Ingichka ichakda ovqatning hazm bo‘lishi
Ingichka ichakning uzunligi katta odamlarda 6-7 m, diametri 2,5-3 sm.
Ingichka ichak 12 barmoqli ichak-20 sm, och ichak va yon bosh ichakka bo‘linadi.
Oshqozon qisman parchalangan ovqat bo‘tkasi 12 barmoqli ichakka tushadi. Bu erda
jigardagi o‘t pufakda ishlab chiqilgan o‘t suyuqligi va oshqozon osti bezida ishlab
chiqilgan oshqozon osti bezining shirasi yordamida va 12 barmoqli ichak
devorlarida ishlab chiqilgan ichak shirasi ta’sirida ovqat butkasi parchalanadi.
JIGAR
Jigar organizmdagi eng katta bez bo‘lib, og‘irligi 1,5 kg. chap qovirg‘alar
ostida joylashgan. Jigar kuyidagi vazifalarni bajaradi: darvoza venasini hosil qilgan
vena kon tomiri ovqatdagi va qondagi zaharli moddalarni zaharsizlantiradi; qon
deposi hisoblanadi. Bu erda 10% qon zapasi saqlanadi; o‘lgay eritrotsitlar jigarda
to‘planadi, bolalarda esa eritrotsitlar hosil bo‘ladi; Kuper hujayralarida o‘t suyuqligi
ishlab chiqariladi; Jigar ortiqcha glyukozani glikogen sifatida zapas saqlab turadi;
Jigar tana temperaturasini turg‘un saqlashda ishtirok etadi. Jigardan doimiy ravishda
ovqatlangandan 20-30 minutdan so‘ng o‘t ajralib chiqadi va 12 barmoqli ichakka
kuyiladi. O‘t yog’larni emulsiyalaydi, suvda yaxshi erishini tezlashtiradi, ovqat
hazm qilish kanalini harakatini yaxshilaydi, ichakdagi mikroblarni o‘ldiradi.
Bolaning yoshi ortishi bilan jigarning hajmi, og‘irligi tuzilishi o‘zgarib boradi.
Yangi tug‘ilgan bola jigarning og‘irligi 130 g, 2-3 yoshda - 460 g, 6-7 yoshda - 675
g, 8-9 yoshda - 720 g, 12 yoshda - 1130 g, 16 yoshda -1260 g. Bolalar o‘t
kislotasining konsentratsiyasi va miqdori kam bo‘ladi.
Bolalar orasida oshqozon - ichak kasalliklari 1 yoshgacha - 40%, 5 yoshgacha
- 30% va 5 yoshdan yuqorilarda 15-20% tashkil etadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish,
ovqatlanish gigiyenasining buzilishi, issiq sharoit og‘riq bolalarda ovqat hazm qilish
organlarining yomon ishlashiga olib keladi. Bolalar ovqat hazm qilish sistemasining
harakterli belgisi: shillik, qavati nozik, qonva limfa tomirlariga boy, elastikligi sust.
Bu esa oshqozon-ichak traktining tez yallig‘lanishiga va kasallikning og‘ir
kechishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari ichak devorlari yuqori utkazuvchanlik
xususiyatiga ega. Bu esa mikroblarning ichak devorlaridan bemalol o‘tishini
ta’minlaydi. Bolalarda oshqozon shirasida kislotalik kam bo‘ladi, fermentlar kam
hazm qilish xususiyatiga ega. Buning natijasida ovqat yaxshi parchalanmaydi va
tozalanmaydi va zaharli moddalarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Jigarning etarli
rivojlanmaganligi ham bolalarda oshqozon ichak kasallarini keltirib chiqaradi.
Organizmda moddalar almashinuvi. Odam tashqi muhitdan ovqat qabul
qilish, organizmda uni o‘zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo‘lgan qoldiq moddalarning
tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi
natijasida energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish bajaradi,
hujayralar kupayadi, yosh organizm o‘sadi va rivojlanadi, tana haroratining
doimiyligi ta’minlanadi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog‘liq
bo‘lgan ikki jarayon, ya’ni assimilyasiya va dissimilyasiya orqali o‘tadi. Ovqat
moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o‘tishi assimilyasiya deyiladi.
Assimilyasiya natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular
kupayadi. Organizm qancha yosh bo‘lsa, unda assimilyasiya shuncha aktiv o‘tadi,
bu esa yosh organizmning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |