261
Yuqoridagi izohlardan kelib chiqib shuni aytib o‘tish lozimki, sug‘urta
mukofotlarini noto‘g‘ri rasmiylashtirilishi natijasida birinchi o‘rinda to‘lovlar bilan
bog‘liq mutanosiblik yuzaga kelsa, keyingi o‘rinlarda esa, zahiralar hisoblanishi va
daromadlari borasida tafovutlar yuzaga kelishi mumkin. Bu bo‘yicha, tekshiruv
yakunida auditor o‘z hisobot va xulosalari bilan bir qatorda takliflarini ham berib
o‘tishi lozim.
Sug‘urta qoplamalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish. Sug‘urta
to‘lovlarini tartibga solish sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda
mijoz oldidagi
majburiyatlarni bajarish maqsadida sug‘urta tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan
tadbirlar majmuasidir. Uni tashkil qilish darajasi ko‘p jihatdan mijozlarning
sug‘urtalovchiga sodiqligiga bog‘liq.
I.V.Shaposhnikovaning
fikricha, sug‘urta qoplamalari bu sug‘urta
shartnomalari bo‘yicha sug‘urta hodisasi yuz berganda tashkilot tomonidan amalga
oshiriladi agar sug‘urta shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda
mukofotning bir qismi qaytarilishi mumkin. Bu holatda qaytarilish lozim bo‘lgan
summa miqdori quyidagi formula orqali topiladi.
BS
- muddatidan oldin bekor qilingan shartnoma bo‘yicha qolgan sug‘urta mukofoti
miqdori;
P
- shartnoma bo‘yicha mijoz tomonidan to‘langan sug‘urta mukofoti;
N
- shartnoma muddati kunda
M
- shartnoma kuchga kirgan kungacha bo‘lgan
kunlar soni, shartnomani bekor
qilish to‘g‘risidagi xabarning rasmiylashtirilishi;
V- shartnoma bo‘yicha ilgari to‘langan sug‘urta qoplamasi;
SSD- shartnoma bo‘yicha sug‘urta summasi
80
.
Sug‘urta to‘lovlarini tekshirish zaruriyati eng avvalo xarajatlarni
prognozlashtirish, shuningdek, sug‘urta tashkilotining daromadiga ta’sir darajasini
o‘rganish orqali yuzaga keladi.
80
И.В.Шапошникова «Бухгалтерский учет, анализ и аудит» Учебное пособие Саратов, 2013. – 180 с, 51-бет
262
Auditor eng avvalo tekshiruv olib borayotganida sug‘urta
tashkiloti
tomonidan to‘langan to‘lovlar asosli va respublika qonunchiligiga zid emasligiga
ishonch hosil qilishi kerak.
Bizning fikrimizcha, auditor sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha birinchi navbatda
schyotlarga ahamiyat qaratishi lozim, ma’lumki ular bo‘yicha 22
schyotning
tegishli
sub
schyotlaridan
krediti
bo‘yicha
operatsiyalar
to‘g‘ri
rasmiylashtirilganiga e’tibor qaratish zarur. Tegishli operatsiyalar yuzasidan
sug‘urta hodisasini isbotlaydigan asosli hujjatlar auditorga dalil bo‘ladi.
Yuqoridagi olimlarning fikriga asoslanib, bizningcha sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha
auditorlik tekshiruvi quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha bajarilsa maqsadga muvofiq
bo‘lar edi:
1)
sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha auditor reja va dasturini tuzish:
-
tekshirilayotgan hisobot yilida sug‘urta mukofotlari va sug‘urta
to‘lovlarining biri-biriga mutaanosibligi;
-
to‘langan sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha etarlicha
asoslangan hujjatlarning
mavjudligi;
2)
auditorning tekshiruv amallaridan foydalanishi:
-
sug‘urta to‘loviga oid mos tanlab tekshirishni amalga oshirish;
-
to‘lovlar bo‘yicha zararlilik darajasini tahlil qilish va yuqori yoki pastligiga
qarab, tegishli tavsiyalarini ishlab chiqish;
-
sug‘urta to‘lovlarining tashkilot sof foydasiga ta’sirini o‘rganish
3)
tekshiruv davomida yuzaga keladigan muhimlik va risk darajasini baholab,
sug‘urta to‘loviga ta’sirini o‘rganish hamda natijalarini umumlashtirishda oldingi
yillarning umumiy hisobotidan foydalanish. Aytib o‘tish joizki, auditor tekshiruv
davomida, shartnomalarni bekor qilinishi holati yoki bir shartnoma doirasida sodir
bo‘lgan bir necha marta to‘langan sug‘urta qoplamalarini ham alohida tekshirishi
lozim.