bo‘lguncha o‘tkazmaslik, 10 oylik bo‘lguncha oyog’‘ida uzoq vaqt tik turg‘azmaslik
kerak; kichik yoshdagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq vaqt bir joyda
o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og‘ir yuk ko‘tarmasligi, doim
bir qo‘lda ish bajarmasligi kerak; O‘quvchilar bo‘ylariga mos parta, stol-stullarda
o‘tirishi kerak, parta, stol-stulda o‘tirganda gavdasi tik, elkalari bir tekisda, beli stul
yoki parta suyanchig‘iga suyanib turishi, oyoqlari tizza bug‘imida to‘g‘ri burchak
hosil qilib, bukilgan, ko‘krak bilan parta qirrasi orasida 3-5 sm. ga yaqin masofa
bo‘lishi kerak.
Yassioyoqlik. Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat
sistemasining ressori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og‘ir yuk
ko‘targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq
panjasi gumbazi yassilanadi, natijada
yassioyoqlik kelib chiqadi. Yassioyoqlik natijasida oyog’‘ining tovon- panja va
boldir muskullarida og‘riq bo‘ladi. Yassioyoqlik tug‘ma
va hayotda orttirilgan
bo‘ladi. Yassioyoqlikning tug‘ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari
kuyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg‘izish,
uzoq vaqt tik turg‘izish, yosh bolaga poshnasi yumshok poyabzal kiygizish,
o‘quvchilarning kun bo‘yi poshnasiz
sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland,
uchi tor poyabzallarni kiyish, og‘ir yuk kutarish.
Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e’tibor berish kerak.
Shu bilan bir qatorda davlatimiz tomonidan maxsus ortopedik poyafzallarni ishlab
chiqarish maqsadga muvofiqdir.
Sog’liqning muhim belgilari bu kishilarning tugilish, o’sish, yashash, ishlash
va keksayish davridagi sharoitlar va shu jumladan, sog’liq tizimidir. Bu vaziyatlar
pul, kuch va boylilklarning iqtisodiy tanlovlar ta’siri ostida xalqaro, milliy, mahalliy
darajada taqsimlanishi tomonidan shakllantiriladi.
Sog’liqdagi bir maromdagi yoki qadam-vaqadam pasayish ijtimoiy holatning
pasayishi bilan birga keladi. U yalpi aholi bo’ylab ijtimoiy - iqtisodiy va sog’liq
o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatadi. Qaysidir usulda sog’liq o’lchanadi va ijtimoiy -
iqtisodiy jihatdan manfaatli, yaxshi sog’liqqa ega va kasallik yoki o’lim havfining
quyi darajasida turgan guruxlar ustidan ma’lum daraja o’rnatishga moyil bo’ladi.
G’arb davlatlarida darajaviylikning shakli o’limlar soni, noxushliklarning oshishi va
ijtimoiy noqulayliklarning oshishi sababli yaxshi yashashning pasayishi uchun
birmuncha tekis bo’ladi. Vaqt o’tgani sayin, sog’lomlik
darajasi yuqoriga tomon
ko’tarilyapti, chunki ko’plab insonlarning sog’lig’i yaxhilanmoqda. Shunga
qaramasdan, so’g’lom muhitda yashovchilarning ko’pchiligi yaxhilanish darajasini
bundanda oshirishga moyil bo’lishmoqda, shu sababdan,
adolatsizlik va
tengsizliklar ham oshishga moyil bo’lyapti.
3
Do'stlaringiz bilan baham: