I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

 
Nazorat savollari 
1.
Sug’urta biznesi sug’urta faoliyati bo’yicha qanday turlarga ajratiladi? 
2.
Hayot sug’urta biznesi faoliyati bo’yicha turkumlanishini tushuntirib 
bering?
3.
Umumiy sug’urta biznesi tarkibini sanab bering? 
4.
Sug’urta biznesini sug’urta ob’yekti bo’yicha qanday turlarga ajratish 
mumkin? 
5.
O’zbekiston sharoitida shakllanadigan sug’urta mukofotlarining ulushi 
ixtiyoriy va majburiy sug’urtada qanday aks ettirilgan? 
6.
Xorijiy mamlakatlar sug’urta biznesida sug’urta faoliyatini turkumlash 
jarayonini tushuntirib bering? 
7.
Xorijiy mamlakatlarda sug’urtasida biznes jarayonlari qanday tashkil 
qilingan? 


61 
III BOB. SUG‘URTA MAHSULOTINI SOTISH VA UNI YARATISH 
TEXNOLOGIYASI 
 
3.1 Sug‘urta mahsulotiga bo‘lgan talabni o‘rganish va sug‘urta mahsulotini 
yaratish texnologiyasi 
 
Sug‘urta mahsuloti – sug‘urtalanuvchiga sug‘urta shartnomasi tuzish orqali 
taqdim etiladigan asosiy va yordamchi xizmatlar yig‘indisidir. Sug‘urtalovchining 
marketing strategiyasi quyidagilar orqali amalga oshiriladi: 

sug‘urta mahsuloti sohasidagi siyosat; 

narx-navo siyosati; 

sug‘urta mahsulotining sotilishini tashkil etish usuli va taqsimot siyosati; 

sotuvni rag‘batlantirish va o‘tkazish tizimlari; 

iste’molchilar bilan muloqot (ijtimoiy munosabatlar va sug‘urta xizmatlari 
reklamasi va boshqalar). 
Bu strategiyani savodli va samarali amalga oshirish uchun uning barcha 
vositalarini o‘zaro aloqadorlikda hamda o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ko‘rib 
chiqish zarur. Biron vositaga taa’lluqli u yoki bu qarorning qabul qilinishi umumiy 
holatda sug‘urtalovchi marketing siyosatining boshqa tarkibiy qismlaridagi qaysi 
imkoniyatlarni afzal ko‘rishiga qarab belgilanadi. Shuningdek, sug‘urta bozorlari 
va mahsulotlarining dinamikasini hisobga olish ham muhim ahamiyatga ega. 
Sug‘urta marketingi sohasidagi ko‘pgina mutaxassislar aynan mahsulot marketing 
strategiyasining hal qiluvchi bo‘g‘inini tashkil etadi deb hisoblaydilar. 
Sug‘urta mahsulotlari sotuvini tashkil etishda uning marketing ifodasi asosiy 
o‘rin tutadi. Sotuvni yuksak darajada o‘tkazilishini ta’minlash uchun sug‘urta 
mahsuloti iste’molchi uchun tushunarli bo‘lgan va uning sotib olinishini 
oqlaydigan bir yoki bir necha g‘oyaga ega bo‘lishi, raqobatchilarning xuddi shu 
turdagi mahsulotlaridan afzal bo‘lishi, o‘xshash turdagi mahsulotlar orasida 
narxining balandligi bilan ajralib turmasligi shart. Tajribaning ko‘rsatishicha, 
sug‘urta mahsulotlari sotilishining ancha ko‘tarilishida mahsulot iqtisodiy 


62 
mexanizmining, hamda mahsulotni ta’minlab beradigan manfaatlarning mijozlar 
tushunishi uchun oson bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Insonlarni yuzida nur paydo etishdan ham foydaliroq bo'lgan boshqa 
natijalarga ham erishish mumkin. Biroq, shunga qaramay, bu ko'p hollarda sug'urta 
agenti mijozlarga u yoki bu xizmatni ko'rsatganida va moliyaviy mahsulotni to'q’ri 
sotganida qo'shadigan hissasining qiymatini anglab yetganida oladigan 
mukofotidir. Bu agentlar mijozlari o'zlari kutgan narsani olganlarida va shu 
mijozlarning talablari qondirilganida foydali maqsadga erishganliklarini his 
etadilar. Ular o'zlariga va o'zlarining maxsulotlariga hamda o'zlarining 
missiyalariga ishonadilar. Va ular shu ish bilan jon-dildan shug'ullanganliklari 
sababli birin-ketin muvaffaqiyatlarga erishadilar. Siz hech qachon muayyan bir 
maqsadni ko'zlash kuchini noto'qri baholamang. 
Sizning savdongiz uchun aniq maqsad tamoyilini qo'llaganda quyidagi olti 
asosiy afzalliklarga erishiladi: 
1. Maqsadning 
aniqligi 
insonda 
o'z-o'zini 
ta'minlash 
kabi 
pozitiv 
xarakteristikalarni, shaxsiy tashabbusni, tasavvurni, entuziazmni o'z-o'zini tartibga 
solishni va xarakatlarining konsentratsiyasini kuchaytiradi. Endryu Karnegi 
shunday degan edi: “Fikrlarning jamlanishi mening shiorimdir - birinchi halollik, 
keyin hafsala, so'ngra fikrlarning bir joyga qaratilishi”. 
2. Maqsadning aniqligi sizni vaqtingizni tejash va har kungi savdoni 
rejalashtirishga motivatsiyalaydi. 
3. Maqsadning aniqligi sizni savdoning imkoniyatlarini bilishga yanada 
sergak qiladi. Bu esa sizni ushbu imkoniyatlarga muvofiq ravishda harakat qilish 
zarurligini anglashga undaydi. 
4. Maqsadning aniqligi sizga o'z-o'zingizga ishonch uyg'otadi va potensial 
mijozlarning e'tiborini tortadi. 
5. Maqsadning aniqligi ishonch, deb atalmish buyuk holat uchun katta yo'l 
ochib beradi. Maqsad ongni ijobiy holatda ushlab turadi va uni qo'rquv va shubha, 
umidsizlik, tortinchoqlik va prokrastinatsiya kabi cheklovlardan xalos etadi. Bu 
esa, shubhasiz uning ko'p sonli afzalliklaridan eng kattasidir. 


63 
6. Maqsadning aniqligi sizga yutuqqa erishishda "jo'shqin orzu" ni 
rivojlantirishga va ushlab qolishga yordam beradi. 
Iqtisodchilarning fikriga ko'ra yaqin kelajak professional sotuvchilar uchun 
katta tarixdagi eng zo'r mukofotlarni taqdim qiladi. Bugungi kunda biznesda bir 
necha lavozimlar mavjud bo'lib, ular malakali mutaxassislar uchun boshqalarga 
nisbatan ko'proq imkoniyatlar va o'z ishidan qoniqish hissini hamda, xavfsizlikni 
ta'minlay oladilar. Bugungi kunda yon-atrofimizda faoliyat yuritadigan u yoki bu 
sotuvchilar ko'p yillar davomida sabr bilan kutishgan va orzu qilganlar. Ayni 
paytda buzinesda malakali professional savdogar kasbidan ko'ra boshqalar 
ehtiyojini qondirish orqali katta imkoniyat, ko'proq xavsizlik va ulkan qoniqish 
taklif qiladigan lavozimlar kam. Bunday kasbdagi odamlar nafaqat katta daromad 
keltiradilar, balki insonlar zavqlanadigan hayot darajasining yuqori bo'lishi uchun 
javobgarlikni o'z zimmalariga olishlari mumkin. 
Va aynan siz, mamlakatimiz o'z rivojlanishining bu tarixiy kulminatsion 
nuqtasiga kirib borganda barchadan ko'ra eng ulkan imkoniyat bilan siylagan 
sug'urta agentisiz.
 
Nima uchun? Sababi bugungi axborotga boy bo'lgan muhitdagi 
bozor iqtisodi sharoitida o'rtacha istiqbol hayotni sug'urta qilishni muhim xaridlar 
yoki qimmatbaho qog'ozlar singari qabul qiladi. Bunday o'rtacha xarajat uch yilga 
ham bormay o'zini oqlaydi, ya’ni keladigan daromaddan to'liq qoplanadi. Statistika 
ma'lumotlariga ko'ra bugungi kunda AQSh da kuniga o'rtacha 55 ming inson vafot 
etadi, ularning uchdan ikki qismi hayotini sug'urta qilmagan bo'lib, uncha 
ko'pchilik bo'lmaganlar 50 ming dollardan ko'p bo'lmagan miqdordagina sug'urtaga 
ega bo'ladilar. Shunga qaramay, ushbu daromadni ham avval topa olmagan bo'lib 
chiqadilar. Biroq ushbu istiqbolda sug'urta orqali avvalgidan ko'ra ko'proq 
daromad ko'rish mumkin. Iste'molchi sifatida ular ushbu daromad chegaralangan 
ekanligini, ya’ni oziq-ovqat, turar joy, kiyim-kechak va tibbiyot xizmatlari uchun 
sarf qilinadigan asosiy xarajatlardan tashqari bo'ladigan xarajatlar uchun sarf 
etilishi mumkinligini tushunadilar. 
Katta miqdorda pulga ega bo'lgan ko'plab korxonalar va yanada ko'proq 
insonlar ushbu pullarni sarf etish va investitsiya qilish maqsadida savdo-sotiq 


64 
yaxshi bo'lishi uchun yangi va qulay imkoniyatlarni taklif etmoqdalar. Savdo 
uchun bunday qulay imkoniyatlar qo'ng'iroq qilib kerakli savolni bera oladigan va 
ehtiyojni aniqlay oladigan hamda qiziqish uyg'ota oladigan, taqdimot qilib, 
shartnoma tuzib, biznesga xizmat ko'rsatadigan va savdoni amalga oshira oladigan 
professional agent uchun har doim mavjuddir.
Sug'urtani amalga oshirish har doim ham murakkab bo'lgan. Odamlar o'zlari 
istagan narsani sotadilar va o'zlari istagan narsani sotib oladilar. Agent sifatida siz 
ishlamoqchi, topmoqchi bo'lgan mukofot faqat siz bilan chegaralanib qolishining 
sababi ham shundadir. Siz o'zingizga o'zingiz xo'jayin bo'lganligingiz sababli 
qanday daromad qilish va yashash sharoitingiz qanday bo'lishini xohlashingizni 
faqat siz hal qilasiz. Iqtisodiy o'sishlar hamda bu ko'rsatkichning keskin pasayib 
ketishi siz va sizning biznesingizga u darajada ta'sir etmaydi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish