalarini istisno qilgan holda, sug‘urta 
qilingan shaxsga sug‘urta ta’minotining belgilab qo‘yilgan pul summasi yoki pul 
kompensatsiyasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami. 
Kasallikdan ehtiyot shart sug‘urta qilish-Sug‘urta ta’minotining belgilab 
qo‘yilgan pul summasi to‘lanishini yoki kasallik yoki sog‘liqning izdan chiqishi 
munosabati bilan sug‘urta qildiruvchining pul kompensatsiyasi (yoki uning ham, 
buning ham kombinatsiyasi)ni ta’minlovchi sug‘urta turlari jami, biroq hayotni 
sug‘urta qilish tarmoqlarining IV klassi bo‘yicha shartnomalarni istisno qilgan 
holda. 
Umumiy sug’urta biznesini biz quyidagi turlarga ajratishimiz mumkin: 
1. mulkiy sug‘urta; 
2. shaxsiy sug‘urta;
3. javobgarlik sug‘urtasi; 
4.
tadbirkorlik bilan bog’liq xavf - xatar sug’urtasi. 
1.
Mulk sug‘urta ham o’z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: 
-
yuridik shaxslar mol-mulkini sug‘urtalash; 
-
jismoniy shaxslar mol - mulkini sug‘urtalash. 
2.
Shaxsiy sug‘urtalash quyidagilarga bo‘linadi: 
-
hayotni sug‘urta qilish; 
-
baxtsiz hodisalardan fuqarolarni sug’urtalash; 


45 
-
tibbiy sug‘urtalashdan iborat. 
3.
Javobgarlik sug‘urtasi quyidagilarga bo‘linadi: 
-
fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi (transport egalari, sanoat va qurilish - 
montaj korxonalari, tovar ishlab chiqaruvchilar va boshqalar);
-
kasbiy javobgarligi sug’urtasi (vrach, yurist, hisobchilar va x.k.). 
4.
Tadbirkorlikka bilan bog’liq xavf - xatar sug‘urtasi quyidagilarga bo‘linadi: 
-
tadbirkorlik tavakkalchiligini sug‘urtalash (savdo-sotiq tavakkalchiligini,
ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishdagi xavf - hatar); 
-
moliya tavakkalchiligini sug‘urtalash (to’lanmagan kredit xatari). 
-
xavf - xatar turlari bo’yicha guruhlash mol-mulk strukturasiga tegishli soha 
hisoblanadi. Bunda sug‘urta puli mol-mulkning shartnoma tuzilayotgan vaqtda 
haqiqiy qiymatidan oshmasligi kerak. Bu sohada guruhlash quyidagi 
yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
-
uy -joyni yong’in va boshqa ofatlardan;
-
qishloq xo’jaligi ekinlarini qurg’okchilik kabi tabiiy ofatlardan sug‘urtalash 
(masalan, O‘zbekistonda ketma - ket 3 yil qurg’oqchilik bo’ldi, ko’pgina fermer 
xo’jaliklari zarar ko’rdi, vaqtida sug‘urtalangan xo’jaliklarning zarari qoplandi, 
sug’urtalanmagan, ishiga befarq qaragan fermer xo’jaliklari esa og’ir ahvolda 
qoldi. Shu bilan bir qatorda, sug’urta biznesida sug’urta faoliyatini amalga oshirish 
sug‘urtalashning majburiy yoki ixtiyoriy qilish orqali amalga oshiriladi. Majburiy 
va ixtiyoriy sug‘urtaning bir biridan farqi, shundaki, majburiy sug‘urta yoppasiga 
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, ixtiyoriy sug‘urta esa tanlov yo‘li bilan, 
sug‘urtalanuvchining xohish istagi bilan amalga oshiriladi. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda quyidagi sug‘urta turlari majburiy hisoblanadi; 
-
qurilish - montaj ishlari;
-
avtofuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish; 
-
ish beruvchining fuqorolik javobgarligini sug‘urtalash; 
-
tashuvchining fuqorolik javobgarligini sug‘urtalash; 
-
xavfli sohalardagi ishlovchi ishchi xizmatchilarni sug‘urta qilish. 


46 
Sug’urta biznesi xususiyatlariga ko’ra ham shaxsiy, mulkiy va javobgarlik 
sug‘urta bozorlariga bo’linadi. Ma’lumki, sug‘urta bozorlari, ko’pincha maxsus 
kredit va sarmoya institutlari funksiyalarini bajaradi. Shu bois sug‘urta 
kompaniyalarda katta mablag’lar to’lanadi. Bu mablag’lar qimmatli qog’ozlarga 
aylanib bozorlarda uzoq muddatli kredit berish imkonini tug’diradi. Shu sababdan 
sug‘urta kompaniyalari moliya bozorida ham mavqeyga ega bo’ladi bularning qay 
darajada mavqei egallab turishini esa sug’urta biznesi ko’rsatib beradi.
Mol-mulk sug‘urta qilinganda sug‘urta puli mol-mulkning shartnoma 
tuzilayotgan vaqtdagi haqiqiy qiymatidan oshmasligi lozim. 
Mulk sug‘urtasining shartlari. 
Mol-mulk sug‘urtasining tarif stavkalari quyidagicha tarmoqlanadi: 
-
sanoat va boshqa xo’jalik tarmoqlari; 
-
mol-mulkning to’la yoki qisman sug’urtalanishi bo’yicha tarmoqlar; 
-
mol-mulkning bir necha sug‘urta xodisalardan sug‘urtalanishi bo’yicha 
tarmoqlar. Odatda sug‘urta hodisasi sodir bo’lgandan so’ng sug‘urtalanuvchi bu 
haqida 3 kun muddatda sug‘urta tashkilotiga xabar berishi kerak. Maxsus 
komissiya sug‘urta xodisasi sabablarini o’rganadi va zarar qiymatini aniqlaydi. 
Ko’rilgan zararning hisob-kitobi 10 kun muddatda aniqlanadi. Sug‘urta 
qoplamalari 20 kun ichida to’lanadi. Bu shartlar sug‘urta tashkilotlarida har xil 
bo’lishi mumkin. 
Shaxsiy sug‘urtada sug’urtalovchi sug‘urta pullarini vaqtida undirish, hodisa 
yuz berganda zararni qoplash majburiyatini zimmasiga oladi. 
Sug‘urta pullari fuqarolarni xohish va imkoniyatlarini hisobga olgan holda 
belgilanadi. 
Shaxsiy sug‘urta quyidagi turlarga bo’linadi:
-
majburiy va ixtiyoriy; 
-
uzoq muddatli va qisqa muddatli. 
Sug‘urtaning turlari buyicha alohida shartnoma tuziladi. Bu shartnomalar 
muddati har xil: sug‘urta turlariga qarab 1, 10 va inson umrining oxirigacha 
muddatga sug‘urtalash mumkin. 


47 
Shaxsiy sug‘urta xodisalariga quyidagilar kirish mumkin: 
-
insonni baxtsiz xodisa oqibatida shikastlanishi; 
-
odamlarni turli -tuman sifatsiz oziq-ovqatdan zaxarlanishi; 
-
insonlarning baxtsiz xodisa oqibatida nogiron bo’lishi; 
-
baxtsiz xodisa tufayli oyoq —qo’lni sinishi, kuyish oqibati, noto’gri tibbiy 
davolash natijasida kerakli a’zolarni jaroxatlanishi. 
Shaxsiy sug‘urtalash turkumlari quyidagicha: 
-
hayotni sug‘urtalash; 
-
baxtsiz xodisalardan sug‘urtalash; 
-
tibbiy sug‘urtalash.
Hayotni aralash sug‘urtasi turi ham mavjud. Shaxsiy sug‘urtada hayotni
aralash sug‘urtalash muhim o’rin tutadi. Bunga baxtsiz xodisalardan sug‘urtalash, 
vafot etish hodisasidan sug‘urtalash va boshqalar kiradi. Hayotni aralash 
sug‘urtalash shartnomasi 1 yildan xatto 10-15 yilgacha bulishi mumkin. 
Tibbiy sug‘urta. Bunday sug‘urta tuzilayotganda sug‘urtalanuvchi, albatta, 
tibbiy (vrach) ko’rigidan o’tishi lozim, SPID ga qarshi testdan o’tishi kerak. 
Sug‘urtalanuvchining salomatligi talabga javob bergandagina u bilan sug‘urta 
shartnomasi tuziladi. 
Tadbirkorlik tavakkalchiligi sugurtasi. Har bir tadbirkor o’zining yo’qotishi 
mumkin bo’lgan faoliyatini zarar ko’rishdan sug’urtalab qo’yadi. Uning faoliyati 
tashabbusiga, sohani yaxshi bilishiga, shart-sharoitni o’rganishiga bog’liq. Omadi 
kelsa, foyda oladi, aksida zarar ko’radi, chunki u faoliyatini tavakkalchilik asosida 
yurg’izadi. Tadbirkor ish boshlashdan avval sug‘urta tashkiloti bilan shartnoma 
tuzadi. Sug‘urta tashkiloti tadbirkorga ko’radigan zararlarni oldini olish va ularni 
kamaytirishga ko’mak beradi. 
Tadbirkor zarar ko’rishi mumkin hollar: 
-
ishlab chiqarish va savdoda buzilish bo’lsa; 
-
bozor sharoiti o’zgarsa; 
-
tovar yetkazib beradigan tomon shartnomani buzsa va iste’molchi 
shartnomaga rioya qilmasa. 


48 
Sug‘urta tashkilotlari tadbirkor ko’rgan barcha zararni, qoplashga harakat
qiladi. Sug‘urta summasini aniqlashda shartnomada ikki xil usul qo’llaniladi: 
sug‘urta summasi, sug‘urta operatsiyalariga ishlatilgan mabag’lar asosida 
belgilanadi. Demak, sug’urta biznesi ob’yekt bo’yicha sug’urta bozorini tahlil qilar 
ekan, unda yuzaga keladigan risklarni chetlab o’tmaydi, negaki, sug’urta biznesiga 
eng ko’p ta’sir qiladigan narsa bu risk hisoblanadi. Shunday qilib, sug’urta biznesi 
riskni ham alohida xarakterlaydi. 
Risklarni sof va sun’iy risklarga ajratish mumkin. Aslida esa risklarni minglab 
turlarini uchratishimiz mumkin. Sof risklarga tabiiy, siyosiy, transport va tijorat 
risklarining bir qismi (mulkiy, ishlab chiqarish va savdo) kiradi. 
Sun’iy risklar tijorat riskining bir qismi bo‘lgan moliyaviy risklar tarkibida 
hisoblanadi. Risklar paydo bo‘lish sabablariga ko‘ra tabiiy, ekologik, siyosiy, 
transport va tijorat risklariga bo‘linadi. Zilzila, suv toshqini, bo‘ron, chaqmoq 
urishi, yong‘in va har xil yuqumli kasalliklar tabiiy risklar hisoblanadi. Atrof-
muhitni ifloslanishi bilan bog‘liq risklar ekologiya risklari hisoblanadi. Siyosiy 
risklar bevosita hukumat tomonidan urush holatlarini e’lon qilinishi, harbiy 
harakatlar, fuqarolar g‘alayonlari, ish tashlashlar, davlat tuzumining o‘zgarishi, 
qonunchilik hujjatlarining o‘zgarishi ehtimollarini o‘z ichiga oladi. Tijorat 
risklari xo‘jalik yurituvchi sub’etlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni amalga 
oshirish jarayonida yuzaga kelishi bilan faraqlanadi. Investitsion loyihalarni 
amalga oshirishda kredit riski, operatsiya riski, huquqiy risk, mamlakat riski, 
transfert riski, bozor riski, foiz riski, likvidlilik riski, reputatsiya riski, siyosiy 
risklar, tadbirkorlik risklari yuzaga keladi. 
Shuni alohida ta’kidlab joizki, sug’urta biznesi sug’urta kompaniyalarining 
ish yuritish samaradorligini belgilab, sug’urta bozori va sug’urta faoliyatini 
tartibga solishda ishtirok etuvchi ob’yekt bo’lib hisoblanadi. Sug’urta faoliyatini 
tartibga solish esa quyidagi mustahkamlangan manbaa asosida o’rganiladi. 
1.
Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi umumfuqarolik qonunchiligi; 
2.
Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus sug‘urta qonunchiligi; 


49 
3.
Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi tegishli vazirlik va idoralarning 
qarorlari va me’yoriy hujjatlari. 
Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi umumfuqarolik qonunchiligi birinchi 
galda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1 va 2-qismlari, soliq 
kodeski, banklar to’grisidagi qonun hamda bir qator shunga o‘xshash huquqiy-
normativ hujjatlar joy olgan. 
Fuqarolik qonunchiligi fuqarolik huquqiy munosabatlari sub’yektlari orasida 
yuzaga keladigan mulkiy va nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu 
munosabatlarning sub’yektlari bo‘lib fuqarolar, korxona va tashkilotlar hamda 
davlat boshqaruv organlari hisoblanadi. Fuqarolik huquqiy munosabatlarining 
ob’ekti bo‘lib moddiy va nomoddiy boyliklar hisoblanadi. Sug‘urta 
munosabatlarining ob’ekti bo‘lib esa moddiy va pul ko‘rinishidagi qimmatliklar 
(mulk, xarajatlar, daromadlar) va insonning shaxsiy nomoddiy boyligi – hayoti, 
sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va shu kabi sug‘urta shartnomasi amal qilish davrida 
sog‘liqni yo‘qotilishi yoki vafot etish hodisasi bilan oilaviy daromadni yo‘qotilishi 
bilan bog‘liq bo‘lgan qaltisliklar hisoblanadi. Sub’yekti bo‘lib, sug‘urtalovchilar, 
sug‘urta qildiruvchilar va uchinchi shaxslar hisoblanadi. Bulardan ko‘rinib 
turibdiki, sug‘urta munosabatlari umumfuqarolik huquqlari asosida tartibga 
solinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1-qismida sug‘urtaviy 
huquqiy munosabatlar, ya’ni jismoniy va yuridik shaxslar, tijorat va notijorat 
faoliyat, tadbirkorlik faoliyatining asosiy tashkiliy-huquqiy shakllari kabi 
tushunchalar mavjud. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqorolik kodeksining “Sug‘urta” deb atalgan
52-bobi qayd etilgan bo‘lib, unda iqtisodiy munosabatlarning alohida turi sifatida 
sug‘urta munosabatlarining asosi belgilangan.
Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus sug‘urta qonunchiligi. Bu turga 
sug‘urta masalalarini boshqaruvchi va tartibga soluvchi O‘zbekiston 
Respublikasining alohida qonunlari kiradi. Bunday qonunlarga O‘zbekiston 
Respublikasining 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati 


50 
to‘g‘risida”gi, 2015 yil 26 mayda qabul qilingan “Tashuvchining fuqorolik 
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi, 2008 yil 21 aprelda qabul 
qilingan “Transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta 
qilish to‘g‘risida”gi, 2009 yil 16 aprelda qabul qilingan “Ish beruvchining 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonunlar hamda 
Prezident qarorlari va farmonlari kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni 
sug‘urta bozoridagi barcha sug‘urtalovchilar uchun sug‘urtani amalga oshirishlari 
uchun birdek sharoit yaratish, sug‘urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya 
qilishni kafolatlash, sug‘urta ishini tashkil etishning yagona metodik qo‘llanmasini 
belgilash va sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy 
tamoyillarini belgilashda namoyon bo‘ladi.
Sug‘urta munosabatlarini va ularning qatnashchilarini huquqiy tartibga solish 
jarayonida ularning huquq va majburiyatlari belgilangan bo‘lib, sug‘urtalovchi 
sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan shartlar va muddatlarda 
sug‘urta himoyasini taqdim etadi. Sug‘urta qildiruvchi esa sug‘urtalovchiga 
shartnomada shartlashilgan sug‘urta mukofotini belgilangan muddatda va xajmda 
to‘lash orqali ularning huquq va majburiyatlari amalga oshiriladi. 
Yuqoridagi birinchi va ikkinchi tur qonunchilikda sug‘urta munosabatlarining 
asosiy tushunchalari, majburiy va ixtiyoriy sug‘urta shartnomalariga bo‘lgan 
umumiy talab qayd etiladi. Qonun osti xujjatlarida esa sug‘urta faoliyatidagi 
alohida masalalar bo‘yicha talablar belgilangan bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 920-moddasi shartlariga 
ko‘ra, shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sug‘urtalovchi) boshqa taraf 
(sug‘urta qildiruvchi) to‘laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta 
mukofoti) evaziga sug‘urta qildiruvchining o‘zining yoxud shartnomada 
ko‘rsatilgan boshqa fuqaro (sug‘urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga 
zarar yetkazilgan, u muayyan yoshga to‘lgan yoki uning hayotida shartnomada 
nazarda tutilgan boshqa voqea (sug‘urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada 


51 
shartlashilgan pulni (sug‘urta pulini) bir yo‘la yoki vaqti-vaqti bilan to‘lab turish 
majburiyatini oladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 914-moddasiga asosan 
shaxsiy sug‘urta shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi. Shu munosabat 
bilan bu turdagi sug‘urta shartnomasiga mazkur Kodeksning ommaviy 
shartnomaga oid shartlari ham tadbiq etiladi. 
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi kimning foydasini ko‘zlab tuzilgan bo‘lsa, 
o‘sha shaxs sug‘urta pulini olish huquqiga ega bo‘ladi. Agar shartnomada naf 
oluvchi sifatida boshqa shaxs ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shaxsiy sug‘urta shartnomasi 
sug‘urtalangan shaxs foydasiga tuzilgan hisoblanadi. Boshqa naf oluvchi 
ko‘rsatilmagan shartnoma bo‘yicha sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, 
sug‘urtalangan shaxsning merosxo‘rlari naf oluvchilar deb tan olinadi. 
Ta’kidlash lozimki, sug‘urtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, 
shu jumladan sug‘urtalangan shaxs hisoblanmaydigan sug‘urta qildiruvchi 
foydasiga shaxsiy sug‘urta shartnomasi faqat sug‘urtalangan shaxsning yozma 
roziligi bilangina tuzilishi mumkin. Bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, sug‘urta 
shartnomasi sug‘urtalangan shaxsning da’vosi bo‘yicha, bu shaxs vafot etgan 
taqdirda esa, uning merosxo‘rlari da’vosi bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi 
mumkin.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish