M abduraimova, N. Abdullaeya



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527339
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

 
 
12.2 Sug'urta tashkilotining bo'limlari faoliyatini tashkil etishda kuzatuv 
kengashining vakolatlari 
Sug‘urta kompaniyalari Kuzatuv kengashining vakolatlariga quyidagilar 
kiradi
94


jamiyat faoliyatining ustun yunalishlarini belgilash; 

jamiyat aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashkari Umumiy 
yig‘ilishlarini chaqirish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno; 

aksiyadorlar umumiy yigilishining kun tartibini tayyorlash; 

umumiy yigilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning 
ro‘yxati tuziladigan sanani belgilash; 

aksiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish orqali yoki e’lon qilingan 
aksiyalarning soni va turlari doirasida jamiyat tomonidan qo‘shimcha 
aksiyalarni joylashtirish orqali jamiyat ustav fondini ko‘paytirish; 

emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul 
qilish, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa; 

mol-mulkning bozor kiymatini aniqlash; 

jamiyat tomonidan joylashtirilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa 
qimmatli qog‘ozlarni olish to‘grisida qarorlar qabul qilish; 

jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash; 

korporativ maslaxatchini tayinlash; 

ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash; 

aksiyalar bo‘yicha dividendlar mikdori va ularni to‘lash tartibi 
yuzasidan tavsiyalar berish; 

jamiyatning zaxira va boshqa fondlaridan foydalanish; 
94
David F.Babbel Anthony M. Santometro. Risk Management by Insurers: An Analysis of the Procress 2005,р.12 


282 

jamiyatning boshqaruv organlari faoliyat tartibini belgilovchi hujjatlarni 
tasdiqlash; 

jamiyatning vakolatxonalarini ochish hamda filiallarini tashkil etish; 

jamiyatning sho‘‘ba va tobe korxonalarini tashkil etish. 
Jamiyat Kuzatuv kengashining Raisi uning ishini tashkil etadi, Kuzatuv 
kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik kiladi, majlisda bayonnoma 
yuritilishini tashkil etadi, Aksiyadorlar Umumiy yigilishida raislik kiladi. Jamiyat 
Kuzatuv kengashining Raisi yo‘qligida uning vazifasini Kuzatuv kengashi 
a’zolaridan biri bajarib turadi. Jamiyat Kuzatuv kengashining majlisi Kuzatuv 
kengashining Raisi tomonidan uning o‘z tashabbusi bilan, Kuzatuv kengashining 
a’zosi, Taftish komissiyasi, Bosh direktorning talabiga binoan chaqiriladi. 
Kuzatuv kengashi majlisini o‘tkazish uchun kvorum Kuzatuv kengashiga 
saylangan a’zolarning etmish besh foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Kuzatuv 
kengashi a’zolarining soni etmish besh foizdan kam bo‘lib qolsa, Jamiyat Kuzatuv 
kengashining yangi tarkibini saylash uchun aksiyadorlarning favqulodda 
(navbatdan tashkari) umumiy yigilishini chaqirishi shart. Kuzatuv kengashining 
qolgan a’zolari aksiyadorlarning ana shunday favqulodda (navbatdan 
tashqari) Umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagina qaror qabul qilishga 
haqlidir. 
Jamiyat Kuzatuv kengashining majlisida qarorlar majlisda hozir 
bo‘lganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat Kuzatuv kengashi 
majlisida masalalar hal etilayotganda Kuzatuv kengashining har bir a’zosi bitta 
ovozga ega bo‘ladi. Jamiyat Kuzatuv kengashining bir a’zosi o‘z ovozini Kuzatuv 
kengashining boshqa a’zosiga berishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu Ustav Kuzatuv 
kengashi a’zolarining ovozlari teng bo‘lingan hollarda Kuzatuv kengashining 
qarorini qabul qilishda Jamiyat Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi 
ovoz huquqiga ega bo‘lishini nazarda tutadi. Jamiyat kuzatuv kengashining 
majlisida bayonnoma yuritiladi. Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi 


283 
majlisda raislik qilgan shaxs tomonidan imzolanadi, u majlisning bayonnomasi 
to‘g‘riligi uchun javobgardir
95

Sug‘urta kompaniyasining kundalik faoliyatiga rahbarlikni yakkaboshchilik 
asosidagi ijroiya organ - Bosh direktor amalga oshiradi va u aksiyadorlar 
Umumiy yig‘ilishi tomonidan bir yillik muddatga saylanadi. Jamiyat ijroiya 
organining vakolatlariga Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doyr 
barcha masalalar kiradi, Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishining yoki Kuzatuv 
kengashining mutlak vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno. Jamiyat 
ijroiya organi Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi va Kuzatuv kengashining 
karorlari bajarilishini tashkil etadi. 
Bosh direktor Jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan 
uning manfaatlarini ifoda etadi, Jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, shtatlarni 
tasdiklaydi, Jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar 
chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. Bosh direktor bilan shartnomani muddatidan 
ilgari tugatish (bekor qilish) Jamiyat Kuzatuv kengashining karoriga binoan 
amalga oshiriladi. Jamiyat Bosh direktorining huquqlari va burchlari qonun 
hujjatlari, shuningdek Jamiyat tomonidan u bilan bir yillik muddatga tuziladigan 
shartnomada aniqlanadi. 
Jamiyat nomidan shartnomani Kuzatuv kengashining raisi yoki Kuzatuv 
kengashi vakolat bergan shaxs imzolaydi. Bosh direktor boshqa 
tashkilotlarning boshqaruv organlaridagi lavozimlarni o‘rindoshlik yuli bilan 
egallashiga Kuzatuv kengashi roziligi bil angina yul kuyiladi. Jamiyatning Bosh 
direktori o‘z huquqlarini amalga oshirish va burchlarini bajarish vaqtida 
Jamiyatning manfaatlarini ko‘zlagan holda harakat qilishi lozim. Bosh direktor 
qonun hujjatlari va kompaniya Ustaviga muvofiq jamiyat oldida javobgar 
hisoblanadi. 
Aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalarida taftish komissiyasi muhim rol o‘ynaydi. 
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish uchun aksiyadorlarning 
95
David F.Babbel Anthony M. Santometro. Risk Management by Insurers: An Analysis of the Procress 2005,р.2 


284 
umumiy yig‘ilishi aksiyadorlar safidan uch a’zo tarkibida va ikki yillik muddatga 
taftish komissiyasini saylaydi. Jamiyat Taftish komissiyasi faoliyatining tartibi 
Kuzatuv 
kengashi 
tomonidan 
tasdiqlanadigan 
Nizomda 
aniqlanadi. 
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) bir yillik yoki 
boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasining 
tashabbusiga binoan, Aksiyadorlar Umumiy yigilishining, Kuzatuv kengashining 
karoriga yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida o‘n 
foiziga egalik kiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan amalga 
oshiriladi. 
Jamiyat Taftish komissiyasining talabiga binoan Jamiyatning boshqaruv 
organlaridagi mansabdor shaxslar moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni 
unga taqdim etishlari shart. Jamiyatning Taftish komissiyasi qonun hujjatlariga 
muvofiq Aksiyadorlarning navbatdan tashkari Umumiy yig‘ilishi chaqirilishini 
talab qilishga xaqli. 
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisob-kitobini 
yuritishi va moliya hisobotini taqdim etishi shart. Jamiyatda buxgalteriya 
hisob-kitobini tashkil etish, uning holati va to‘g‘ri yuritilishi, tegishli 
organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliya hisobotlari, shuningdek 
aksiyadorlar, kreditorlar va ommaviy axborot vositalariga Jamiyat faoliyatiga doir 
ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga 
muvofiq ijroiya organi zimmasida bo‘ladi. Jamiyatning Aksiyadorlar Umumiy 
yig‘ilishiga taqdim etiladigan yillik hisobotidagi, buxgalteriya balansidagi, 
foyda va zararlar hisobotlaridagi ma’lumotlarning to‘g‘ri ekanligi Jamiyatning 
taftish komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim
96

Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni matbuotda e’lon qilishdan oldin Jamiyat yillik 
moliya hisobotini har yilgi tekshirish va tasdiqlash uchun Jamiyat yoki uning 
aksiyadorlari bilan mulkiy manfaatlar negizida bog‘liq bo‘lmagan auditorii jalb 
etishi shart. Jamiyatning yillik hisoboti Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishi 
96
David F.Babbel Anthony M. Santometro. Risk Management by Insurers: An Analysis of the Procress 2005,р.10 


285 
o‘tkaziladigan sanadan kamida 30 kun oldin Kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki 
tarzda tasdiqlanishi lozim. Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatining tekshiruvi soliq 
va moliya organlari, boshqa davlat organlari tomonidan ularga berilgan vakolatlar 
doirasida, shuningdek zarur bo‘lgan hollarda - tuzilgan shartnomalar asosida 
auditor lik xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Jamiyatni qayta tashkil etish amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
tartibda, Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishining qarori bilan qo‘shib yuborish, 
birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish va qayta tarzida amalga oshiriladi.
Jamiyat: 
-Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra; 
- Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq sudning qaroriga asosan; 
- Amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra 
tugatilishi mumkin. 
Jamiyat tugatilgan taqdirda Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tugatish 
komissiyasini tuzadi, tugatishni o‘tkazish tartibi va muddatini belgilaydi, 
kreditorlarga nisbatan da’vo qo‘yish muddatini belgilaydi va bu muddat tugatish 
hakida e’lon kilingan vaqtdan e’tiboran ikki oydan kam va uch oydan ko‘p bo‘lishi 
mumkin emas, tugatishni sud karoriga binoan amalga oshirish hollari bundan 
mustasno. Tugatish komissiyasi yoki Jamiyatni tugatish ishlarini olib 
borayotgan har qanday boshqa organ Jamiyat joylashgan manzilidagi rasmiy 
matbuotda uning tugatilishi va kreditorlar tomonidan talab kuyish tartibi va 
muddati haqidagi xabarni e’lon kiladi. Kreditorlar tomonidan talablar qo‘yish 
muddati Jamiyat tugatilishi haqidagi habar e’lon kilingan vaqtdan boshlab ikki 
oydan kam bo‘lmasligi lozim. Tugatish komissiyasi kreditorlarni aniqlash va 
debitorlik qarzlarni olish choralarini ko‘radi, shuningdek jamiyat tugatilishi 
haqida kreditorrni yozma ravishda xabardor qiladi. 
Kreditorlar tomonidan talablarni qo‘yish uchun belgilangan muddat tamom 
bo‘lganidan keyin Tugatish komissiyasi oraliq tugatish balansini tuzadi, bu balans 
Jamiyat mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qo‘ygan talablar ro‘yxati, shuningdek, 
ularni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Oraliq 


286 
tugatish balansi tugatilayotgan Jamiyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organ bilan 
kelishilgan holda Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi. 
Agar 
tugatilayotgan 
Jamiyat 
ihtiyoridagi 
pul 
mablag‘lari 
kreditorlarning talablarini qondirish uchun etarli bo‘lmasa, tugatish komissiyasi 
Jamiyatning boshqa mol-mulkini kim oshdi savdosi orqali sotadi. 
Tugatilayottan Jamiyat kreditorlariga pul summalarini to‘lash tugatish 
komissiyasi tomonidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilab kuyilgan navbat 
tartibida, oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiklangan kundan boshlab 
amalga oshiriladi. Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugatilgan jamiyat ixtiyorida 
qolgan mulk Tugatish komissiyasi tomonidan amaldagi konun xujjatlarida 
belgilangan tartibda aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi. Davlat ro‘yxatiga olish 
organi tomonidan yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga tegishli yozuv 
kiritilgan vaqtdan e’tiboran Jamiyatni tugatish yakunlangan, Jamiyat esa 
tugatilgan hisoblanadi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish