157
kompaniyalarining moliyaviy natijasining shaklining umumiy modeli 1-rasmda
ko’rsatilgan.
1-rasmdagi ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, sug'urta
tashkilotlarida
sug'urta faoliyatining yakuniy moliyaviy natijalarini shakllantirishning o'ziga xos
xususiyatlari mavjud. Maxsus hisob-kitoblar asosida moliyaviy natijalar miqdorini
aniqlashdan oldin sug'urta zaxiralariga ajratmalar miqdori va sug'urta zaxiralaridan
foydalanish miqdori aniqlanadi. Shuning uchun, sug’urta
faoliyatini amalga
oshirishda moliyaviy natijalar 2 ta asosiy elementni o’z ichiga oladi:
-
sug’urta operatsiyalariga bog’liq bo’lmagan daromadlar (xarajatlar);
-
sug'urta operatsiyalari bilan bog’liq daromadlar (xarajatlar).
Albatta, bozor munosabatlari sharoitida sug’urta kompaniyalari zararlarni
qoplash bilan birgalikda maksimal darajada foyda olishga ham harakat qiladi.
Biroq, foyda olishning o'zi
maqsad emas, chunki sug'urta tashkilotlari milliy
daromadni yaratibgina qolmay, balki uni taqsimlashda ham qatnashadilar. Yakuniy
moliyaviy
ko'rsatkichlarning
asosiy
qismini
investitsiya
va
moliyaviy
operatsiyalardan keladigan daromad egallashi kerak. Sug’urta
rezervlari
vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’ hisoblanib, investitsion
faoliyatdan daromad
olish manbasi hisoblanadi.
Bu daromad quyidagi imkoniyatlarni beradi:
-
sug’urta qoplamalarini o’z vaqtida to’lanishiga;
-
sug’urta javobgarligini kengayishiga;
-
sug’urta tariflarini kamayishiga.
Investitsion daromadlar ba’zi sug’urta turlari bo’yicha sug’urta
rezerv
tanqisligida zararni qoplash manbasi bo’lib xizmat qiladi.
Shunga qaramay, sug'urta biznesining o'ziga xos xususiyatlari iqtisodiy
faoliyatning yakuniy moliyaviy natijasini belgilaydigan asosiy ko'rsatkichlarning
tarkibi, tuzilishi va tarkibiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Sug'urta kompaniyalari faoliyatining moliyaviy
natijalarini aniqlash uning
xizmatlarining o'ziga xosligi va xilma-xilligi tufayli murakkablashadi. Sug'urta
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot bu moliyaviy xizmat bo'lib,
158
uning mohiyati polis egasining riskini moliyalashtirishdir, ya’ni ushbu xavf paydo
bo'lganda
ma'lum
miqdordagi
naqd
pul
bilan
ta'minlashdan
iborat.
Sug'urtalovchining faoliyati inversiya tamoyiliga asoslanadi. “Inversiya - o’rin
almashish” degan ma’noni anglatadi. Sug'urtalashda “inversiya”- sug'urta
xizmatini to'lash, sug'urta qoplamasini taqdim etishdan oldin sodir bo’lish faktidan
kelib chiqadi.
Sug’urta kompaniyalarining yakuniy moliyaviy natijasini shakllantirishning
buxgalteriya modeli 2-rasmda keltirilgan. Sug’urtalovchilar faoliyatining yakuniy
moliyaviy natijasi.
Do'stlaringiz bilan baham: