Мудрик А. В. Социальная педагогика. – Москва: Академия, 2003. – С. 7-8.
2
Немов Р. С. Психология. Книга 2. Психология образования. – Москва: Владос, 2000.
– С. 598.
PEDAGOGIKA 2018, 5-son
32
hamda mustahkamlashga qodir shaxs bo‘lib yetishishiga erishishdan iboratdir.
Ushbu holatda pedagogik faoliyat esa muhim bunyodkor ijtimoiy vazifani
bajaradi: bu jarayonda nafaqat yaxlitlikda shaxs shakllanadi, balki
mamlakatning kelajagi aniqlanadi, uning madaniy va ishlab chiqarish salohiyati
ta’minlanadi. Pedagogik faoliyatning kelajakni oldindan ko‘ra olish bilan
bog‘liqlikdagi tavsifi uning maqsadlarining ko‘p qirraliligini, faqat bugungi kun
shaxs va jamiyat ehtiyojlarini qondirishnigina emas, balki kelajak uchun
yo‘naltirilganligini, yosh mutaxassislarni ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatga
moslashuvinigina emas, balki ularning faoliyat sohasining rivojlanib borishini
ham aniqlab beradi.
Ijtimoiylashuv jarayonining ko‘p omilli va keng qamrovli ekanligini
hisobga olib, ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda pedagogik jarayonni uning
muhim omili sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ma’naviy madaniyat ijtimoiylashuv omili sifatida o‘zida ta’lim oluvchi
shaxsining to‘rtta muhim sohada o‘z o‘rnini belgilab olish jarayonini (yoki
madaniyatni egallash) namoyon etadi: inson, jamiyat, tabiat, noosfera.
“Inson” sifatida o‘z o‘rnini belgilash hayot, individuallikni qadriyat,
insonni taraqqiyot cho‘qqisi, deb tushunishni talab etadi.
“Jamiyat”da o‘z o‘rnini belgilash Vatan, xalq hokimiyati, demokratiya,
oshkoralik, huquqiy davlat, oila, mehnat, fuqarolik mas’uliyati tarzidagi tartibda
qadriyatlarni egallash orqali yuzaga keladi.
“Tabiat” sohasida o‘z o‘rnini belgilash, o‘zini tabiatning bir bo‘lagi deb
anglash va o‘zini tabiatga mos takomillashtirish (salomatlik, estetik asos,
ma’naviy-axloqiy ideal) orqali tashkil etilishi mumkin. U yana ekologik
madaniyatga ega bo‘lishi, tabiatni o‘zlashtirish va asrab-avaylash jarayonida
kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyat tuyg‘usini tushunib yetishni ham ko‘zda
tutadi.
“Noosfera” (aql sohasi) o‘z o‘rnini belgilash sohasi sifatida ilmiy-texnik
taraqqiyot natijalaridan foydalanishda axloqiy mas’uliyatni anglash, inson
texnika bilan ishlash jarayonida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmaganda kelib
chiqadigan oqibatlari haqidagi tasavvurni shakllantirish, talabalarning undagi
barcha xilma-xilliklar bilan birgalikda ma’naviy madaniyat dunyosini
o‘zlashtirish, ya’ni xalqning tarixiy, ma’naviy, axloqiy qiyofasiga nisbatan faol
Do'stlaringiz bilan baham: |