57
•
Notiqka nutq materialini urgatish;
•
Materialni so‘z bilan ifodalash;
•
Nutqni talaffo‘z qilish, ya’ni nutq jarayoni.
Bu talablar xozir ham o‘z kuchini saqlab kelmokda.
Bugungi kunda nutq tizimida kommunikativ yondashuv, talabalarga o‘z fikrini ifodalash
va boshqalar fikrini tushuna olishga kumaqlashishi, ya’ni ulardan muayyan muloqotda
katnashish ko`nikma va malakalarini shaqllantirishni ko‘zda tutadi.
Talabalar esa mashgulot jarayonida quyidagi xolatlarga aloxida e’tibor karatishlari zarur.
Urganilayotgan mavzu buyicha yangi ma’lumotni tushunish va eslab kolish urganilayotgan til va
mavzular buyicha ma’lumotlarni darslik, o‘quv kullanmalari, kushimcha materiallar yordamida
mustaxkamlash va o‘zlashtirish, yangi mavzuni o‘zlashtirish jarayonida o‘z – o‘zini muntazam
nazorat qilib borish, talabalar urtasida dialog – suxbat, turli uyinlarda ishtirok etish, guruxdagi
talabalarning mavzu buyicha ma’lumotlarini tinglab tushunish, ularning bilim saviyasini o‘ziniki
bilan takkoslash asosida tegishli xulosalar chikarish va boshqalar.
Usha davr notiqlik san’atini bugunki kun nuktai nazaridan olib karaydigan bo`lsak, bir –
biriga juda yakinligini kuramiz.
Usha davr sud notiqligining katta namoyondasi Sitseron edi. U sud notiqligida juda katta
muvaffakkiyatga erishdi, notiqlik nazariyasiga kata xissa kushdi.
Rossiya tarixida notiqlik san’atiga bo`lgan e’tibor, asosan Pyotr 1 davrida ancha
kuchaygan. XY11 – XY11 asrlarga kelib rus notiqligi jonlangan. Bu davr notiqligiga asoslangan
beshta yunalish mavjud edi :
1.
Yuqori lavozimdagi dvoryanlar orasidagi mavjud bo`lgan Saroy notiqligi.
2.
Diniy notiqlik.
3.
Xalq notiqligi / Bunda asosan Xalq ko‘zgalonlari raxbarlarining notiqligi ko‘zda tutiladi
4.
Harbiy notiqlik.
5.
Diplomatik notiqlik.
Markaziy Osiyo Xalqlari, jumladan, o‘zbek Xalqi ham notiqlik san’ati rivojiga katta
e’tibor berganlar. Bizda notiqlik kadim zamonlardan san’at darajasiga kutarilgan. Notiqlik
san’ati musulmon Sharkida voizlik san’ati deb yuritilgan. YA’ni sharkda
nutq va’z / arabcha
pand – nasixat ma’nosida/, notiqlik esa voiz deb atalgan. / va’z aytuvchi, nutq so‘zlovchi shaxs
degan ma’noni anglatgan/.
Sharkda, jumladan Movorounnaxrda ilmiy, badiiy ijodning diniy va dunyoviy fanlarning
tarakkiyoti, shuningdek, «Kur’on»ni targib qilish bilan bog`liq xolda va’zxonlik san’ati ham
rivojlangan. Jaxonga mashxur olimlarimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn
Sino, Maxmud Koshgariy, az – Zamaxshariy va boshqalar til, grammatika, mantikshunoslik,
psixologiya masalalariga bagishlangan asarlar yozdilar. Bu asarlarda nutq oldiga qo`yiladigan
talablar, so‘zning ahamiyati, undan makadga muvofik foydalanish, nutq odobi borasida ham
kimmatli fikrlar bildirilgan.
Buyuk komusiy olim Abu Rayxon Beruniy ( 973 – 1048 ) o‘zining «Geodeziya» asarining
kirish kismida fanlarning paydo bulishi va tarmoklanib ko`payishi haqida so‘z yuritib, Har bir
fanning inson xayotidagi zaruriy extiyojlari talabi bilan yuzaga kelishi aytadi.
Uningcha: grammatika aro‘z va mantik fanlari ham shu extiyoj xosilasidir. Inson nutqi o‘z
to‘zilishi materialligiga karab, rostni ham, yolgonni ham ifodalashi mumkin. Bu ko`plab
munozaralarga sabab buladi. Inson bu munozaralar jarayonida rostni yolgondan ajratadigan
«mezon»ni yaratadi. Bu mantik fanidir.
Beruniy yozadi : «Agar dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan boglanib
keladigan naxv /grammatika/, aro‘z /she’r ulchovi/ va mantik /logika/ni mutolaa kilganda edi,
so‘z /olim nutqi demokchi/ zotan nasr va nazm ajralishini bilgan bulardi. / Beruniy tanlangan
asari. 3-tom., 1982 yil, 64 bet /.
Demak, Beruniy nutqning ikki xil kurinishi borligini kursatadi :
Do'stlaringiz bilan baham: