3-modda
Mazkur Konvensiyaning qoidalari quyidagi shartlarda qo‘llaniladi:
a) tashishlar amalga oshiriladi
i) III a)-bobda ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilgan holda tashishga oldindan
ruxsat etilgan yo‘l transport vositalarida, transport vositalari tarkiblarida yoki
konteynerlarda, yoki
ii) III s)-bobda ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilgan holda boshqa yo‘l transport
vositalarida, transport vositalari tarkiblarida yoki konteynerlarda, yoki
iii) eksport qilinadigan va shu tarzda III s)-bobda ko‘rsatilgan shartlarga
rioya qilib o‘zlari jo‘natish joyidan belgilangan joy bojxonasigacha o‘zi yurib
boradigan yuk hisoblangan, avtobuslar, kranlar, terim mashinalari, beton
yotqizuvchilar va h.k. kabi yo‘l transport vositalarida yoki maxsus maqsadli
transport vositalarida. Bunday transport vositalari boshqa yuklarni tashigan
holatlarda tegishli ravishda, yuqoridagi i) yoki ii) kichik bandlarda bayon etilgan
shartlar qo‘llaniladi.
3 a)- moddaga tushuntirish xati
0.3 a) iii) 3 a) iii)- moddaning Qoidalari o‘z yo‘nalishida ketayotgan yengil
avtomobillarni (GS 8703 kodi) qamrab olmaydi. Biroq , XYT tartibini qo‘llab
yengil avtomobillarni tashishga faqatgina ular 3 moddaning a) i) va a) ii) kichik
bandlarida eslatib o‘tilgan boshqa transport vositalarida tashilganida ruxsat
beriladi.
(ECE/TRANS/17/Amend. 28bis, 2009 yil 1 oktabrda kuchga kirgan)
b)
tashishlar 6-moddaning qoidalariga muvofiq e’tirof etilgan birlashmalar
bilan kafolatlanadi va ular mazkur Konvensiyaning 1 ilovasida keltirilgan
namunaga muvofiq bo‘lgan XYT kitobchasini qo‘llab amalga oshirilishi
kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.22, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
3-moddaga sharhlar
Og‘ir vaznli yoki katta hajmli yuklar sifatida ko‘riladigan yo‘l transport vositalari
Agar o‘zi og‘ir vaznli yoki katta hajmli hisoblangan yo‘l transport vositalarida yoki
maxsus maqsadli transport vositalarida boshqa og‘ir vaznli yoki katta hajmli yuklar
tashilsa va, natijada, ham transport vositalari, ham yuklar bir vaqtning o‘zida
Konvensiyaning III s) bobida ko‘rsatilgan shartlarga javob bersa, unda muqovasida va
barcha yirtma varaqalarida Konvensiyaning 32-moddasida nazarda tutilgan yozuvlar
tushirilgan faqatgina bitta XYT kitobchasi talab etiladi. Agar bunday transport vositalarida
oddiy yuklar yuk bo‘linmasida yoki konteynerlarda tashilsa, unda transport vositasi yoki
konteynerlarga III a)-bobda ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilgan holda oldindan ruxsat
berilishi kerak, va yuk bo‘linmasi yoki konteynerlar muhrlanib, plombalanishi kerak.
Konvensiyaning 3-moddasi a) bandi iii) kichik bandining qoidalari yo‘l transport
vositalari yoki maxsus maqsadli transport vositalari jo‘natish joyi bojxonasi joylashgan
mamlakatdan olib chiqilgan va belgilangan joyning bojxonasi joylashgan mamlakatga olib
kirilgan holatda qo‘llaniladi. Shu bilan birga, Konvensiyaning yo‘l transport vositasini
vaqtinchalik olib kirishga taalluqli bo‘lgan 15-moddasining qoidalari qo‘llanilmaydi.
Shuning uchun bunday transport vositalarini vaqtinchalik olib kirishga bojxona hujjatlari
talab etilmaydi.
(TRANS/WP.30/AC.2/65, 39 va 40-bandlar va 2-ilova;
TRANS/WP.30/AC.2/59, 61 va 62-bandlar va 6-ilova; TRANS/WP.30/200, 72
band)
XYT tartibi va pochta jo‘natmalari
Bojxona tartiblarini soddalashtirish va kelishish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiyaga
(qayta ko‘rib chiqilgan Kioto konvensiyasi) bo‘lgan maxsus J-ilovaning 2-bobiga muvofiq
tranzit pochta jo‘natmalariga bojxona rasmiylashtiruvlari qo‘llanilmaydi. Shuning uchun,
Jahon pochta ittifoqining amaldagi hujjatlariga muvofiq xatlar va banderollar nazarda
tutiladigan pochta jo‘natmalariga, ular pochta xizmatlari orqali yoki pochta ehtiyojlari
uchun tashiladiganda XYT tartibi qo‘llanilmaydi.
(TIRExB/REP/2007/34, 17-band; ECE/TRANS/WP.30/AC.2/95, 28-band;
ECE/TRANS/WP.30/AC.2/95/ Corr.2)
Do'stlaringiz bilan baham: |