O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/112
Sana03.04.2022
Hajmi2,07 Mb.
#526637
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   112
Bog'liq
Personal auditi va nazorati

 
3.5. Axborotlar tahlili va sintezi 
Muammoli vaziyat sabablari haqidagi xulosalarni va boshqaruv tizimini 
takomillashtirish yo’llari to’g’risidagi tavsiyalarni shakllantirish bo’yicha boshqaruv 
auditini amalga oshirish, to’plangan axborotni tahlil qilish uchun auditorlik 
tadqiqotida tahlil (amalda to’plangan materialni o’rganish) va sintez (to’plangan 
material asosida umumiy qonuniyatlarni chiqarish) usullari monand ishtirok etadi. 
Qismlardan iborat bir butunni hosil qilish (sintez), faktlarni tahlil qilish asosida 
qarorlar qabul qilish va harakatlarni amalga oshirish yuzasidan takliflarni ishlab 
chiqish tahlil qilish vaqtidayoq boshlanadi. 
Agar auditor tadqiq etilayotgan muammo o’ziga ma’lum bo’lgan umumiy 
qoidaga bo’ysunadi deb hisoblasa, dedukstiya usuli qo’llaniladi. tadqiq etilayotgan 
vaziyatni “ma’lum bo’lgan” umumiy bilim sohasiga kiritish imkoniyatining mavjud 


64 
emasligi indukstiya, ya’ni mazkur holatda amal qiluvchi qoidani chiqarish maqsadida 
faktik materialni to’plash va tahlil qilish usulining qo’llanilishini nazarda tutadi. 
Audit usuli sifatida tahlildan samarali foydalanish uchun auditor o’zida 
mantiqiy tafakkur, vaziyatlarni tahlil qilish, asosiy narsani ikkinchi darajali narsadan 
ajratish qobiliyatini rivojlantirishi kerak. 
Auditorning 
tahliliy 
faoliyatida 
audit 
jarayonida 
aniqlangan 
nomuvofiqliklarning ahamiyatini to’g’ri aniqlay olish muhim hisoblanadi. 
Aniqlangan har bir nomuvofiqlik uning mazmuni, ahamiyatlilik darajasi, 
namoyon bo’lish shakli, uchrab turishning takrorlanishi, uni bartaraf etish yuzasidan 
qaror qabul qilishning ierarxik darajasi, uni bartaraf etishning murakkablik darajasi, 
qo’llanish sohasi va sifatni audit qilish obyekti kabi belgilari bo’yicha tasniflanishi 
lozim. Tasniflash har bir nomuvofiqlikning o’ziga xos jihatini aniqlash va ushbu 
jihatga mos keladigan to’g’rilovchi va ogohlantiruvchi harakatlarni ishlab chiqishga 
yordam beradi. 
Sifat tizimi hujjatida belgilangan, mahsulot sifatini ta’minlashga salbiy ta’sir 
ko’rsatuvchi va qisqa muddatda bartaraf etilishi lozim bo’lgan talabning 
bajarilmasligini sifat tizimidagi katta nomuvofiqlik deb hisoblash lozim. Bunday 
nomuvofiqliklarga quyidagi misollarni keltirish mumkin: mahsulot sifatining 
yomonlashuviga olib kelishi mumkin bo’lgan har qanday nomuvofiqlik; 
kalibrovkalash (tekshirish) muddati o’tgan o’lchash vositalaridan foydalanish; 
mas’uliyatli operastiyani bajaruvchi xodimning amalda texnologik jarayon bo’yicha 
talab etiladigan malakaga qaraganda ancha past malakasi; sifat bo’yicha ruxsat 
etilmagan hujjatning qo’llanilishi; qayd etilgan ma’lumotlar audit obyektining haqiqiy 
holati haqida tasavvur bermaydi. Katta hajmdagi nomuvofiqlikning mavjudligi 
o’tkazilayotgan audit bo’yicha ijobiy qaror qabul qilish imkoniyatini istisno etadi va 
tuzatuvchi harakatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab qiladi. Katta 
hajmdagi nomuvofiqlikning aniqlanganligi fakti bayonnomada qayd etiladi. 
Kichik hajmdagi nomuvofiqlik – bu sifat tizimi hujjatida belgilangan, mahsulot 
sifatini ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatishi yoki, agar u bartaraf etilmasa, katta 


65 
hajmdagi nomuvofiqlikning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan talabning 
bajarilmasligi

Arzimas darajadagi mos kelmasliklarga misollar: 
• hujjatda rasmiylashtirilgan korxonannig sifatga oid siyosati reklamali, aniq 
bo’lmagan xususiyatga ega; 
• lavozim yo’riqnomalarida rahbarlar va mutaxassislarning sifatga oid vazifalari 
ko’rsatilmagan; 
• sifat tizimi hujjatlaridan biridagi talablarga ayrim holatlarda rioya qilinmaslik; 
• sifat xizmatidagi ayrim xodimlarning attestastiyasini belgilangan muddatlardan 
oshib ketishi; 
• nazorat yoki tajribalarni po’yxatga olishdagi ayrim noaniq yozuvlar. 
Arzimas mos kelmasliklar audit davomida yo’qotilishi zarur. Tayyorlagan va 
tizimlashtirilgan haqiqatdagi ma’lumotlar bog’liqliklarni, nisbatlar va 
tendenstiyalarni aniqlash uchun tahlil qilinadi. Personal auditining maqsadi va 
muammosi xususiyatidan kelib chiqib quyidagi usullardan foydalaniladi: 

iqtisodiy tahlilning matematik va statistik usullari; 

boshqarish tizimi va uning elementlarini tahlil qilish usullari; 

sabab va oqibat tahlili; 

kelajakni tahlili usuli; 

qiyoslash va taqqoslash usuli. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish